Axmedov Jo‘raboy Raxmonberdievichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Axborotlashtirilgan ta’lim muhitida bo‘lajak kasb ta’limi o‘qituvchilarini innovatsion faoliyatga tayyorgarligini takomillashtirish”, 13.00.05-Kasb-hunar ta’limi nazariyasi va metodikasi (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2018.3.PhD/Ped683.
Ilmiy rahbar: Turakulov Olim Xolbutaevich, pedagogika fanlari doktori, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Jizzax politexnika instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Pedagogik innovatsiyalar, kasb-hunar ta’limi boshqaruv hamda pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish instituti, DSc.03/30.12.2019.Ped.48.01.
Rasmiy opponentlar: Shodiev Rizamat Davronovich, pedagogika fanlari doktori, professor, Tadjieva Muxabbat Xaydaralievna, pedagogika fanlari doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy va nazariy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi axborotlashtirilgan ta’lim muhitida bo‘lajak kasb ta’limi o‘qituvchilarini innovatsion faoliyatga tayyorlash texnologiyalarini takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
bo‘lajak kasb ta’limi o‘qituvchilarini innovatsion faoliyatga tayyorlashda axborotlashtirilgan ta’lim muhitining o‘rni va undan amaliyotda foydalanishning “Yo‘l xaritasi” ishlab chiqilgan va ilmiy-metodik jihatdan asoslangan;
axborotlashtirilgan ta’lim muhitida bo‘lajak kasb ta’limi o‘qituvchilarini innovatsion faoliyatga tayyorlashning tashkiliy-tuzilmaviy modeli ishlab chiqilgan va uning asosida ta’lim samaradorligini oshirish yo‘llari ilmiy jihatdan asoslangan;
axborotlashtirilgan ta’lim muhitida bo‘lajak kasb ta’limi o‘qituvchilarini innovatsion faoliyatga tayyorlashga oid ishlab chiqilgan “Interfaol muloqotlar maydoni” texnologiyasi va uni amaliyotga joriy etish bosqichlari asosida innovatsion metodika ishlab chiqilgan;
bo‘lajak kasb ta’limi o‘qituvchilarini innovatsion faoliyatga tayyorlash texnologiyasini takomillashtirishga yo‘naltirilgan interfaol o‘quv majmualari va ulardan amaliyotda foydalanish uchun erganomik tizim ishlab chiqilgan;
bo‘lajak kasb ta’limi o‘qituvchilarining innovatsion faoliyatga tayyorgarligini aniqlash bo‘yicha baholash mezonlari ishlab chiqilgan va ular asosida taklif etilayotgan o‘quv jarayonining samaradorligini aniqlash monitoringini amalga oshirish ilmiy-amaliy jihatdan asoslangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Axborotlashtirilgan ta’lim muhitida bo‘lajak kasb ta’limi o‘qituvchilarini innovatsion faoliyatga tayyorgarligini takomillashtirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
Axborotlashtirilgan ta’lim muhitida bo‘lajak kasb ta’limini o‘qituvchilarini innovatsion faoliyatga tayyorlashning didaktik (intellektuallashtirilgan ta’lim mazmuni, ma’lumotlar bazasi, bilimlar banki, elektron o‘quv resurslari, aloqa kanallari, dasturiy-axborotli va texnikaviy ta’minot) imkoniyatlari aniqlangan va amaliyotga joriy etish texnologiyalarini ishlab chiqishga doir takliflari 02V. “Texnika yo‘nalishi ta’lim oluvchilari uchun zamonaviy kompyuter dasturlari va pedagogik o‘qitish usullarini takomillashtirish” (2016-2018 yy.) ishi, Jizzax politexnika instituti ilmiy-tadqiqot ishlari rejasining OT-F1-049 raqamli “Talabalarda assertiv hulqni shakllantirishning ijtimoiy-psixologik hususiyatlari” (2017-2019 yy.) loyihani bajarishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2019 yil 28 dekabrdagi 89-03-5214-son ma’lumotnomasi). Mazkur taklif bo‘lajak kasb ta’limi o‘qituvchilarini innovatsion faoliyatga tayyorlashga xizmat qiladi.
Axborotlashtirilgan ta’lim muhitida bo‘lajak kasb ta’limi o‘qituv-chilarini innovatsion faoliyatga tayyorlashga oid ishlab chiqilgan “Interfaol muloqotlar maydoni” texnologiyasi va uni amaliyotga joriy etishning bosqichlari asosida “Pedagogik texnologiya va pedagogik mahorat” hamda “Ekspert tizimlari” fanlari bo‘yicha dasturlashtirilgan ko‘makchi kompyuterli tizim amaliyotga tadbiq etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2019 yil 28 dekabrdagi 89-03-5214-son ma’lumotnomasi). Mazkur kompyuterli tizimni amaliyotga tadbiq etish orqali bo‘lajak kasb ta’limi o‘qituvchilarini tayyorlash sifati va samaradorligini oshirilishiga imkon yaratilgan.
Bo‘lajak kasb ta’limi o‘qituvchilarini axborotlashtirilgan ta’lim muhitida innovatsion faoliyatga tayyorlashga imkon beruvchi “Axborotlashtirilgan ta’lim muhitida bo‘lajak kasb ta’limi o‘qituvchilarini innovatsion faoliyatga tayyorlashni takomillashtirish” nomli monografiya va “Interfaol muloqotlar maydoni” texnologiyasi, “Interfaol o‘quv majmua” va ulardan amaliyotda foydalanish uchun erganomik tizim ishlab chiqilgan va amaliyotga tadbiq etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2019 yil 28 dekabrdagi 89-03-5214-son ma’lumotnomasi). Mazkur natijalarni joriy etilishi texnika oliy o‘quv yurtlaridagi axborot resurslari va hisoblash markazlaridan samarali foydalanish orqali bo‘lajak kasb ta’limi o‘qituvchilarining innovatsion faoliyatga tayyorgarligini takomillashtirishga xizmat qilgan.