Imomov Rustam Narzullaevichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Davlat tomonidan qishloq xo‘jaligini moliyaviy qo‘llab-quvvatlash tizimini takomillashtirish», 08.00.07 – Moliya, pul muomalasi va kredit (iqtisodiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2017.2.PhD/Iqt215.
Ilmiy rahbar: Vaxabov Abdurahim Vosiqovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Namangan davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent moliya instituti, DSc.03/30.12.2019.I.17.01.
Rasmiy opponentlar: Qo‘zieva Nargiza Ramazanovna, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Olimjanov Odil Olimovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Toshkent davlat agrar universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: O‘zbekistonda davlat tomonidan qishloq xo‘jaligini moliyaviy qo‘llab-quvvatlash amaliyotini takomillashtirishga qaratilgan ilmiy taklif va amaliy tavciyalap ishlab chiqishdan ibopat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
Davlat byudjeti xarajatlari tarkibidagi qishloq xo‘jaligiga sarflanadigan investisiyalar bilan qishloq xo‘jaligining yalpi ichki mahsulotdagi ulushlari o‘rtasidagi korrelyasion bog‘liqlik asosida byudjet mablag‘laridan maqsadli foydalanish taklif etilgan;
Davlat byudjetidan qishloq xo‘jaligi rivojlanishi uchun ajratiladigan subsidiyalarni aniqlashda bir xil davriy oraliqdagi o‘rtacha xosildorlik negizida sug‘urta qiymati va stavkalarini hisoblash uslubi ishlab chiqilgan;
Moliyaviy barqarorlikni ta’minlash va transformatsiya riskini kamaytirishda imtiyozli kreditlar va muddati o‘tgan qarzdorlikni qayta baholab, uni davlat sug‘urta kompaniyalari hisobidan bankga to‘liq to‘lab berilishi asoslangan;
Agrobankning kapitalizatsiya darajasini davlat mablag‘lari hisobidan oshirish, foydaning reguliyativ kapitalga yo‘naltirishda moliyaviy imtiyozlar berish, bankning qimmatli qog‘ozlarga qilingan investisiyalarni qiymatining inflyasiya ta’sirida qadrsizlanishini oldini olish taklif etilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
O‘zbekiston Respublikasida davlat tomonidan qishloq xo‘jaligini moliyaviy qo‘llab-quvvatlash amaliyotini takomillashtirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
Davlat byudjeti xarajatlari tarkibidagi qishloq xo‘jaligiga sarflanadigan investisiyalar bilan qishloq xo‘jaligining yalpi ichki mahsulotdagi ulushlari o‘rtasidagi korrelyasion bog‘liqlik asosida byudjet mablag‘laridan maqsadli foydalanish bo‘yicha taklifi O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan umumiy ko‘rsatkichlar doirasida jarajatlar turiga o‘zgartirish kiritish amaliyotida foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining 2019 yil 27 avgustdagi 06/04-02-0132/3801-son ma’lumotnomasi). Ushbu taklifning qo‘llanishi natijasida O‘zbekiston Respublikasining Davlat byudjetidan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Maxkamasi huzuridagi “Erlarning meliorativ holatini yaxshilash jamg‘armasi”ga o‘tkazilgan pul mablag‘lari miqdori 2018 yilda 2017 yilga nisbatdan 89,2 mlrd so‘mga oshishi ta’minlangan;
Davlat byudjetidan qishloq xo‘jaligi rivojlanishi uchun ajratiladigan subsidiyalarni aniqlashda bir xil davriy oraliqdagi o‘rtacha hosildorlik negizida sug‘urta qiymati va stavkalarini hisoblash uslubi O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan agrar tarmoqni sug‘urtalashning aktuar hisobini takomillashtirish va sug‘urta xatari optimal miqdorlarini aniqlash amaliyotida foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining 2019 yil 27 avgustdagi 06/04-02-01-32/3801-son ma’lumotnomasi). Tadqiqot natijasini amaliyotga qo‘llash asosida O‘zbekiston Respublikasi Davlat byudjetining mablag‘lari hisobidan Agrobank orqali qishloq xo‘jaligiga berilgan subsidiyalar miqdori 2018 yilda 2017 yilga nisbatan 53,4 foizga oshishiga erishilgan;
Moliyaviy barqarorlikni ta’minlash va transformatsiya riskini kamaytirishda imtiyozli kreditlar va muddati o‘tgan qarzdorlikni qayta baholab, uni davlat sug‘urta kompaniyalari hisobidan bankga to‘liq to‘lab berish taklifi AT “Agrobank” tomonidan bank bo‘limlarida muddati o‘tgan kreditlarning miqdorini kamaytirish va kredit portfelining sifat jihatidan takomillashtirish amaliyotiga joriy etilgan (Aksiyadorlik-tijorat “Agrobank”ning 2019 yil 18 iyuldagi 10/1-07/149-son ma’lumotnomasi). Ushbu taklifning amaliyotga tadbiqi natijasida bank aktivlarining umumiy hajmida likvidli aktivlarning ulushi 15,0 foiz punktga oshishiga erishilgan;
Agrobankning kapitalizatsiya darajasini davlat mablag‘lari hisobidan oshirish, foydaning reguliyativ kapitalga yo‘naltirishda moliyaviy imtiyozlar berish, bankning qimmatli qog‘ozlarga qilingan investisiyalarni qiymatining inflyasiya ta’sirida qadrsizlanishini oldini olish bo‘yicha taklifi AT “Agrobank” tomonidan uzoq muddatli depozit bazasi imkoniyatlarini oshirish va foydani reinvestisiyalashga taqdim etish amaliyotida foydalanildi (Aksiyadorlik-tijorat “Agrobank”ning 2019 yil 18 iyuldagi 10/1-07/149-sonli ma’lumotnomasi). Ushbu taklifni amaliyotga joriy etilishi AT “Agrobank” resurslarining hajmini 106 foizga o‘sishini ta’minlangan.