Sayt test rejimida ishlamoqda

Adilova Gulnur Djurabaevnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar. 
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Iqtisodiy globallashuv sharoitida sug‘urta xizmatlarini takomillashtirishning yo‘nalishlari», 08.00.07–Moliya, pul muomalasi va kredit (iqtisodiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2019.4.PhD/Iqt470.
Ilmiy rahbar: Rustamov Davron Rustamovich, iqtisodiyot fanlari doktori, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent moliya instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent moliya instituti, DSc.03/30.12.2019.I.17.01
Rasmiy opponentlar: Olimjonov Odil Olimovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Xudoyqulov Sadriddin Karimovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Etakchi tashkilot: G.V.Plexanov nomidagi Rossiya iqtisodiyot universitetining Toshkent shahridagi filiali.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: iqtisodiy globallashuv sharoitida mamlakat sug‘urta xizmatlar bozorini rivojlantirish hamda milliy iqtisodiyotda sug‘urta xizmatlarini takomillashtirish yo‘nalishlari bo‘yicha taklif va amaliy tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi: 
investision tarkibli «unit-linked» hayotni uzoq muddatli sug‘urta qilish mahsulotini joriy etish asosida sug‘urta bozorini innovatsion rivojlantirish asoslangan;
sug‘urta xizmatlarini amalga oshirishda xarajatlarni kamaytirish va soddalashtirishda zamonaviy blokcheyn texnologiyalaridan foydalanish taklif etilgan;
sug‘urta mahsulotlarini sotishda innovatsion onlayn servis xizmatlarini amaliy faoliyatga tadbqiq etish asosida sug‘urta xizmatlarini takomillashtirish asoslangan;
sug‘urta xizmatlari samaradorligining sifat va miqdoriy tahlili asosida sug‘urta kompaniyalari faoliyatining tezkorligi hamda sug‘urta qoplamalarini to‘lash davomida qarzdorlikning aylanish tezligini aniqlash mezoni ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. 
Globallashuv sharoitida sug‘urta xizmatlari bozorini takomillashtirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida: 
O‘zbekiston sug‘urta bozorini innovatsion rivojlantirish maqsadida mamlakatimiz uchun yangi bo‘lgan investision tarkibli «unit-linked» uzoq muddatli hayot sug‘urta mahsuloti taklifi O‘zbekiston sug‘urta bozorining professional ishtirokchilari uyushmasi tomonidan sug‘urta strategiyasini ishlab chiqish jarayonida qo‘llanilgan (O‘zbekiston sug‘urta bozorining professional ishtirokchilari uyushmasining 2019 yil 5 dekabrdagi 135-son ma’lumotnomasi). Mazkur taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida sug‘urta kompaniyalarida hayotni uzoq muddatli sug‘urta qilish bo‘yicha tuzilgan shartnomalar soni ortib, kompaniyaning investision jarayonlardagi ishtirokining oshishiga erishilgan. 2019 yilning 9 oyligida sug‘urta mukofotlari miqdori 45 mlrd. so‘mni tashkil etib, o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 133,6 foizga oshgan; 
sug‘urta xizmatlarini amalga oshirishda xarajatlarni kamaytirish va soddalashtirishda zamonaviy  blokcheyn texnologiyalaridan foydalanish taklifi «O‘zbekinvest» eksport-import sug‘urta kompaniyasining marketing tadqiqotlarini amalga oshirish jarayonida  qo‘llanilgan («O‘zbekinvest» eksport-import sug‘urta kompaniyasining 2019 yil 7 noyabrdagi 03/1-1374-son ma’lumotnomasi). Mazkur taklifning amalda qo‘llanilishi natijasida sug‘urta kompaniyasiga mijozlarni jalb qilish jarayoni soddalashtirilgan. Shuningdek, 2019 yilning 9 oyligida 768 mln. so‘m mablag‘ tejalgan;
sug‘urta mahsulotlarini sotishda innovatsion onlayn servis xizmatlarini amalga oshirish taklifi «ALSKOM» sug‘urta kompaniyasining sug‘urta operatsiyalarini amalga oshirish jarayonida foydalanildi («ALSKOM» sug‘urta kompaniyasi aksiyadorlik jamiyatining 2019 yil  12 noyabrdagi 09-1793-son ma’lumotnomasi). Mazkur taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida  2019 yilning 9 oyligida sug‘urta mukofotlari miqdori 750 mln. so‘mni tashkil etib, 2018 yilning  mos davriga nisbatan 150,5 foizga, sug‘urtalanuvchilar soni o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 140 foizga o‘sgan;
sug‘urta xizmatlari samaradorligining sifat va miqdoriy tahlili asosida sug‘urta kompaniyalari faoliyatining tezkorlik mezoni tuzilgan hamda sug‘urta qoplamalarini to‘lash davomida qarzdorlikning aylanish tezligini aniqlash mezoni bo‘yicha ishlab chiqilgan taklif «O‘zbekinvest» eksport-import sug‘urta kompaniyasida xizmat ko‘rsatish samaradorligini aniqlash va baholash jarayonida  qo‘llanildi («O‘zbekinvest» eksport-import milliy sug‘urta kompaniyasining 2019 yil 07 noyabrdagi   03/1-1374-son ma’lumotnomasi). Mazkur taklifning amalda qo‘llanilishi natijasida kompaniyasida sug‘urta xizmatlari samaradorligi aniqlanib, iqtisodiy samaradorlik hajmi 2019 yilning 9 oyi davomida 3,4 mlrd. so‘mga oshishi ta`minlangan.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish