Erkinov Suhrob Erkin o‘g‘lining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
1. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan, fan tarmog‘i nomi): “Harbiy kasbga oid lisoniy birliklarning sistem-funksional xususiyatlari (ingliz tili materiali asosida)”, 10.00.04 - Evropa, Amerika, Avstraliya xalqlari tili va adabiyoti.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan rakam: B2019.3.PhD/Fill77
Ilmiy rahbar: Safarov Shaxriyor Safarovich, filologiya fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Samarqand davlat chet tillar instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Samarqand davlat chet tillar instituti, PhD. 29.06.2019.Fil/Ped.83.01.
Rasmiy opponentlar: Rizaev Boxodir Xaydarovich, filologiya fanlari doktori, professor; Shodmonov Qurbon Badriddinovich, falsafa fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: O‘zbekistan davlat jahon tillari universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi ko‘p bosqichli tahlil orqali ingliz tilidagi harbiy soha til birliklari turlarining shakllanish qonuniyatlarini aniqlash va tavsiflash, shuningdek, sistem-funksional nuqtai nazardan harbiy soha lug‘aviy birliklarini semantik va mavzuiy guruhlarga taqsimlashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi qo‘yidagilardan iborat: kasbga oid birliklar maxsus leksik qatlam sifatida fan va ishlab chiqarishning alohida bir sohasiga tegishli terminologik birliklar ekanligi isbotlangan;
ingliz harbiy kasbga oid til qatlami semantik va funksional jihatdan tavsiflanib, terminologik birliklar alohida mavzuli guruhlari aniqlangan;
kasbga oid til birliklarining makro va mikromaydonlariga tegishli sifat va miqdoriy ko‘rsatkichlarni aniqlashda terminologik kichik guruhlarga xos struktur xususiyatlarning ajratilishi muhimligi dalillangan;
harbiy leksikaning alohida guruhlariga xos onomosiologik va tezaurus-informatsion jihatlari izohlanib, ushbu guruhlar funksional munosabatlarining alohida sathlarda aks etishi ochib berilgan;
zamonaviy ingliz tilidagi harbiy soha leksikasining lug‘atlardagi ta’rifi inobatga olingan holda ularga mos sistem-semantik taksonomiya usullari ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Ingliz harbiy til sohasining leksik birliklariga xos sistem-funksional jihatlarni o‘rganish jarayonida olingan nazariy takliflar va amaliy natijalar asosida:
ingliz harbiy kasbga oid til va uning birliklarining funksional-semantik tavsifi bilan bog‘liq ilmiy xulosalardan OT-F8-062 raqamli “Til taraqqiyotining derivatsion qonuniyatlari” mavzusidagi fundamental tadqiqotlar loyhasida foydalanilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2019 yil 26 noyabrdagi 89-03-4543-son ma’lumotnomasi). Ingliz harbiy kasbga oid til sohasining leksik birliklarini strukutur-funksional jihatdan o‘rganish jarayonida olingan nazariy tavsiyalar va amaliy natijalar matn derivatsiyasi muammolarini o‘rganish tamoyillarini yanada boyitishga xizmat qilgan;
ingliz harbiy-professional til sohasining semantik va funksional tavsifini o‘rganishdan olingan natijalar I-204-4-5-“Ingliz tili mutaxassislik fanlaridan axborot-kommunikatsion texnologiyalari asosida virtual resurslar yaratish va o‘quv jarayoniga joriy etish” mavzusidagi innovatsion loyihada foydalanilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2019 yil 26 noyabrdagi 89-03-4543-son ma’lumotnomasi). Ishning ilmiy xulosalari leksikologiya, frazeologiya va ingliz tili grammatikasidan virtual manbalarni yaratish bo‘yicha uslubiy tavsiyanomalarni ishlab chiqishda nazariy asos bo‘lib xizmat qilgan;
dissertatsiyaning ilmiy natijalari Oliy harbiy aviatsiya bilim yurtining kursantlariga inglizcha harbiy atamalarni, ularning sistem-funksional xususiyatlari va semantik maydonini o‘rgatishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligining 2019 yil 2 dekabrdagi 25-10-2363-son ma’lumotnomasi). Bu kursantlarga bilimlarini oshirishga va ular asosida o‘quv materiallarini tayyorlashga yordam bergan;
zamonaviy ingliz tilining harbiy kasbga oid professional leksikasi bo‘yicha tadqiqot xulosalaridan Samarqand viloyat teleradiokompaniyasining “Mutolaa zavqi” va “Ijod gulshani” ko‘rsatuvlari ssenariylarini tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasining 2019 yil 8 noyabrdagi 09-02/294-son ma’lumotnomasi). Natijada ushbu teleko‘rsatuvlar uchun tayyorlangan materiallarning mazmuni mukammallashgan, ilmiy dalillarga boy bo‘lishi ta’minlangan.