Akbarova Shaxnoza Xikmatullaevnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtissoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Maktabgacha yoshdagi bolalarga ingliz tili leksikasini o‘rgatish metodikasi”, 13.00.02–Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (ingliz tili) (pedagogika). 
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2017.3.PhD/Ped244.
Ilmiy rahbar: Muxitdinova Xadicha Sobirovna, pedagogika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston davlat jahon tillar universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti, DSc.03/30.12.2019.Fil/Ped.27.01.
Rasmiy opponentlar: Qodirova Fotima Rashidovna, pedagogika fanlari doktori, professor; Tadjibaev Gayrat Shodiyarovich, pedagogika fanlari  bo‘yicha falsafa doktori (Phd). 
Yetakchi tashkilot: Toshkent viloyati Chirchiq davlat pedagogika instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi maktabgacha yoshdagi bolalarga ingliz tili leksikasini o‘rgatish metodikasini takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
maktabgacha yoshdagi bolalarning chet tilini oson o‘zlashtirishida imprinting, senzitiv, motivatsion va imitatsion xususiyatlari asos bo‘lishi lingvopsixologik yondashuv bo‘yicha isbotlangan;
maktabgacha yoshdagi bolalarning ingliz tilidagi so‘zlarni talaffuz qilishida uchraydigan monoftong, diftong, triftonglarning artikulyasion qiyinchiliklarini imitativ va analiz metodlari orqali aniqlashning lingvodidaktik tipologiyasi taklif qilingan;
umumiy muhim kompetensiyalar asosida maktabgacha yoshdagi bolalarga ona tili leksik zaxirasiga tayangan mavzuviylik, vizuallik va ko‘p ishlatilishi asosida tanlangan ingliz tili faol leksik minimumi  taklif etilgan;
maktabgacha yoshdagi bolalarga ingliz tili faol va nofaol leksikasini o‘rgatishning metodik ta’minoti  she’r, qo‘shiq va ertaklar vositasida hamda harakatli, didaktik, rolli, imitatsion  o‘yin texnologiyasi integratsiyasi asosida takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Maktabgacha yoshdagi bolalarga ingliz tili leksikasini o‘rgatish metodikasi bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
maktabgacha yoshdagi bolalarning chet tilini oson o‘zlashtirishida imprinting, senzitiv, motivatsion va imitatsion xususiyatlari asos bo‘lishi lingvopsixologik yondashuvga oid xulosalaridan 03-6-194-sonli maktabgacha ta’lim tashkilotlari rahbar va mutaxassislarining malakasini oshirish yo‘nalishining 3.2. Ingliz tili amaliy kursi modulini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta’lim vazirligining 2019 yil 27 dekabrdagi 03-01/1-4165-son ma’lumotnomasi). Natijada, bog‘cha yoshidagi bolalar, ota-onalar hamda murabbiylar uchun “Bolajonlar uchun ingliz tili” qo‘llanmasi nashr etilgan, tadqiqot materiallari 3.2. Ingliz tili amaliy kursi modulining takomillashuviga xizmat qilgan;
maktabgacha yoshdagi bolalarning ingliz tilidagi so‘zlarni talaffuz qilishida uchraydigan monoftong, diftong, triftonglarning artikulyasion qiyinchiliklarini imitativ va analiz metodlari orqali aniqlash asosida lingvodidaktik tipologiyasiga asoslangan xulosalaridan 03-6-194-sonli maktabgacha ta’lim tashkilotlari rahbar va mutaxassislarining malakasini oshirish yo‘nalishining 3.2. Ingliz tili amaliy kursi modulini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta’lim vazirligining 2019 yil 27 dekabrdagi 03-01/1-4165-son ma’lumotnomasi). Natijada, bog‘cha yoshidagi bolalar, ota-onalar hamda murabbiylar uchun “Bolajonlar uchun ingliz tili” qo‘llanmasi nashr etilgan va u 3.2. Ingliz tili amaliy kursi moduli takomillashuviga xizmat qilgan;
umumiy muhim kompetensiyalar asosida maktabgacha yoshdagi bolalarga ona tili leksik zaxirasiga tayangan holda, mavzuviylik, vizuallik va ko‘p ishlatilishi bo‘yicha ingliz tili faol leksik minimumi ishlab chiqilgan ingliz tili faol leksik minimumidan kichik yoshdagi bolalar uchun inglizcha-o‘zbekcha-ruscha rasmli lug‘at ishlab chiqishda foydalanilgan (Inglizcha-o‘zbekcha-ruscha bolajonlar uchun lug‘at. – Toshkent: Dizayn-press, 2019. – 60 b.). Natijada, mazkur lug‘at kichik yoshdagi bolalarga ingliz, rus va o‘zbek tillaridagi so‘zlarni o‘rgatishga xizmat qilgan;
maktabgacha yoshdagi bolalarga ingliz tili faol va nofaol leksikasini  she’r, qo‘shiq va ertaklar vositasida  harakatli, didaktik, rolli, imitatsion  o‘yin texnologiyasi integratsiyasiga asoslangan xulosalaridan kichik yoshdagi bolalar uchun inglizcha-o‘zbekcha-ruscha rasmli lug‘at ishlab chiqishda foydalanilgan (Inglizcha-o‘zbekcha-ruscha bolajonlar uchun lug‘at. – Toshkent: Dizayn-press, 2019. – 60 b.). Natijada, mazkur lug‘at kichik yoshdagi bolalarga ingliz, rus va o‘zbek tillaridagi so‘zlarni o‘rgatishga xizmat qilgan.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish