To‘raev Abdurahim Nortojievichning
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Xo‘jalik yurituvchi sub’ektlarda ichki auditni tashkil etish va uning uslubiyotini takomillashtirish», 08.00.08 – Buxgalteriya hisobi, iqtisodiy tahlil va audit (iqtisodiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2017.1.DSc/Iqt.176.
Ilmiy maslahatchi: Karimov Akram Abbasovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent moliya instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent moliya instituti, DSc.03/30.12.2019.I.17.01.
Rasmiy opponentlar: Maxsudov Begmatjon Yuldashalievich, iqtisodiyot fanlari doktori, dotsent; Ibragimov Abdugapur Karimovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Azizov Sherzod O‘ktamovich, iqtisodiyot fanlari doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: O‘zbekiston Buxgalterlar va auditorlar milliy assotsiatsiyasi.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: Xo‘jalik yurituvchi sub’ektlarda ichki audit xizmatini tashkil etish va uning uslubiyotini takomillashtirish bo‘yicha ilmiy-uslubiy taklif hamda amaliy tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ichki audit tomonidan sub’ektning moliyaviy holatiga baho berish va uning samaradorlik ko‘rsatkichlarini aniqlash tizimi takomillashtirilgan;
xo‘jalik yurituvchi sub’ektlarning Kuzatuv kengashi a’zolarini ichki audit xizmati qo‘mitasiga jalb etish orqali uning faoliyati samaradorligini oshirish asoslangan;
xalqaro auditorlik standartlari asosida aksiyadorlik jamiyatlari ichki audit faoliyatiga moslashtirilgan «ichki audit rejasi» va «ichki audit dasturi» ishlab chiqilgan;
O‘zbekistonda aksiyadorlik jamiyatlari ichki audit xizmati faoliyati samaradorligini xalqaro standartlar asosida baholashning to‘rtta sifat mezonlari taklif etilgan;
xalqaro ichki audit standartlari uslubiyoti asosida ichki audit tekshiruvi natijasi bo‘yicha tuziladigan yig‘ma hisobotni kirish, rejalashtirish, tahliliy va yakuniy qismlardan iborat shaklda tuzish tartibi taklif etilgan;
tashqi audit tekshiruvida ichki audit tomonidan olingan auditorlik dalillaridan foydalanish orqali tashqi auditni o‘tkazish muddatini qisqartirish va xarajatlarni kamaytirish asoslangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi:
Xo‘jalik yurituvchi sub’ektlarda ichki audit xizmatini tashkil etish va uning uslubiyotini takomillashtirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
ichki audit tomonidan sub’ektning moliyaviy holatiga baho berish va uning samaradorlik ko‘rsatkichlarini aniqlash tizimini takomillashtirish bo‘yicha takliflari O‘zbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligi va O‘zbekiston Auditorlar Palatasi tomonidan uslubiy tavsiyalarni ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligining 2019 yil 23 iyuldagi 3356/03-11-son va O‘zbekiston Auditorlar Palatasining 2017 yil 2 noyabrdagi 136-son ma’lumotnomalari). Ushbu taklifni amaliyotga tatbiq etish orqali xo‘jalik yurituvchi sub’ektlarning moliyaviy holatiga baho berishda taklif qilinayotgan tahliliy amallardan foydalanish natijasida sub’ekt faoliyatiga tezkor baho berilishiga erishilgan;
xo‘jalik yurituvchi sub’ektlarning Kuzatuv kengashi a’zolarini ichki audit xizmati qo‘mitasiga jalb etish orqali uning faoliyati samaradorligini oshirish yo‘llari bo‘yicha takliflar O‘zbekiston Respyblikasi «Aksiyadorlik jamiyatlari va aksiyadorlarning huquqlarini himoya qilish to‘g‘risida»gi Qonunning 74-moddasida o‘z aksini topgan (O‘zbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligining 2019 yil 23 iyuldagi 3356/03-11-son ma’lumotnomasi). Natijada, aksiyadorlik jamiyatlari tomonidan ichki audit tekshiruvi natijalarini Kengashga olib chiqish hamda ichki audit ish jarayonini to‘g‘ri tashkil etishga erishilgan;
xalqaro auditorlik standartlari asosida aksiyadorlik jamiyatlari ichki audit faoliyatiga moslashtirilgan «ichki audit rejasi» va «ichki audit dasturi»ning namunaviy shakllarini amaliyotga joriy qilish bo‘yicha takliflar O‘zbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligi, «O‘zpaxtasanoat» AJ, «Toshkentdonmahsulotlari» AJ, «Qurilishmashlizing» AJ tomonidan ichki audit xizmatini tashkil etishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligining 2019 yil 23 iyuldagi 3356/03-11-son, «O‘zpaxtasanoat» AJning 2019 yil 22 sentyabrdagi 03-11/4382-son, «Toshkentdonmahsulotlari» AJning 2017 yil 23 noyabrdagi 5/1262-son, «Qurilishmashlizing» AJning 2017 yil 6 noyabrdagi 01/07-562-son ma’lumotnomalari). Ushbu taklifni joriy etish natijasida ichki auditni rejalashtirish jarayonining optimallashtirilishiga va ichki audit xizmati ishchi hujjatlaridan foydalangan holda auditorlik riskini kamaytirish va dalillar ishonchliligining ortishiga, auditorlik tekshiruvida sarflanadigan mehnat soatlarining tejalishiga erishilgan;
aksiyadorlik jamiyatlari ichki audit xizmati faoliyati samaradorligini xalqaro standartlar asosida baholashning to‘rtta sifat mezonlari bo‘yicha takliflar O‘zbekiston Auditorlar Palatasi tomonidan uslubiy tavsiyalarni ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Auditorlar Palatasining 2017 yil 2 noyabrdagi 136-son ma’lumotnomasi). Ushbu taklif orqali xo‘jalik yurituvchi sub’ektlarda ichki auditorlik tekshiruvlari sifati va samaradorligini oshirish imkonini bergan;
xalqaro ichki audit standartlari uslubiyoti asosida ichki audit tekshiruvi natijasi bo‘yicha tuziladigan yig‘ma hisobotini kirish, rejalashtirish, tahliliy va yakuniy qismlardan iborat shaklda tuzish bo‘yicha takliflari O‘zbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligi, O‘zbekiston Auditorlar palatasi, «O‘zpaxtasanoat» AJ, O‘zbekiston Buxgalterlar va auditorlar milliy assotsiatsiyasi, «O‘zneftgazqazibchiqarish» AJ tomonidan ichki audit xizmatini tashkil etishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligining 2019 yil 23 iyuldagi 3356/03-11-son, O‘zbekiston Auditorlar Palatasining 2017 yil 2 noyabrdagi 136-son, «O‘zpaxtasanoat» AJning 2019 yil 22 sentyabrdagi 03-11/4382-son, O‘zbekiston Buxgalterlar va auditorlar milliy assotsiatsiyasining 2017 yil 20 dekabrdagi 129-son, «O‘zneftgazqazibchiqarish» AJning 2018 yil 26 iyundagi 10-5/699j-son ma’lumotnomalari). Natijada xo‘jalik yurituvchi sub’ektlarda ichki audit xizmati hisobotini tuzish jarayonlarining tezlashishi va ulardagi muammolarning o‘z vaqtida hal qilinishi, ularning bir xilligini ta’minlash hamda alohida ichki audit xizmati ishining yakuniy natijalarini rasmiylashtirish imkonini bergan;
tashqi audit tekshiruvida ichki audit tomonidan olingan auditorlik dalillaridan foydalanish orqali tashqi auditni o‘tkazish muddatini qisqartirish va xarajatlarni kamaytirish bo‘yicha takliflar O‘zbekiston Auditorlar Palatasi, «O‘zpaxtasanoat» AJ, «Qurilishmashlizing» AJ, «Toshkentdonmahsulotlari» AJ tomonidan ichki audit xizmatini tashkil etishda foydalanilgan (O‘zbekiston Auditorlar Palatasining 2017 yil 2 noyabrdagi 136-son, «O‘zpaxtasanoat» AJning 2019 yil 22 sentyabrdagi 03-11/4382-son, «Qurilishmashlizing» AJning 2017 yil 6 noyabrdagi 01/07-562-son, «Toshkentdonmahsulotlari» AJning 2017 yil 23 noyabrdagi 5/1262-son ma’lumotnomalari). Natijada tashqi audit o‘tkazish uchun sarflanadigan xarajatlar «O‘zpaxtasanoat» AJda 10 foiz, «Qurilishmashlizing» AJda 9,5 foiz, «Toshkentdonmahsulotlari» AJda 9 foizga kamayishiga erishilgan.