Matmurotov Quvondiq Jumaniyozovichning
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Oyoqlar diabetik gangrenasida kaminvaziv davo usullarini optimallashtirish», 14.00.27–Xirurgiya (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: №B2018.1.DSc/Tib299.
Ilmiy maslahatchi: Babadjanov Baxtiyar Duschanbaevich, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent tibbiyot akademiyasi.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: akademik V.Vohidov nomidagi Respublika ixtisoslashtirilgan xirurgiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi, DSc.04/30.12.2019.Tib.49.01.
Rasmiy opponentlar: Shipovskiy Vladimir Nikolaevich, tibbiyot fanlari doktori, professor (Rossiya Federatsiyasi); Akbarov Mirshavkat Mirolimovich, tibbiyot fanlari doktori; Kamalov Tel`man Tulyaganovich, tibbiyot fanlari doktori.
Yetakchi tashkilot: «A.V. Vishnevskiy nomidagi xirurgiya milliy tibbiy tadqiqot markazi» Federal davlat byudjet muassasasi (Rossiya Federatsiyasi).
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: oyoqlar panjasi angiosomal tuzilishini o‘rganish va kaminvaziv davolash usullarining patogenetik asoslangan algoritmlarini ishlab chiqish yo‘li bilan oyoqlar diabetik gangrenasini davolash natijalarini yaxshilashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
oyoqlar diabetik gangrenasida zararlangan angiosom arteriyasiga bog‘liq holda oyoq panjasida yiringli-nekrotik jarayonning rivojlanish chastotasi va topografo-anatomik xususiyatlari aniqlashtirilgan;
oyoqlar diabetik gangrenasida periferik arteriyalar segmentar zararlanishi va yiringli-nekrotik jarayonni angiosomal joylashishida kliniko-patogenetik kechishining o‘ziga xosligi aniqlangan;
oyoqlar diabetik gangrenasini kompleks davolash salbiy natijalarining yuqori xavfi bo‘lganda oyoqlar panjasi angiosomalarini zararlanishining joylashishiga qarab prognozlashning ahamiyati baholangan;
qandli diabet fonida oyoqlar gangrenasida oyoq panjasida patologik o‘choqning joylashishiga bog‘liq xolda yiringli-nekrotik jarayonning kechishini prognozlash usuli takomillashtirilgan;
qandli diabet fonidagi oyoq panjasi yiringli-nekrotik jarayonda zararlangan angiosomaga bog‘liq holda uzoq muddatli arteriya ichi kateter terapiyasi va oyoqlar periferik arteriyalari ballonli angioplastikasi samaradorligiga baho berilgan;
diabetik to‘piq sindromi fonida neyroishemik yarasi bo‘lgan bemorlarda rekonstruktiv amaliyot usuli takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Oyoqlar diabetik gangrenasida bemorlar davolash natijalarini yaxshilash bo‘yicha ilmiy tadqiqot natijalariga ko‘ra:
«Qandli diabet fonida oyoqlar yiringli-nekrotik jarayoning kechish prognozlash usuli» takomillashtirilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2020 yil 5 martdagi 8n-z/29-son ma’lumotnomasi). Taklif qilingan usul patologik jarayonni oyoq panjasidagi joylashishiga qarab xirurgik davolash taktikasini optimallashtirish imkonini bergan;
«Diabetik to‘piq sindromi fonidagi neyroishemik yaralarda oyoq panjasi rekonstruksiyasi usuli» tekomillashtirilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2020 yil 5 martdagi 8n-z/29-son ma’lumotnomasi). Ushbu usul jarohatlarning birlamchi bitishi smaradorligini oshirish, yiringlash chastotasini kamaytirish, shu bilan bir qatorda, qayta nekrektomiyalar va oyoqlar yuqori amputatsiyalari sonini kamaytirish imkonini bergan;
«Oyoqlar diabetik gangrenasini davolash algoritmi (angiosomal prinsip)» uslubiy tavsiyanomasi tasdiqlangan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2020 yil 5 martdagi 8n-z/29-son ma’lumotnomasi). Taklif etilgan tavsiyalarni qo‘llash qandli diabet fonida oyoqlar gangrenasi bo‘lgan bemorlarni davolashni optimallashtirish, shu bilan birga zararlangan angiosomaga bog‘liq holda xirurgik davolashning taktik-texnik jihatlarini yaxshilash imkonini bergan;
oyoqlar diabetik gangrenasi bilan bemorlarni davolashni yaxshilash bo‘yicha olingan ilmiy natijalar sog‘liqni saqlash amaliyotiga, xususan, Toshkent tibbiyot akademiyasi 2-klinikasi yiringli xirurgiya bo‘limi, Xorazm viloyati klinik shifoxonasi yiringli xirurgiya bo‘limi va Namangan viloyat kasalxonalari amaliy faoliyatiga (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2020 yil 5 martdagi 8n-z/29-son ma’lumotnomasi) tatbiq etilgan. Izlanish natijalarini tatbiq qilish qandli diabet natijasida kelib chiqqan oyoqlar yiringli-nekrotik jarohati bo‘lgan bemorlarni davolash taktik-texnik jihatlarini takomillashtirish imkonini bergan va yaxshi natijalar ulushini 56,4% dan 70,3% gacha oshirish, qoniqarsiz natijalar hisoblangan oyoqlar yuqori amputatsiyalari chastotasini 24,4% dan 12,4% gacha pasaytirish va umuman olganda, oyoqlar tayanch funksiyasining saqlanib qolish chastotasini 67,4% dan 82,4% gacha oshirish imkonini bergan.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish