Adizov Shahobiddin Muhammadovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Vinca erecta indol alkaloidlari va ularning hosilalarini kristall tuzilishi», 02.00.04 – Fizik kimyo (kimyo fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2019.2.PhD/K35.
Ilmiy rahbar: Tashxodjaev Baxodirxodja, kimyo fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘simlik moddalari kimyosi instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: O‘zbekiston milliy universiteti, DSc.03/30.12.2019.K.01.03
Rasmiy opponentlar: Kadirova Shaxnoza Abduxalilovna, kimyo fanlari doktori, professor; Ashurov Jamshid Mengnorovich, kimyo fanlari doktori.
Yetakchi tashkilot: Umumiy va noorganik kimyo instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: Vinca erecta o‘simligidan asosiy indol alkaloidlarining yangi hosilalari sintezi, ularning monokristallarini olish, fizik-kimyoviy xossalarini va kristall tuzilishini aniqlashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ilk bor rentgen strukturaviy analiz tahlili natijasida 31 ta moddaning kristall singoniyalari: triklinik, monoklinik, trigonal, ortorombik, geksoganal bo‘lishi aniqlangan;
kristall strukturalardagi molekulalarning geometriyasi, konformatsiyasi hamda ichki va molekulalararo ta’sir xarakterlari asoslangan;
indolin qatori alkaloidlaridagi N1 va N4 atomlarining tetraedrik gibridlangan holati qo‘sh tuzlar hosil bo‘lishi, ushbu qator alkaloidlarining turli alkil galogenidlar bilan reaksiyaga kirishishi va α-metilenindolin, indol, indolenin, 2-oksindolin qatori alkaloidlaridan farq qilishi aniqlangan;
kristall tuzilishi o‘rganilgan 12-gidroksi-, 12-metoksinorfluorokurarin N4-metilat asoslari svitter ion shaklda bo‘lishi va 12-gidroksinorflurokurarin N4-metilat asosi dimer molekulalarning oltinchi tartibli aylanma simmetriya o‘qi 65 bo‘ylab tahlanishi natijasida kristallda yacheykaning c o‘qi bo‘ylab hajmi 1277 Å3 bo‘lgan kanal tipidagi bo‘shliq hosil qilishi asoslangan;
(±)-vinkadifformin asosi va (-)-vinkadifformin yod metilat molekulyar tuzilishi azot atomi inversiyasi hisobiga farq qilishi aniqlangan;
oksoindolin yadrosini uch halqaga nisbatan yo‘nalishini xarakterlovchi (S8-S7-S6-S5 atomlar) torsion burchagi maydinda, izomaydinda va vinerinda C/D/E mos ravishda trans- va sis holatda birikkanligi isbotlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Vinca erecta o‘simligi tarkibidagi indol alkaloidlar va ularning hosilalarini kristall tuzilishi bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
31 ta indol alkaloidlarning rentgen tuzilish tahlili natijalari Kembridj markaziy kristallografik ma’lumotlar bazasiga kiritilgan (The Cambridge Structural Database, https://www.ccdc.cam, CCDC nomerlari 1960952, 1897936, 1897669, 1897666, 1897662, 1897661, 1575996, 1575989, 1575984, 1575983, 1575400, 1501274, 1501273, 1501272, 1501271, 1454633, 1453209, 1447824, 1438788, 1438781, 1438706, 1438703, 1041541, 1038564, 978766, 978764, 978760, 978579, 978578, 978577, 978576, 978575, 928723, 928724, 961853, 928725, 1454636 va 1454645). Natijada indol alkaloidlarining fizik-kimyoviy va geometrik parametrlarini aniqlash imkonini bergan;
indolin, α-metilenindolin va oksindol alkloidlarning kristall tuzilishidan olingan ma’lumotlaridan FA-F7-T185 raqamli “Tabiiy birikmalar stereokimyosi, metabolizmi, molekulyar dizayni va biologik nishonlar bilan o‘zaro ta’sir mexanizmi” va VA-FA-F-6-010 raqamli “Tabiiy birikmalarda geteroatomlar: molekulalararo ta’sirlashuv, reseptorli farqlashuv, farmakoforlar” mazusidagi fundamental loyihalarda indolin, α-metilenindolin va oksindol alkloidlarning kristall tuzilishlaridan foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining 2019 yil 28 dekabrdagi 4/1255-3376-son ma’lumotnomasi). Natijada ishlab chiqilgan usul struktura-aktivlik bo‘yicha preparatlar yaratish imkonini bergan;
RSA yordamida aniqlangan kristallografik ma’lumotlaridan KA-5-006 raqamli “Organik moddalar fizik-kimyoviy xossalari bo‘yicha data-sentr informatsion sistemani yaratish” mavzusidagi amaliy loyihasida yangi birikmalarning stereokimyosi va molekulyar tuzilishini tahlil qilishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining 2019 yil 28 dekabrdagi 4/1255-3376-son ma’lumotnomasi). Natijada organik moddalarning data-sentr informatsion sistemani yaratish imkonini bergan.