Raximov Azizjon Yaxyoevichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar. 
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Qandli diabet bilan xastalangan bemor oyoqlari kritik ishemiyasida takomillashtirilgan boldir amputatsiyasi», 14.00.27–Xirurgiya.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2019.3.PhD/Tib441.
Ilmiy rahbarlar: Safoev Baqodir Barnoevich, tibbiyot fanlari doktori, dotsent., Mitish Valeriy Afanas`evich, tibbiyot fanlari nomzodi.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Buxoro davlat tibbiyot instituti va Rossiya Federatsiyasi Sog‘liqni saqlash vazirligi FDBT A.V. Vishnevskiy nomidagi jarrohlik MTTIda bajarilgan.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Buxoro davlat tibbiyot instituti, DSc/PhD.04/30.12.2019.Tib.93.01.
 Rasmiy opponentlar: Shhyogolev Aleksandr Andreevich tibbiyot fanlari doktori, professor., Babadjanov Azam Xasanovich tibbiyot fanlari doktori.
Yetakchi tashkilot: Kuban davlat tibbiyot universiteti.
Dissertatsiyaning yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik. 
II. Tadqiqotning maqsadi: Oyoqlarida kritik ishemiyasi bo‘lgan diabet tovon sindromi mavjud bemorlarni jarrohlik davolash natijalarini va operatsiyadan keyingi yiringli asoratlar profilaktikasini boldir amputatsiyasining optimal chegarasini aniqlash orqali yaxshilashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi: 
boldirdan amputatsiya chegarasini belgilash usulini boldir to‘qimalaridagi kislorodning bazal darajasini va kambalosimon mushaklardagi mikroflorani inobatga olgan holda bajarish asoslangan; 
oyoqlardagi tcpO2 bazal darajasi boldir suyaklari uzunligini (katta boldir suyagi) hisobga olib, boldir tcpO2 bazal darajasini aniqlashning patogenetik asoslangan formulasining ishlab chiqilishi, boldir amputatsiyasining optimal chegarasiga mos kelishi aniqlangan;
operatsiyadan keyingi jarohatlarni antiseptik eritma bilan yuvishdan keyin ajralgan va drenaj-yuvish tizimini olib tashlashdan oldin 1 gr to‘qimadagi va 1 ml ajralmadagi mikroorganizmlar miqdor dinamikasi aniqlangan;
olib tashlangan kambalosimon mushak maydonini zaruriy intraoperatsion sanatsiyasi, keyingi drenajlash va operatsiyadan keyingi jarohatlarni antiseptik eritma bilan yuvish asoslangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. 
Qandli diabet fonida oyoqlarning kritik ishemiyasida amputatsiyaning optimal darajasini aniqlash va mikroorganizmlar gospital shtammlariga nisbatan eritmalarining mikroblarga qarshi faolligini qiyosiy tadqiq qilish bo‘yicha olib borilgan klinik-tajribaviy tadqiqot natijalari asosida:
«Qandli diabet bo‘lgan bemorlarda oyoqlarning kritik ishemiyasida boldir amputatsiyasi usullari» mavzusida uslubiy tavsiyanoma tasdiqlangan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2019 yil 6 dekabrdagi 8n-r/569-sonli ma’lumotnomasi). Ushbu uslubiy tavsiyanoma qandli diabet kasalligi fonida oyoqlar kritik ishemiyasida oyoq to‘qimalarida kislorod parsial bosimining bazal darajasini aniqlamasdan amalga oshirilgan jarrohlik amaliyoti asoratlarini kamaytirish imkonini bergan;
«Qandli diabet bo‘lgan bemorlarda oyoqlarning kritik ishemiyasida boldir amputatsiyasi mezonlari» mavzusida uslubiy tavsiyanoma tasdiqlangan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2019 yil 6 dekabrdagi 8n-r/570-sonli ma’lumotnomasi). Ushbu uslubiy tavsiyanoma qandli diabet kasalligi fonida oyoqlar kritik ishemiyasida amputatsiya mezonlarini qo‘llash imkonini bergan;
Tadqiqot davomida tashxislash va davolash samaradorligini  oshirish borasida olingan natijalar sog‘liqni saqlash amaliyotiga, jumladan Buxoro viloyati ko‘p  tarmoqli tibbiyot markazi yiringli xirurgiya bo‘limi, Buxoro shahar klinik shifoxonasining davolash amaliyotiga tadbiq etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2020 yil 29 yanvardagi 8n-d/10-sonli ma’lumotnomasi). Amaliyotga tadbiq etilgan natijalar oyoqlar kritik ishemiyasi mavjud diabet tovon sindromi bo‘lgan bemorlarni davolashda kambalosimon mushaklar olib tashlangan maydonni intraoperatsion sanatsiya qilish bilan operatsiyadan oldin tcpO2 bazal darajasini belgilashni birga qo‘llash eng optimal usul hisoblanib, operatsiyadan oldingi tashhislash va davolash taktika sifatini yaxshilash, asoratlar va o‘lim darajasini qisqartirish imkonini berdi.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish