Ziyamuxamedova Rano Mirgiyasovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Dori vositalari ta’minotida axborot xizmatlarining uslubiy va nazariy asoslarini takomillashtirish», 15.00.03 – Farmatsevtika ishini tashkil etish (farmatsevtika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2018.1.PhD/Far26.
Ilmiy rahbar: Zaynutdinov Xikmatulla Sunnatovich, farmatsevtika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent farmatsevtika instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent farmatsevtika instituti, DSc.04/30.12.2019.Far.32.01.
Rasmiy opponentlar: Suyunov Nizom Davurovich, farmatsevtika fanlari doktori; Ibragimova Muhabbat Yaxyaevna, farmatsevtika fanlari nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot: O‘zbekiston kimyo-farmatsevtika ilmiy-tadqiqot instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: aholini dori vositalaridan (DV) oqilona foydalanishida axborot bilan ta’minlanish darajasini oshirish, dori vositalarini ro‘yxatga olishda reseptsiz toifalarini belgilash jarayonlarini takomillashtirish hamda xalqaro standartlar bilan uyg‘unlashtirishdan iborat. 
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ilk bor reseptsiz beriladigan DV ro‘yxatiga kiritishda shaffoflikni ta’minlovchi toifa mezonlari ishlab chiqilgan;
ekspertlar guruhi tahlili natijalarini matematik-statistik baholash asosida DVni reseptsiz toifasiga kiritish metodikasining loyihasi ishlab chiqilgan; 
mutaxassislar tomonidan iste’molchilarga DV muomalasida ko‘rsatiladigan farmatsevtika yordami xizmatlari avtomatlashtirilgan usul asosida takomillashtirilgan;
DVdan oqilona va samarali foydalanish hamda iste’molchilarga ko‘rsatiladigan FYo xizmatlarini takomillashtirishda elektron dasturiy ta’minot va tibbiy ma’lumotlar bazalarining shakllantirilishi maqsadga muvofiqligi asoslangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Dori vositalari ta’minotida axborot xizmatlarining uslubiy va nazariy asoslarini takomillashtirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida: 
dori vositalarini reseptsiz toifasiga kiritish mezonlari Sog‘liqni saqlash vazirligining 2019 yil 12 noyabrdagi 96-son «Reseptsiz beriladigan dori vositalari ro‘yxatini tasdiqlash to‘g‘risida»gi buyrug‘i ilovasini shakllantirishda foydalanilgan («Dori vositalari, tibbiy buyumlar va tibbiy texnika ekspertizasi va standartlashtirish davlat markazi» DUKning 2019 yil 19 noyabrdagi 29/09-4459-son ma’lumotnomasi; Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligining 2019 yil 15 noyabrdagi 25-23/2975-son xulosasi). Natijada reseptsiz beriladigan DVning ro‘yxatini xalqaro standartlar va shaffoflik asosida tuzish imkonini bergan;
ishlab chiqilgan «Apteka-info» dasturi «Toshkent shahar Dori-Darmon» AJ va «Toshkent viloyat Dori-Darmon» AJ tomonidan tizimdagi dorixonalar amaliyotiga joriy qilingan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2020 yil 10 martdagi 8n-3/77-son ma’lumotnomasi). Natijada DV tovar aylanmasi bo‘yicha rentabellik ko‘rsatkichlarini 0,30% dan 0,50% gacha oshirish imkonini bergan;
«Mahalliy ishlab chiqariladigan reseptsiz sotiladigan dori vositalarini qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomalar to‘plami» va «Reseptsiz sotiladigan dori vositalarini qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomalar to‘plami»  Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan tasdiqlangan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2013 yil 4 iyundagi 8n-n/1-son; 2014 yil 30 iyundagi 8n-m/2-son ma’lumotnomalari). Natijada soha mutaxassislari va aholiga DVning chakana realizatsiyasida ulardan to‘g‘ri va samarali foydalanish bo‘yicha zarur ma’lumotlarni olish imkonini bergan.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish