Utebaev Madiyar Berdibaevichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar:
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beradigan fan tarmog‘i nomi): «Qoraqalpoqlar etiketida an’anaviylik va yangilik (etnografik tahlil)», 07.00.07–Etnologiya, etnografiya va antropologiya (tarix fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2018.3.PhD/Tar.374.
Ilmiy maslahatchi: Karlibaev Makset Abdibaevich, tarix fanlari nomzodi, katta ilmiy hodim.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Qoraqalpog‘iston bo‘limi Qoraqalpoq gumanitar fanlar ilmiy tadqiqot instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa, IK raqami: O‘zbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasi Tarix instituti. DSc.02/30.12.2019.Tar.56.01.
Rasmiy opponentlar: Ballieva Ruza, tarix fanlari doktori, professor; Kayumov Asror Raimovich, tarix fanlari nomzodi.
Yetakchi tashkilot: Urgench davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: qoraqalpoqlarning kundalik va marosim (ziyofat, marosim va h.k.z.) hayotidagi an’anaviy etiket me’yorlarini etnografik nuqtai nazardan o‘rganishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
qoraqalpoqlarning kundalik va marosimiy odob-axloq qoidalari, tabiiy iqlim sharoitlari, yarim ko‘chmanchi va urug‘ qabilaviy urf-odatlar, e’tiqod va ta’qiq(tabu)lar, islomiy me’yorlar, qadriyatlar va boshqa manbalarni o‘z ichiga olgan turmush tarziga asoslanganligi isbotlangan;
kengaytirilgan (bo‘linmagan) oilaning oilaviy munosabatlarida an’anaviy odob-axloq qoidalari hayotiyligi, ba`zi marosimlarga rioya qilish vaqtida - qudaliq, musilman toy, qonaq kүtio‘, bas koyio‘, qoldan suo‘ alio‘ va boshqalar, qoraqalpoqlarning yosh, jins, ijtimoiy va o‘ziga xos xususiyatlari hamda o‘ziga xosligini saqlab qolish istagi bilan izohlangan;
an’anaviy etiket tizimidagi o‘zgarishlar va innovatsion jarayonlar nuklear oila va zamonaviy turmush tarzi (kafe, restoran) sharoitida sodir bo‘lishi va globallashuv omillari bilan bog‘liqligi aniqlangan;
etiketning kommunikativ funksiyasi muloqat ishtirokchilarining nutqli va nutqsiz xulq atvor vositalari sifatida ramz va belgilar tizimini hamda xalq tasavvurida ma’lum qadriyat ma’nosiga ega bo‘lgan, an’anaviy turmushda ishlatiladigan buyum va hodisalar(buyumlarning muqaddaslik ma’nosi: non, taom, ostona, dasturxon, turli sovg‘alar almashinuvi)ning semantikasi ochib berildi;
oila a’zolari va qarindosh jamoaning (er xotin, ota ona va farzandlar o‘rtasidagi) o‘zaro munosabatlari steriotiplari, etiket bilan bog‘liq urf odat, marosimlar (sovchilik, mehmondorchilik) va hamda qoraqalpoqlar nutq etiketidagi qarindoshlik atamalari ishlatilishi, ta’qiq(tabu)lar va “tiyilish odati” an’analari “munosabat etnografiyasi” doirasida ochib berilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Qoraqalpoqlar etiketida an’anaviylik va va yangilik (etnografik tahlil) mavzusi bo‘yicha olingan ilmiy xulosa va takliflar asosida:
etiket va tabu an’analari doirasida yoritilgan tahlillari va materiallaridan 2012-2016 yillarda O‘zbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasida amalga oshirilgan FA-F1-G001 “Qoraqalpog‘iston dunyo madaniyati chorrahasida. Amudaryo quyi oqimi shahar madaniyati va shaharlarning tarixiy taraqqiyoti” nomli mavzudagi fundamental loyihaning qoraqalpoq oilasida ayol va uning vazifalari, ayollarning oila madaniyatidagi o‘rni bilan bog‘liq bo‘limlarini yozishda foydalanilgan (O‘zR FAning 2019 yil 27 noyabrdagi №3/1255-3131-son ma’lumotnomasi). Jumladan, tadqiqot natijalari loyihaning qoraqalpoqlarning oila a’zolari va qarindosh jamoa xulq-atvor stereotiplari tizimidagi etiket, qarindoshlik atamalari, ichki oilaviy munosabatlar madaniyatidagi tasavvur va taqiqlar (tabu) kabi masalalarini yoritishda manbaviy asos bo‘lib xizmat qilgan.
qoraqalpoq ayollarining o‘zini tutishi va etiketi, ahloq-odob normalaridagi o‘zgarishlar, tiyilish odoblari ayollarning muqaddas joylarga ziyorati qilishi, avliyo ayollarning siymosi va vazifalari kabi tahliliy ma’lumotlardan 2015-2017 yillarda Fanlar Akademiyasida amalga oshirilgan FA-A1-G004 – “Qoraqalpoqlarning tasavvurlarida ayol qiyofasi: etnologik tadqiqot” nomli mavzudagi amaliy loyihada foydalanilgan (O‘zR FAning 2019 yil 27 noyabrdagi №3/1255-3131-son ma’lumotnomasi). Jalb qilingan natijalar tadqiqotning etiket normalarining transformatsiyalashish jarayoni, mehmondo‘stlikka oid etiketlar, moddiy madaniyatdagi narsa va buyumlarning semiotik ahamiyati va muxit proksemikasi kabi masalalarini yoritishda xizmat qilgan;
Qoraqalpoq xalqining salomlashish madaniyati va uning milliy o‘ziga xosligi bilan bog‘liq ilmiy natijalardan “Etnoetiket” teleko‘rsatuvi ssenariysini tayyorlashda foydalanilgan (Qoraqalpog‘iston Respublikasi Teleradiokompaniyasining 2018 yil 4 oktabrdagi №4131-son ma’lumotnomasi). Tadqiqotning qoraqalpoqlar etiketida an’anaviylik va zamonaviylik masalalari, qoraqalpoqlarda salomlashish, munosabat qoidalari, ahloq, fe’l-atvorning transformatsion jarayonlariga oid natijalari va yangiligi ilmiy-amaliy jihatdan dolzarb hisoblanib, yosh avlodni vatanparvarlik, milliy g‘urur va iftixor ruhida tarbiyalashda, milliy o‘zlikni anglashda muhim ahamiyat kasb etadi.