Abdullaeva Mashxura Ikromjonovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Etanol bilan zaharlanishda bosh miyada neyromediator sistemasining buzilishi va uni o‘simlik preparatlari bilan davolash», 03.00.01–Biokimyo (biologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2018.2.PhD/B177.
Ilmiy rahbar: Inoyatova Feruza Xidoyatovna, biologiya fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent tibbiyot akademiyasi.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasalar nomi, IK raqami: O‘zbekiston milliy universiteti huzuridagi Biofizika va biokimyo instituti, DSc.03/30.12.2019.V.01.13.
Rasmiy opponentlar: Yuldashev Nosir Muxamedjanovich, biologiya fanlari doktori, professor; Ibragimov Zafar Zokirjonovich, biologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD).
Yetakchi tashkilot: Bioorganik kimyo instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: etanol bilan zaharlanish sharoitida bosh miya neyromediator faoliyati buzilishlarining ba’zi mexanizmlarini aniqlash va ularni o‘simlik preparatlari bilan korreksiyalashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
surunkali etanol bilan zaharlanish sharoitida neyrospesifik oqsillarga (NF-200, GFAP, S-100, MBP va VGCC) nisbatan autoantitanachalar ko‘rsatkichlarining me’riy darajaga pasayishiga proantatsianidin va karsilning korreksiyalovchi ta’siri isbotlangan;
surunkali alkogol` intoksikatsiyasi sharoitida bosh miya neyromediatorlari reseptorlariga (Glu-R, GAMK-R, Dof-R, Ser-R, m-OR, R-β-end i Xol-R) nisbatan autoantitanachalar ko‘rsatkichlarining ortishi va unga proantatsianidin va karsilni korreksiyalovchi ta’siri isbotlangan;
bosh miyaning turli sohalarida lipidlarni perekisli oksidlanish mahsuloti - MDA ko‘payishi va katalaza faolligining pasayishi etanol bilan zaharlanish davomiyligiga bog‘liqligi aniqlangan;
surunkali alkogol intoksikatsiyasi modelida bosh miya va jigarda giperlipoperoksidatsiyani hamda jigar shikastlanishi sindromlarini korreksiyalashda proantatsianidinning samaradorligi isbotlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Surunkali etanol bilan zaharlanish sharoitida bosh miya shikastlanishi molekulyar mexanizmlarini aniqlash bo‘yicha olingan natijalar asosida:
«Bosh miya neyronlari reseptor apparati shikastlanishlarini ELI-N-test yordamida aniqlash» uslubiy tavsiyanomasi tasdiqlangan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2019 yil 16 sentyabrdagi 8n-r/351-son ma’lumotnomasi). Natijada ELI-N test yordamida neyrodegenerativ kasalliklarni erta tashxislash imkonini bergan;
surunkali alkogol intoksikatsiya modelida bosh miya neyronlari reseptor apparati shikastlanishini aniqlash bo‘yicha olingan ilmiy natijalar Toshkent davlat stomatologiya institutining markaziy ilmiy-tadqiqot laboratoriyasi va Toshkent farmatsevtika instituti amaliyotiga joriy qilingan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2019 yil 7 oktyabrdagi 8n-d/213-son ma’lumotnomasi). Natijada surunkali alkogol` bilan zaharlanishda neyrospesifik oqsillar va neyromediatorlar reseptorlari shikastlanish xavfini aniqlash imkonini bergan.