Jukovskaya Irina Evgen`evnaning
fan doktorlik (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Raqamli iqtisodiyot shakllanishi sharoitida axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini statistika faoliyatida foydalanish metodologiyasini takomillashtirish», 08.00.14 – Iqtisodiyotda axborot tizimlari va texnologiyalari (iqtisodiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2017.2.DSc /Iqt69.
Ilmiy rahbar: Begalov Bahodir Abdusalomovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Kadrlar malakasini oshirish va statistik tadqiqotlar instituti, DSc.29/30.12.2019.I.92.01.
Rasmiy opponentlar: Abdugaffarov Abduxalil, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Alimov Raimjon Xakimovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Kenjabaev Aman Turgunovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Toshkent axborot texnologiyalari universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: raqamli iqtisodiyotni shakllantirish sharoitida ilg‘or axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan keng foydalanish asosida O‘zbekiston Respublikasi statistika faoliyatida statistik ma’lumotlarni qayta ishlashning ilmiy asoslangan usullari, vositalari, texnologiyalari va mexanizmlarini ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
statistika ma’lumotlarini to‘plash va qayta ishlashda maksimal darajada ishonchlilik va tezkorlikka, shuningdek, foydalanuvchilarning turli so‘rovlari bo‘yicha umumlashtirilgan ko‘rsatkichlar olishda axborotlar sifati va ochiqligiga erishish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi statistika tarmog‘ida ilg‘or axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanishning metodologik jihatlari takomillashtirildi;
statistika sohasida foydalanilayotgan axborot tizimlari va texnologiyalarining funksional imkoniyatlari tahlil qilindi va uning asosida O‘zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo‘mitasidagi axborot tizimlari faoliyatini integral baholash uslubiyati takomillashtirildi;
raqamli tahliliy platformani joriy qilish asosida yakuniy foydalanuvchilarga zamonaviy davlat interaktiv xizmatlarini taqdim etish uslubiyati ishlab chiqildi;
veb-servis texnologiyalarini qo‘llash asosida davlat statistika hisobotlari sifatini oshirish mexanizmlari ishlab chiqildi;
iqtisodiyotni raqamlashtirish sharoitida boshqa vazirlik va idoralar bilan statistika faoliyatini integratsiya qilish bo‘yicha ilmiy yondashuvlar taklif etildi;
O‘zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo‘mitasi rasmiy portali doirasida barqaror rivojlanish milliy maqsadlari indikatorlari ma’lumotlar to‘plamini shakllantirish bo‘yicha avtomatlashtirilgan axborot tizimini ishlab chiqish borasida innovatsion yondashuvlar taqdim etildi;
raqamli iqtisodiyotni shakllantirish sharoitlarida O‘zbekiston Respublikasida ochiq ma’lumotlar portalini takomillashtirishning asosiy yo‘nalishlari taklif qilindi;
«Raqamli O‘zbekiston-2030» milliy dasturini bajarish doirasida boshqa davlat organlari bilan axborotlashtirish sohasida statistika faoliyati o‘zaro aloqalarini tashkil qilishning asosiy yo‘nalishlari belgilab berildi.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Raqamli iqtisodiyot shakllanishi sharoitida axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini statistika faoliyatida foydalanish metodologiyasini takomillashtirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
statistika tarmog‘ining asosiy faoliyat yo‘nalishlari bo‘yicha korporativ portal yordamida ko‘p omilli onlayn so‘rov o‘tkazish uchun masalalar majmusi O‘zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo‘mitasi faoliyatiga joriy qilingan (O‘zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo‘mitasi 2019 yil 1 iyuldagi 2/19-son ma’lumotnomasi). Natijada ko‘p rejali anketa savollari tayyorlash va korporativ portal yordamida onlayn so‘rov o‘tkazish natijasida 190 mln. so‘m samaradorlikka erishilgan;
O‘zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo‘mitasi rasmiy portali doirasida barqaror rivojlanish milliy maqsadlari indikatorlari ma’lumotlar to‘plamini shakllantirish bo‘yicha avtomatlashtirilgan axborot tizimini ishlab chiqish borasida innovatsion yondashuvlar O‘zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo‘mitasi faoliyatiga joriy qilingan (O‘zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo‘mitasi 2019 yil 1 iyuldagi 2/19-sonli joriy qilish Dalolatnomasi). Ushbu taklifning amaliyotga joriy qilinishi natijasida tejab qolingan xarajatlar miqdori 257 mln. so‘mni tashkil qildi;
veb-servislar texnologiyasi yordamida statistika ma’lumotlari to‘plash va qayta ishlashni takomillashtirish uslubiyati bo‘yicha takliflar O‘zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo‘mitasi faoliyatiga joriy qilingan (O‘zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo‘mitasi 2019 yil 1 iyuldagi 2/19-son ma’lumotnomasi). Ushbu taklifni amalliyotga joriy qilish natijasida 240 mln so‘m tejab qolishga erishilgan. Ushbu uslubiyat kiruvchi ma’lumotlar to‘plash va ularni onlayn rejimida O‘zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo‘mitasi serveriga mobil qurilmalar yordamida kiritish texnologiyasini ishlab chiqishga xizmat qilgan;
iqtisodiyot sub’ektlari davlat statistika hisobotlarini on-layn rejimida topshirishini optimallashtirish uchun alohida algoritmlar va dasturiy modullar, raqamli tahliliy platformani joriy qilish asosida yakuniy foydalanuvchilarga zamonaviy davlat interaktiv xizmatlarini taqdim etish uslubiyati va veb-servis texnologiyalarini qo‘llash asosida davlat statistika hisobotlari sifatini oshirish mexanizmlari to‘g‘risida ishlab chiqilgan takliflar O‘zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo‘mitasi faoliyatiga joriy qilingan (O‘zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo‘mitasi 2019 yil 1 iyuldagi 2/19-sonli joriy qilish Dalolatnomasi). Ushbu takliflarni amaliyotga joriy qilish natijasida har bitta davlat statistika hisobotiga sarflanadigan vaqt xarajatlarida tejab kolish 5 kishi/soatni tashkil qildi. Ushbu takliflar ish vaqtidan foydalanish darajasini, mehnat sharoitlari va ish joylarini tashkil qilishni, ishga layoqatlilik va mehnat samarasini optimallashtirishga imkon yaratdi, ish yuritish tizimi va xizmat hujjatlari tayyorlash sifatini takomillashtirishga xizmat qilgan;
2020-2025 yillarda O‘zbekiston Respublikasi statistikasini rivojlantirish Milliy strategiyasini ishlab chiqishda, xususan, raqamli iqtisodiyotni shakllantirish sharoitlarida O‘zbekiston Respublikasida ochiq ma’lumotlar portalini takomillashtirish va “Raqamli O‘zbekiston-2030” milliy dasturini bajarish doirasida axborotlashtirish sohasida statistika faoliyatini boshqa davlat organlari bilan o‘zaro aloqalarni tashkil qilishning asosiy yo‘nalishlari hamda statistika faoliyatini o‘zgartirish bo‘yicha zamonaviy yondashuvlar O‘zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo‘mitasi faoliyatiga qabul qilingan (O‘zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo‘mitasi 2019 yil 1 iyuldagi 2/19-sonli joriy qilish Dalolatnomasi).
O‘zbekiston Respublikasi statistika faoliyatida elektron hujjat aylanmasi tizimini takomillashtiri bo‘yicha qoidalar «Elektron hujjat aylanmasi» fani bo‘yicha darslikda o‘z ifodasini topgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2019 yil 4 oktyabrdagi 892-son buyruq, 394-112 raqamli guvohnoma). Ushbu qoidalar ichki idora va idoralararo axborot almashinish tizimlarini tashkil qilish bo‘yicha nazariy tushunchalarni takomillashtirishga xizmat qilgan.