Haqberdiev Bekzod O‘ktamovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “O‘zbekistonda sug‘urta kompaniyalarining moliyaviy barqarorligini ta’minlash yo‘nalishlari”, 08.00.07–Moliya, pul muomalasi va kredit (iqtisodiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2019.2.PhD/Iqt985.
Ilmiy rahbar: Radjabov Umurzoq Ablaqulovich, iqtisodiyot fanlari nomzodi, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent moliya instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent moliya instituti, DSc.03/30.12.2019.I.17.01.
Rasmiy opponentlar: Isakov Janabay Yakipbaevich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Raxmonov Dilshod Alijonovich, iqtisodiyot fanlari doktori.
Yetakchi tashkilot: G.V.Plexanov nomidagi Rossiya iqtisodiyot universitetining Toshkent shahridagi filiali.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: Mamlakat iqtisodiyotini modernizatsiyalash sharoitida sug‘urta kompaniyalarining moliyaviy barqarorligini ta’minlashga qaratilgan taklif va amaliy tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
sug‘urta portfelining barqarorligini ta’minlash chorasi sifatida tuzilishi kutilayotgan sug‘urta shartnomalarini ekspertiza qilish tizimini joriy etish taklif etilgan;
variatsion ko‘lam yoki tebranishlar amplitudasi ko‘rsatkichlari, sug‘urta kompaniyasining moliyaviy ahvolini tavsiflovchi koeffisientlar, sug‘urta sohasining monitoring tizimiga kiruvchi ko‘rsatkichlarni aniqlash asosida sug‘urta kompaniyasining moliyaviy faoliyatidagi tavakkalchilikni baholash taklif etilgan;
sug‘urta kompaniyasining moliyaviy barqarorligi shaffofligini ta’minlashda sug‘urta to‘lovlari va xarajatlari, aktivlar va kapital rentabelligi koeffisientlari hamda kombinatsiyalashgan koeffisient, investision portfelning daromadliligini aniqlash bo‘yicha ko‘rsatkichlar ishlab chiqilgan;
sug‘urta kompaniyasining investisiya portfelini kengaytirish orqali daromadini ko‘paytirishda, kompaniyaning moliyaviy strategiyasini ishlab chiqish, investisiya siyosatida belgilangan strategiyalarda kompaniyaning foydalilik, likvidlilikni oshirish hamda uning daromadlarini shakllantirish va ko‘paytirish modeli taklif etilgan;
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi:
O‘zbekistonda sug‘urta kompaniyalarining moliyaviy barqarorligini ta’minlash yo‘nalishlari bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
sug‘urta portfelining barqarorligini ta’minlash chorasi sifatida tuzilishi kutilayotgan sug‘urta shartnomalarini ekspertiza qilish tizimini joriy etish bo‘yicha berilgan taklifi “ALSKOM” sug‘urta aksiyadorlik jamiyati tomonidan shartnomalarni tuzish jarayonida amaliyotga joriy qilingan (“ALSKOM” sug‘urta aksiyadorlik jamiyatining 2019 yil 7 noyabrdagi 02/1760-son ma’lumotnomasi). Mazkur taklifga asosan kompaniyaning barcha tarkibiy tuzilmalari, shu jumladan hududiy filiallari tomonidan tuzilishi kutilayotgan sug‘urta shartnomalarning sug‘urta javobgarligi miqdori belgilangan limitdan ortgan qismini ko‘rib chiqish bo‘yicha komissiya tashkil etilgan. Ushbu tizim kompaniya faoliyatiga joriy etilishi natijasida “ALSKOM” sug‘urta aksiyadorlik jamiyatining to‘lov koeffisienti 2017 yilga qaraganda 2019 yilda 31,9 foizga kamaygan;
sug‘urta kompaniyasini moliyaviy faoliyati riskini baholash bo‘yicha ko‘rsatkichlar (variatsion ko‘lam yoki tebranishlar amplitudasi ko‘rsatkichlari, sug‘urta tashkilotining moliyaviy ahvolini tavsiflovchi tizimga kiruvchi koeffisientlar, sug‘urta sohasining monitoring tizimiga kiruvchi ko‘rsatkichlar, monitoring tizimi ko‘rsatkichlarining nisbiy tavakkalchiliklarni aniqlashga imkon beruvchi variatsiya koeffisienti) bo‘yicha berilgan taklif “ALSKOM” sug‘urta aksiyadorlik jamiyatini rivojlantirish yo‘l xaritasida aks etgan. (“ALSKOM” sug‘urta aksiyadorlik jamiyatining 2019 yil 7 noyabrdagi 02/1760-son ma’lumotnomasi). Mazkur taklif kompaniyaning amaldagi faoliyatida qo‘llanishi natijasida kompaniyaning investisiya qo‘yilmalari miqdori 2019 yilning 9 oyligida 70 mlrd. so‘mni tashkil etib, o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 128 foizga oshgan;
sug‘urta kompaniyasining moliyaviy barqarorligini, shaffofligini ta’minlash bo‘yicha ko‘rsatkichlar koeffisientlarini (sug‘urta to‘lovlari va xarajatlar koeffisienti, aktivlar rentabelligi koeffisienti, kapital rentabelligi koeffisienti, kombinatsiyalashgan koeffisient, investision portfel daromadliligi koeffisienti) bo‘yicha berilgan taklif “ALSKOM” sug‘urta aksiyadorlik jamiyati tomonidan moliyaviy taxlil amaliyotiga joriy qilingan (“ALSKOM” sug‘urta aksiyadorlik jamiyatining 2019 yil 7 noyabrdagi 02/1760-son ma’lumotnomasi). Mazkur taklif kompaniyaning amaldagi faoliyatida qo‘llanilishi natijasida kompaniyaning sof foydasi miqdori 2019 yilning 9 oyligida 2,276 mlrd.so‘mni tashkil etib, o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 106 foizga oshgan.
sug‘urta kompaniyasining investisiya portfelini kengaytirish orqali daromadlarni ko‘paytirish maqsadida, kompaniyaning moliyaviy strategiyasini ishlab chiqish, investisiya siyosatida belgilangan strategiyalardan kompaniya o‘z ixtiyoriga ko‘ra foydalilik va likvidlilikni oshirish, sug‘urta tashkilotida daromadlarni shakllantirishda va ko‘paytirishda kompaniyaning moliyaviy modelini yaratish bo‘yicha berilgan taklif “Kapital Sug’urta” aksiyadorlik jamiyatini rivojlantirish yo‘l xaritasida o‘z aksini topgan (“Kapital Sug’urta” aksiyadorlik jamiyatining 2019 yil 23 noyabrdagi 01-01/4086-son ma’lumotnomasi). Mazkur taklif kompaniyaning amaldagi faoliyatida qo‘llanilishi natijasida kompaniyaning yuqori moliyaviy barqarorlik darajasi ta’minlanib, 2018 yilda kompaniya tomonidan yo‘naltirilgan qisqa muddatli investisiya mablag‘lari miqdori 28437,1 mln.so‘mni tashkil etib, o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 2 barobarga oshgan.