Tuxtabaeva Kamila Abrorovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «PANDAS sindromining klinik-neyrovizualizatsiyasi va tavsifi», 14.00.13–Nevrologiya (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2017.1.Phd/Tib75.
Ilmiy rahbar: Sadikova Gulchexra Kabulovna, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent pediatriya tibbiyot instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent vrachlar malakasini oshirish instituti, DSc.04/30.12.2019.Tib.31.01.
Rasmiy opponentlar: Shamansurov Shaanvar Shamuradovich, tibbiyot fanlari doktori, professor; Raimova Malika Muxamedjanovna, tibbiyot fanlari doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Samarkand davlat tibbiyot instituti.
Dissertatsiyaning yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: bolalarda PANDAS sindromining klinik-nevrologik va neyrovizualizatsiyaviy o‘ziga xos xususiyatlarini aniklashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ilk bor PANDAS sindromida nevrologik ko‘rinishlarning obsessiv-kompul`siv buzilishlari uchrash chastotasi ahamiyatli differensirlangan farqlari aniqlangan;
PANDAS sindromining laborator-biokimyoviy o‘zgarishlari qon sur’ati me’yoriy ko‘rsatkichlari fonida ASL-O ko‘rsatkichlarining ko‘tarilishi bilan kechishi aniqlangan;
PANDAS sindromi bilan kasallangan bolalarda talvasaga tayyorlikning mavjudligi va ko‘proq miya qobig‘i va qobiq osti tuzilmalarining shikastlanishi bilan kechuvchi autoimmun serebral ensefalopatiya rivojlanishi isbotlangan;
PANDAS sindromining klinik-laborator va klinik-morfometrik ko‘rsatkichlariga asoslangan ob’ektiv differensial-tashxislash takomillashtirilgan. 
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
PANDAS sindromini erta tashxislash va differensial-tashxislash chora-tadbirlari bo‘yicha olingan natijalarga asosida:
«PANDAS sindromini erta tashxislash tamoyillari» uslubiy tavsiyanomasi ishlab chiqilgan (Sog‘liqni saqlash Vazirligining 2019 yil 26 noyabrdagi 8n-d/287-son ma’lumotnomasi), Mazkur uslubiy tavsiyanoma PANDAS sindromini erta bosqichlarida kiyosiy tashxislashning sifatini va davo effektivligini oshirishga xizmat kilgan;
«PANDAS sindromini differensiallangan tashxisi algoritmi» uslubiy tavsiyanoma ishlab chiqilgan (Sog‘liqni saqlash Vazirligining 2019 yil 26 noyabrdagi 8n-d/287-son ma’lumotnomasi), Mazkur uslubiy tavsiyanoma PANDAS sindromini erta bosqichlarida differensiallangan tashxis sifatini oshirishga xizmat kilgan;
PANDAS sindromi klinik erta namoyon bo‘lishlarini aniqlash va ularni kichik xoreya va neyroinfeksiyadan farqlanishi, hamda differensial-tashxislash chora-tadbirlari buyicha olingan ilmiy natijalar sog‘liqni saqlash amaliyotiga, jumladan 1-, 3-, 4-shahar klinik bolalar shifoxonalari va Toshkent viloyat ko‘ptarmoqli bolalar markazi amaliyotiga joriy kiligan (Sog‘liqni saqlash Vazirligining 2020 yil 14 fevraldagi 8n-z/21-son ma’lumotnamasi). Olingan tadqiqot natijalarining klinik amaliyotga joriy qilinishi PANDAS sindromini erta tashxislash va davo effektivligini oshishiga imkon yaratgan.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish