Utanov Bunyod Quvondiqovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Ko‘p tarmoqli fermer xo‘jaliklari faoliyati samaradorligini ekonometrik modellashtirish», 08.00.06 – Ekonometrika va statistika (iqtisodiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2017.3.PhD/Iqt378
Ilmiy rahbar: Xabibullaev Ibroxim, texnika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent moliya instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Kadrlar malakasini oshirish va statistik tadqiqotlar instituti, DSc. 29/30.12.2019.I.92.01.
Rasmiy opponentlar: Shodiev Tursun Shodievich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Ataniyazov Boltaboy, iqtisodiyot fanlari doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: mamlakatda ko‘p tarmoqli fermer xo‘jaliklari faoliyati samaradorligini ekonometrik modellashtirish masalalarini ilmiy tadqiq etish hamda uning uslubiyotini yaratish yuzasidan ilmiy taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ko‘p tarmoqli fermer xo‘jaliklari faoliyatini kompleks (Object-Environment-Process-Innovation) tarzda tahlil qilish, sintezlash va prognozlash uslubiyoti tizimli iqtisodiy paradigmaga moslashtirilgan holda takomillashtirilgan;
mamlakatda faoliyat yuritayotgan ko‘p tarmoqli fermer xo‘jaliklarida paxta va g‘alla etishtirishda samaradorlikka erishishning statistik ma’lumotlar bazasi raqamli iqtisodiyot sharoitida takomillashtirilgan;
ko‘p tarmoqli fermer xo‘jaliklari innovatsion va investision shaffofligi hamda faoliyati turlarini tavsiflovchi xususiy va integral ko‘rsatkichlar ishlab chiqilgan;
ko‘p tarmoqli fermer xo‘jaliklari faoliyati samaradorligini matrisaviy tarmoqlararo modellar, ko‘p omilli regression tenglamalar hamda ma’lumotlarni klasterlash yondashuvi (Data Envelope Analysis) asosida baholash, kooperatsiya xo‘jaliklari faoliyatini modellashtirish asosida takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Ko‘p tarmoqli fermer xo‘jaliklari faoliyati samaradorligini ekonometrik modellashtirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
Ko‘p tarmoqli fermer xo‘jaliklari faoliyati samaradorligini ekonometrik modellashtirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
ko‘p tarmoqli fermer xo‘jaliklari faoliyatini kompleks (Object-Environment-Process-Innovation) tarzda tahlil qilish, sintezlash va prognozlash metodikasi tizimli iqtisodiy paradigmaga moslashtirilgan holda takomillashtirilgan bo‘lib, O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va sanoat vazirligi tomonidan amaliyotga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va sanoat vazirligining 2019 yil 14 oktyabr` 45-5-1/20-20-2589-son ma’lumotnomasi). Natijada, O‘zbekiston Respublikasi hamda Toshkent viloyatida ko‘p tarmoqli fermer xo‘jaliklarining biznes rejasini tuzishda qo‘shimcha ish joylarini yaratish, eksport salohiyatini oshirish, chet el investisiyalarini xo‘jaliklarga jalb qilish imkoniyatlari keng o‘rganilgan va ko‘p tarmoqli fermer xo‘jaliklarining 2020-2025 yillardagi rivojlanish yo‘nalishlari prognoz qilingan;
mamlakatda faoliyat yuritayotgan ko‘p tarmoqli fermer xo‘jaliklarida paxta va g‘alla etishtirishda samaradorlikka erishishning statistik ma’lumotlar bazasi raqamli iqtisodiyot sharoitida takomillashtirilishi bo‘yicha taklif O‘zbekiston fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa er egalari kengashi faoliyatiga joriy qilingan (O‘zbekiston fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa er egalari kengashining 2019 yil 11 oktyabr` 01/02-2791-son ma’lumotnomasi). Buning natijasida ko‘p tarmoqli fermer xo‘jaliklari faoliyatini samarali tashkil etish maqsadida hududlar kesimida paxta va g‘alla etishtirishning optimal variantlarini tanlash imkoniyatlari yaratildi. Muallifning optimal variantlarida barcha resurslardan samarali foydalanish va sinergiya effekti tufayli mahsulot ishlab chiqarish 8-10 foizga oshdi va transaksion xarajatlar 5,5 % ga pasaygan.
ko‘p tarmoqli fermer xo‘jaliklarining innovatsion va investision shaffofligi hamda faoliyati turlarini tavsiflovchi xususiy va integral ko‘rsatkichlar ishlab chiqilgan taklif O‘zbekiston fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa er egalari kengashi faoliyatiga joriy qilingan (O‘zbekiston fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa er egalari kengashining 2019 yil 11 oktyabr` 01/02-2791-son ma’lumotnomasi). Mazkur taklifning amaliyotga joriy etish natijasida respublikamizda faoliyat yuritayotgan ko‘p tarmoqli fermer xo‘jaliklari faoliyati diversifikatsiyalashdi, qishloq xo‘jalik korxonalari xomashyosini qayta ishlaydigan kichik biznes va xususiy korxonalar vujudga keldi, yangi ish joylarini yaratish sur’ati 3,5 foizga oshdi. Shuningdek, xo‘jaliklarning statistik tashkilotlarda reestrni shakllantirish va yuritish imkoniyatlarini oshirdi;
ko‘p tarmoqli fermer xo‘jaliklari faoliyati samaradorligini matrisaviy tarmoqlararo modellar, ko‘p omilli regression tenglamalar hamda ma’lumotlarni klasterlash yondashuvi asosida baholash, kooperatsiya xo‘jaliklari faoliyatini modellashtirish asosida takomillashtirish O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va sanoat vazirligi tomonidan amaliyotga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va sanoat vazirligining 2019 yil 14 oktyabr` 45-5-1/20-20-2589-son ma’lumotnomasi). Ushbu qurilgan modellar natijasida qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatish jarayonlarini muvofiqlashtiruvchi tezkor qarorlar qabul qilish va tarmoq siyosatini shakllantirish bo‘yicha muzokaralarda ishtirok etuvchi ishlab chiqaruvchilar birlashmalari (kooperativlar)ni tashkil etish taklif etilgan.