Omonov Rasuljon Raxmonovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Qardioezofageal soxa o‘smalarini xirurgik davolashning taktikasini takomillashtirish », 14.00.27–Xirurgiya (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: №B2020.2.PhD/Tib106.
Ilmiy maslahatchi: Nizamxodjaev Zayniddin Maxamatovich, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: «Akademik. V. Voxidov nomidagi Respublika ixtisoslashtirilgan ilmiy-amaliy tibbiy xirurgiya markazi» DK.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: akademik V.Vohidov nomidagi Respublika ixtisoslashtirilgan xirurgiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi DSc.04/30.12.2019.Tib.49.01.
Rasmiy opponentlar: Yusupbekov Abrorbek Axmedjonovich, tibbiyot fanlari doktori,; Xakimov Murod Shavkatovich, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: «A.N. Sizganov nomidagi milliy ilmiy xirurgiya markazi» (Qozog‘iston).
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: yangi miniinvaziv texnologiyalarni tatbiq etish natijasida xirurgik amaliyotning taktik va texnik jihatlarini takomillashtirish yo‘li bilan kardioezofageal soha o‘smalari bilan bemorlarni xirurgik davolash natijalarini yaxshilashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
patologik jarayonning lokalizatsiyasi va tarqalishiga qarab, kardioezofageal sohadagi o‘smalarning xususiyatlari va tuzilishi aniqlangan;
minimal invaziv davolashning texnik jihatlarini takomillashtirish imkonini beruvchi endoskopik stentlashning o‘ziga xos asoratlari rivojlanishining kardioezofageal sohadagi o‘smalari bilan bog‘liq sabablar o‘zaro bog‘liqligi aniqlashtirilgan;
oshqozon saratonini xirurgik davolashda ezofagogastroanastomozni qo‘llashning antireflyuks mexanizmini ta’minlash va oshqozon-ichak tizimi orqali fiziologik o‘tishini saqlash usuli ishlab chiqilgan;
oshqozon katta egriligining qolgan o‘rniga ezofagogastroanastomozning areflyuks variantini o‘rnatish yo‘li bilan gastrotransplantatni shakllantirish orqali kardioezofageal soha o‘smalarida oshqozonni proksimal rezeksiya qilish usuli takomillashtirilgan;
S-simon shakl hisobiga obturatsiya xavfini kamaytiruvchi va bemorlar uchun etarli darajada tabiiy ovqatlanishni ta’minlovchi kardioezofageal soha o‘sma fonida disfagiyani bartaraf etish uchun silikon stent modeli takomillashtirilgan;
stentlashdan keyin disfagiyaning qaytalanishida kardioezofageal sohaning amaliyot bajarib bo‘lmaydigan o‘smalarni restentlash uchun stent-kengaytirgich modeli takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Kardioezofageal soha o‘smalari bilan bemorlarni xirurgik davolash natijalarini yaxshilashga bag‘ishlangan ilmiy tadqiqot natijalariga ko‘ra:
"Oshqozon saratonini xirurgik davolashda ezofagogastroanastomozni qo‘llash usuli" ishlab chiqilgan (Intellektual mulk agentligining ixtiro uchun IAP 06016-sonli patenti, 2019 yil). Qizilo‘ngach anastomozini shakllantirishning taklif etilayotgan usuli uning etishmovchilik chastotasini 8,1% dan 4% gacha kamaytirish imkonini bergan;
“Oshqozonni proksimal rezeksiya qilish usuli” ishlab chiqilgan (Intellektual mulk agentligining ixtiro uchun IAP 06017-sonli patenti, 2019 yil). Katta egrilikning qolgan qismida oshqozon naychasini shakllantirishning taklif etilgan usuli qorin bo‘shlig‘ida ham, ko‘ks oralig‘i va plevra bo‘shlig‘ida ham qizilo‘ngach-oshqozon anastomozini shakllantirish imkonini bergan;
"Qizilo‘ngach buji" tasdiqlangan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2020 yil 11 martdagi 8n-z/30-sonli ma’lumotnomasi). Kardioezofageal sohaning toraytiruvchi o‘smalari bo‘lgan bemorlarda “zaytun” bilan endoskopik tekshirishning takomillashtirilgan usuli keyingi stentlash uchun qizilo‘ngachning o‘tishini etarli darajada tiklash imkonini bergan;
"Kardioezofageal o‘tishni endoprotezlash uchun stent" tasdiqlangan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2020 yil 11 martdagi 8n-z/30-sonli ma’lumotnomasi). Taklif etilgan S-simon stent modeli kardioezofageal soha o‘smalari bilan amaliyot bajarib bo‘lmaydigan bemorlarda qizilo‘ngach o‘tishini va oshqozon kardiyasini tiklash imkonini bergan;
"Reendoprotezlash uchun stent kengaytirgich" tasdiqlangan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2020 yil 11 martdagi 8n-z/30-sonli ma’lumotnomasi). Taklif etilayotgan stent modeli stentning proksimal qismi o‘smasi bilan obturatsiya bo‘lganida “stent ichiga stent” o‘rnatish uchun qo‘llanadi;
kardioezofageal soha o‘smalari bilan bemorlarni xirurgik davolash natijelarini yaxshilash bo‘yicha olingan ilmiy natijalar sog‘liqni saqlashning amaliy faoliyatiga, xususan, Akademik V.Vohidov nomidagi Respublika ixtisoslashtirilgan xirurgiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi, Andijon davlat tibbiyot instituti klinikasining 3-sonli xirurgiya bo‘limi va Respublika ixtisoslashtirilgan onkologiya va radiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazining Namangan filiali amaliy faoliyatlariga (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2020 yil 11 martdagi 8n-z/30-sonli ma’lumotnomasi) tatbiq etilgan. Tadqiqotning taklif qilingan natijalari asosida kardioezofageal soha o‘smalari bilan bemorlarga ixtisoslashtirilgan yuqori texnologiyali tibbiy yordam ko‘lamini sezilarli darajada kengaytirilgan, bu esa xirurgik davolash samaradorligini oshirish, ezofagogastroanastomoz etishmovchiligi chastotasini 8,1% dan 4% gacha va qizilo‘ngachning shikastlanish xavfini 20,4% dan 5% gacha, shuningdek, qizilo‘ngach perforatsiyasi chastotasini 6,8% dan 0% gacha kamaytirish imkonini bergan.