Ziyaeva Sevara Anvarovnaning
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Lingvistik oliy ta’lim muassasalari talabalarini nemis tilida o‘qitishda sotsiolingvistik kompetensiyasini takomillashtirish”, 13.00.02 – Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (nemis tili) (pedagogika).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2017.3.Dsc/Ped44.
Ilmiy rahbar: Axmedova Laylo Tolibjonovna, pedagogika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti, DSc.03/30.12.2019.Fil/Ped.27.01.
Rasmiy opponentlar: Umarxodjaev Muxtorxuja Ishanxodjaevich, filologiya fanlari doktori, professor; Yuldashev Kozokboy Boybekovich, pedagogika fanlari doktori, professor; Acilova Gulshan Asadovna, pedagogika fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Namangan davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: lingvistik OTMlaridagi talabalarning samarali, nazariy asoslangan va tajribada tekshirilgan sotsiolingvistik kompetensiyasini takomillashtirish, metodikasini ilmiy asoslash va ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
sotsiolingvistik kompetensiya nazariyasi talabalarning nemis hamjamiyati turli ijtimoiy dialekt vakillarining aksariyati uchun xos bo‘lgan lingvistik, psixologik, milliy-madaniy, gerontologik, gender, ijtimoiy tavsiflar mujassamlangan nutqiy portretini aniqlash asosida rivojlantirilgan;
sotsiolingvistik kompetensiyaga o‘qitish mazmuni sotsiolekt tashuvchilari nutqiy portretini aniqlash va keyinchalik ijtimoiy to‘g‘ri nutqiy xatti-harakatni shakllantirish ko‘nikma va malakalari asosida takomillashtirilgan;
talabalarda sotsiolingvistik kompetensiyani takomillashtirish bo‘yicha uning komponentlarini bosqichma-bosqich o‘rgatishga asoslangan o‘quv-lisoniy vazifalar majmui tavsiya etilgan;
filolog-talabalarda sotsiolingvistik kompetensiyani maxsus atamalar va ijtimoiy markerlangan til birliklarini o‘zlashtirish bosqichlari; sotsiolingvistik tahlil; ijtimoiy to‘g‘ri nutqiy xatti-harakatni shakllantirish asosida takomillashtirish modeli taklif qilingan;
sotsiolingvistik kompetensiyani takomillashtirishning nazorat va diagnostika vositalari o‘zlashtirilganlik darajasini aniqlash ko‘rsatkichlari majmui asosida maqbullashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Lingvistik oliy ta’lim muassasalari talabalarini nemis tilida o‘qitishda sotsiolingvistik kompetensiyasini takomillashtirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
nemis hamjamiyatining aksariyat vakillariga xos lingvistik, psixologik, milliy-madaniy, gerontologik, gender, ijtimoiy xususiyatlari kabi turli ijtimoiy dialekt vakillari nutqiy portretini anglashda o‘quvchilar qobiliyati sifatida sotsiolingvistik kompetensiya nazariyasini rivojlantirish bo‘yicha xulosa va tavsiyalaridan Germaniya va O‘zbekiston o‘rtasidagi do‘stona aloqalarni mustahkamlash va chuqurlashtirishga bag‘ishlab GFRdagi O‘zbekiston Respublikasi Elchixonasi bilan hamkorlikda Bonn Deutsch-Usbekische Gesellschaft e.V jamiyati va Bonn shahri Meriyasi tomonidan o‘tkazilgan madaniy-ma’rifiy tadbirlarda muntazam ravishda foydalanilgan (2019 yil 13 fevraldagi Deutsch-Usbekische Gesellschaft e.V ma’lumotnoma). Natijada, eshittirishlarning mazmuni ijtimoiy-lisoniy me’yorlar, xushmuomalalik va nutqiy etiketga oid tavsiyalar bilan boyitilgan;
sotsiolingvistik kompetensiyaga o‘qitish mazmunini sotsiolekt tashuvchilari nutqiy portretini aniqlash va keyinchalik ijtimoiy to‘g‘ri nutqiy xatti-harakatni shakllantirish ko‘nikma va malakalari asosida takomillashtirish bo‘yicha taklif, tavsiya va xulosalar OT-F8-062 «Til taraqqiyotining derivatsion qonuniyatlari» deb nomlangan fundamental tadqiqotlar loyihasida foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2019 yil 28 martdagi 89-03-1183-son ma’lumotnomasi). Natijada, xulosa va tavsiyalar loyiha doirasida elektron resurslar, tipografik darsliklar, nazariy va amaliy materiallar tayyorlash uchun muhim manba bo‘lib xizmat qildi;
talabalarda sotsiolingvistik kompetensiyani takomillashtirish bo‘yicha uning komponentlarini bosqichma-bosqich o‘rgatishga asoslangan o‘quv-lisoniy vazifalar kompleksi, sotsiolingvistik termin va iboralarning tahlili, sotsiativlarning madaniyatlararo kommunikatsiyadagi roli haqidagi xulosalari 2015-2017 yillarda O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetida amalga oshirilgan A-1-209 raqamli «Madaniyatlararo va kommunikativ yondashuv nigohida magistratura mutaxassisligi bo‘yicha nazariy fanlardan ingliz tilidagi darslik va o‘quv qo‘llanmalarini yaratish va o‘zbekcha inglizcha ruscha lingvistik terminlar lug‘atini tuzish» loyihasiga tatbiq etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2019 yil 28 martdagi 89-03-1183-son ma’lumotnomasi). Natijada, elektron-resurs va tipografik darsliklar mazmuni boyitilgan;
“Filologiya va tillarni o‘qitish (nemis tili)” yo‘nalishi talabalari uchun “Chet tillarni Evropa standartlari asosida o‘qitishning lingvistik jihatlari” o‘quv modul dasturiga sotsiologik kompetensiyani maxsus atamalar va ijtimoiy markerlangan til birliklarini o‘zlashtirish bosqichlari; sotsiolingvistik tahlil; ijtimoiy to‘g‘ri nutqiy xatti-harakatni shakllantirish asosida takomillashtirish modeli haqidagi ilmiy materiallar kiritilgan (O‘zDJTU qoshidagi chet tillarini o‘qitishning innovatsion usullarini ishlab chiqish Respublika ilmiy-amaliy markazining 2019 yil 4 apreldagi 10-06/36-son ma’lumotnomasi). Natijada, professor-o‘qituvchilarning malakasini oshirish kursi mazmuni metodik tavsiyalar bilan boyitilgan;
sotsiolingvistik kompetensiyani takomillashtirishning nazorat va diagnostika vositalari o‘zlashtirilganlik darajasini aniqlash ko‘rsatkichlari majmui asosida rivojlantirish haqida tadqiqot xulosa va materiallari “Filologiya va tillarni o‘qitish (nemis tili)” yo‘nalishi talabalarini o‘qitish jarayonida qo‘llanilgan (O‘zDJTU qoshidagi chet tillarini o‘qitishning innovatsion usullarini ishlab chiqish Respublika ilmiy-amaliy markazining 2019 yil 4 apreldagi 10-06/36-son ma’lumotnomasi). Natijada, tadqiqot xulosa va materiallari nemis tilini o‘qitish metodikasi yondashuv va pedagogik texnologiyalar, o‘quv jarayonini rejalashtirish, baholash metodlari va fidbek mexanizmlari, umumiy tilshunoslik fanlari bo‘yicha ma’ruza kurslari, seminar mashg‘ulotlari o‘qitilishida manba bo‘lib xizmat qilgan.