Azlarova Dilnoza Axrorovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar. 
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Yog‘-moy sanoati korxonalarida personalni boshqarishni takomillashtirish», 08.00.10 – «Demografiya.Mehnat iqtisodiyoti» va  08.00.13 – «Menejment» tutash ixtisosliklari (iqtisodiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.1.PhD/Iqt58.
Ilmiy rahbar: Akramov Toxir Abdiraxmonovich, iqtisodiyot fanlari doktori, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: G.V Plexanov nomli Rossiya iqtisodiyot universitetining Toshkent shahridagi filiali, DSc.22/30.12.2019.I.100.01.
Rasmiy opponentlar: Zokirova Nodira Qalandarovna iqtisodiyot fanlari doktori, professor, Raximov Abdujalol Abdurasulovich,  iqtisod fanlari nomzodi.
Yetakchi tashkilot: Toshkent arxitektura va qurilish  instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: yog‘-moy sanoati korxonalarida  personalni boshqarishni takomillashtirish bo‘yicha  ilmiy tavsiyalarni ishlab chiqishdan  iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
yog‘-moy sanoati korxonalarida personal individual qobiliyatlarini baholash “matrisa” va “guruhiy bahslashuv” usullarida ustuvor bo‘lgan xodimning namuna shartlariga mosligi hamda mutaxassis fikrini inobatga olish jihatlarini uyg‘unlashtirish orqali takomillashtirilgan;
korxonada personalni boshqarishning mavjud amaliyoti rahbar va mutaxassislarning ish faoliyati natijalarini baholashda kreativlik darajasini ekspert so‘rovi orqali aniqlash hamda shartli o‘lchovlarda ifodalovchi mezonlar asosida takomillashtirilgan;  
korxona personali mas’uliyatlari aniq belgilanishi hamda vazifalari to‘g‘ri taqsimlanishining “davriy monitoringi” tartibini kiritish orqali mehnat unumdorligini oshirish taklifi asoslangan;
yog‘-moy sanoati korxonalarida ishlovchilarning xo‘jalik qarorlarini qabul qilish jarayonidagi korporativ madaniyat hamda ruhiyat uyg‘unligini kichik guruhlardagi vakolatli ishtiroki orqali ta’minlash asoslangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. 
Yog‘-moy sanoati korxonalarida personalni boshqarishni takomillashtirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida: 
yog‘-moy sanoati korxonalarida personalni boshqarishning tashkiliy-iqtisodiy mexanizmini muallif tomonidan taklif etilgan kadrlar menejmenti konsepsiyalari asosida takomillashtirish bo‘yicha berilgan takliflar «Yangiyo`l Yog-moy» aksiyadorlik jamiyati faoliyatiga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Yog‘-moy sanoati korxonalari uyushmasining 2019 yil 22 maydagi GP/3-616-son ma’lumotnomasi). Mazkur takliflarning amaliyotga joriy etilishi natijasida «Yangiyo`l Yog-moy» aksiyadorlik jamiyati korxonasida personalni boshqarish jarayoni ish rejasini ishlab chiqish, mehnat faoliyatini amalga oshirish uchun ularni birlashtirish, ish jarayonlariga rahbarlik qilish, korxonaning alohida bo‘linmalari va xodimlari ishini muvofiqlashtirish, ish jarayonini nazorat qilish imkoniyati kengaytirilgan;
yog‘-moy sanoati korxonalarida personalni boshqarishning samaradorligini  baholashni korxona rahbarlari va mutaxassislari ish natijalarini baholash mezonlari asosida takomillashtirish bo‘yicha berilgan takliflar «Guliston ekstrakt yog» aksiyadorlik jamiyati faoliyatiga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Yog‘-moy sanoati korxonalari uyushmasining 2019 yil 22 maydagi GP/3-616-son ma’lumotnomasi). Mazkur takliflardan «Guliston ekstrakt yog» aksiyadorlik jamiyatining rahbarlari va mutaxassislari faoliyatini baholashning iqtisodiy samaradorligini aniqlashda foydalanilgan hamda «Guliston ekstrakt yog» aksiyadorlik jamiyatida personalni boshqarish xarajatlarini 0,1 foizga qisqartirishga erishilgan, iqtisod qilingan mablag‘lar hisobiga korxonaning 23,4 mln. so‘mlik texnologiyalarini yangilanishiga erishilgan;
yog‘-moy sanoati korxonalarida personalni samarali  boshqarishga ta’sir etuvchi omillarni aniqlash asosida personalni boshqarish samaradorligini oshirish  bo‘yicha berilgan takliflar «Guliston ekstrakt yog» aksiyadorlik jamiyati faoliyatiga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Yog‘-moy sanoati korxonalari uyushmasining 2019 yil 22 maydagi GP/3-616-son ma’lumotnomasi). Mazkur takliflarning amaliyotga joriy etilishi natijasida korxonaning  ishlab chiqarish quvvati 1,5  foizga  oshgan;
yog‘-moy sanoati korxonalarida personal motivatsiyasi modelini korporativ madaniyat va korporativ ruhni shakllantirish asosida takomillashtirish bo‘yicha berilgan takliflar «Yangiyo`l Yog-moy» aksiyadorlik jamiyatining ishlab chiqarish amaliyotga joriy qilingan (O‘zbekiston Respublikasi Yog‘-moy sanoati korxonalari uyushmasining 2019 yil 22 maydagi GP/3-616-son ma’lumotnomasi). Buning natijasida korxonaning ishlab chiqarish faoliyatining joriy va istiqboldagi strategiyasini ishlab chiqish, personalni boshqarishning samaradorligi va korxonada kadrlarning kasbiy malakasini oshirishga erishilib, korxonaning  ishlab chiqarish quvvati 1,5  foizga yoki 2,9 mlrd. so‘mga oshgan.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish