Murodov Bobirjon Hayotjon o‘g‘lining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «O‘zbekistonda muqobil moliyalashtirish bozorini rivojlantirish», 08.00.07 – Moliya, pul muomalasi va kredit (iqtisodiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2019.2.PhD/Iqt971.
Ilmiy rahbar: Malikov Tohir Sattorovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent moliya instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent moliya instituti, DSc.03/30.12.2019.I.17.01.
Rasmiy opponentlar: Jumaev Nodir Xosiyatovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Karimov Norboy G‘anievich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: O‘zbekiston Respublikasi Bank moliya akademiyasi.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: O‘zbekistonda muqobil moliyalashtirish bozorini rivojlantirishga doir ilmiy taklif va amaliy tavsiyalar ishlab chiqish hisoblanadi.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
texnopark rezidentlarining innovatsion g‘oya va startap mahsulotlarini moliyalashtirish jarayonida muqobil moliyalashtirish (kraudinvesting, kraudlending) usullarini joriy etish asoslangan;
tadbirkorlik sub’ektlari loyihalarini muqobil moliyalashtirishda, moliyaviy manbalar sifatida kraudfandingdan foydalanish taklif etilgan;
muqobil moliyalashtirish bozorida bir kraudplatforma kompaniyasi doirasida 500 bazaviy hisoblash miqdoridan ortiq mablag‘ investisiya qilishga tayyor bo‘lgan investorlarni akkreditatsiyalash taklif etilgan;
muqobil moliyalashtirish bozori ishtirokchilarini jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarini legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirish va ommaviy qirg‘in qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashishga qaratilgan “Kraudplatforma” ishtirokchilarini yiliga kamida bir marta muqobil moliyalashtirish bozoridagi mavjud risklarni o‘rganish taklifi asoslangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
O‘zbekistonda muqobil moliyalashtirish bozorini rivojlantirishga doir olingan ilmiy natijalar asosida:
innovatsion g‘oya va startap mahsulotlarni moliyalashtirish, shu jumladan, muqobil moliyalashtirish (ya’ni kraudfanding)ning manbalarini jalb etishda ko‘maklashish bo‘yicha ishlab chiqilgan takliflar O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017 yil 5 iyuldagi 468-sonli «Toshkent shahrining Yashnobod tumanidagi innovatsiya texnoparki faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi qarorida inobatga olingan (O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining 2019 yil 30 sentyabrdagi DS/06/28-0201-32/3147-son ma’lumotnomasi). Taklif asosida texnopark rezidentlariga innovatsiya mahsulotlarini moliyalashtirishda muqobil moliyalashtirishdan keng foydalanish imkoniyati yaratilgan;
muqobil moliyalashtirish bozorini rivojlantirish, takomillashtirish va mexanizmlarini joriy etishga doir ishlab chiqilgan takliflar O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 8 yanvardagi PF-5614-sonli «Iqtisodiyotni yanada rivojlantirish va iqtisodiy siyosat samaradorligini oshirishning qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi Farmonida o‘z ifodasini topgan (O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining 2019 yil 30 sentyabrdagi DS/06/28-0201-32/3147-son ma’lumotnomasi). Taklif asosida tadbirkorlik sub’ektlari loyihalari va startaplarda muqobil moliyalashtirish mexanizmlaridan foydalanish imkoniyati yaratilgan;
bir kraudplatforma kompaniyasi doirasida 500 bazaviy hisoblash miqdoridan ortiq miqdorda mablag‘ kiritishga tayyor bo‘lgan investorlarni akkreditatsiyalash bo‘yicha taklif O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish Departamenti tomonidan jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirish, terrorizmni moliyalashtirish va ommaviy qirg‘in qurolini tarqatishni moliyalashtirish bilan bog‘liq bo‘lgan “Ichki nazarot qoidalari”ni ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish Departamentining 2019 yil 15 avgustdagi DS2/3-2136-19-son ma’lumotnomasi). Taklif asosida bir kraudplatforma kompaniyasi doirasida mablag‘ kiritishga tayyor bo‘lgan investorlarni akkreditatsiyalash, ular to‘g‘risidagi ma’lumotlarni maxsus vakolatli davlat organlariga taqdim etish bo‘yicha ishlab chiqilgan tafsiyalar bu sohadagi xavf-xatarlarning kamayishini ta’minlagan;
muqobil moliyalashtirish bozori ishtirokchilarini jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirish, terrorizmni moliyalashtirish va ommaviy qirg‘in qurolini tarqatishni moliyalashtirish bo‘yicha ishlab chiqilgan takliflar O‘zbekiston Respublikasining 2019 yil 15 yanvarda qabul qilingan O‘RQ-516-sonli O‘zbekiston Respublikasi Qonunida o‘z aksini topgan (O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish Departamentining 2019 yil 15 avgustdagi DS2/3-2136-19-son ma’lumotnomasi). Taklif asosida “Kraudplatforma” ishtirokchilarini yiliga kamida bir marta muqobil moliyalashtirish bozorida bo‘lgan tavakkalchiliklarni o‘rganish, ularning natijalarini hujjatlar bilan qayd etish hamda aniqlangan tavakkalchiliklarni kamaytirishga doir tegishli choralar ko‘rish bo‘yicha maxsus vakolatli davlat organlariga axborotni taqdim etish imkoniyati yaratilgan.