Axmedov Akrom Burxanovichning
doktorlik dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri:«Plastina va yassi qobiqlarning noklassik masalalarini sonli echish usullarini ishlab chiqish», ixtisoslik shifri – 01.02.04– Deformatsiyalanuvchi qattiq jism mexanikasi (fizika-matematika fanlari).
Talabgorning ilmiy va ilmiy-pedagogik faoliyat olib borishga layoqati bo‘yicha test sinovidan o‘tgani haqida ma’lumot: fizika-matematika fanlari nomzodi.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: 30.09.2014/B2014.5. FM 136.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat texnika universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat texnika universiteti va O‘zbekiston Milliy universiteti huzuridagi 16.07.2013.T/FM.02.02 raqamli ilmiy kengash.
Rasmiy opponentlar: Xusanov Baxtiyor Ergashboevich, fizika-matematika fanlari doktori, professor; Safarov Ismoil Ibroximovich, fizika-matematika fanlari doktori, professor; Indiaminov Ravshan Shukurovich, fizika-matematika fanlari doktori.
Yetakchi tashkilot: Samarqand davlat arxitektura-qurilish instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: Plastina va yassi qobiqlarning noklassik masalalari sonli echish usulini ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
differensial operatorlari qo‘shma va qo‘shma bo‘lmagan spektral masalalarini sonli echish usuli ishlab chiqilgan;
takomillashtirilgan variatsion yaqinlashish va differensial ko‘chirish usullari ishlab chiqilgan;
murakkab shaklli yuk ko‘taruvchi konstruksiyalardagi o‘ta xavfli ichki kuchlanish sohalari aniqlangan va ushbu holatlarni bartaraf etish usullari ishlab chiqilgan;
o‘ta baland inshootlarda dinamik so‘ndirgichlar yordamida rezonans amplitudalarini ikki barobar kamaytirish usuli ishlab chiqilgan;
plastinaning mahkamlanish usuliga mos aerodinamik flatter hodisasida kritik tezliklar bir necha o‘n barobarga farqlanishi aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi: Murakkab shaklli yassi qobiqlar va murakkab shaklli plastinalar uchun spektral masalalarni sonli echish bo‘yicha olingan natijalar 15-026 «Yuk ta’siridagi aviatsiya inshootlarini chekli elementlar usulida avtomatlashtirilgan loyihalashtirishni ishlab chiqish va tadqiq etish» grant loyihasida qishloq xo‘jaligi uchun mo‘ljallangan samolyotlarning yuk ko‘taruvchi elementlari mustahkamligini aniqlashda qo‘llanilgan (Fan va texnologiyalarni rivojlantirishni muvofiqlashtirish qo‘mitasining 2016 yil 2 iyundagi 0313/348-son ma’lumotnomasi). Ilmiy natijalarning qo‘llanilishi murakkab shaklli sohalarni izoperimetrik koordinata sistemasi yordamida an’anaviy sohalarga akslantirish orqali samolyotlarning qanotlari, kimyoviy moddalar uchun mo‘ljallangan baklari va shpangoutlarining ustivorligi hamda mustahkamligini hisoblash aniqligini 30–35% ga oshirish imkonini bergan.