Alimov Zuhriddin Isamutdinovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Arab tilidagi manbalarda toshkent vohasi tarixiy geografiyasi (IX-XIII asrlar)”, 07.00.08–Tarixshunoslik, manbashunoslik va tarixiy tadqiqot metodlari.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2017.2.PhD/Tar.154.
Ilmiy rahbar: Kamoliddin Shamsiddin Sirojiddin o‘g‘li, tarix fanlari doktori, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti, huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi DSc.03/30.12.2019.Fil/Tar.21.
Rasmiy opponentlar: Yusupova Dilorom Yunusovna, tarix fanlari doktori, akademik; Saidboboev Zokirjon Abdukarimovich, tarix fanlari nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot: O‘zbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasi Tarix instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy va nazariy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: IX-XIII asr arab tilidagi yozma manbalarga murojaat etish orqali Toshkent vohasi tarixiy geografiyasini to‘liq tavsif etish, gidronimlar va toponimlarning tasniflash hamda mazkur vohadagi arxeologik ob’ektlar bilan muvofiqlashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
IX-XIII asr boshlari Toshkent vohasi tarixiy geografiyasiga oid arab manbalarida qayd etilgan aholi yashash joylari, gidronimlar va toponimlarning tasnifi ishlab chiqilgan;
Toshkent viloyatini qamrab olgan geografik mintaqalarda, xususan, Sirdaryoning o‘rta va quyi oqimi havzasi, Shosh vohasining Janubiy va Shimoliy karvon yo‘lidagi shaharlari, tog‘li yo‘llardagi shaharlar, Iloq vodiysining Chirchiq va Iloq daryolari oralig‘idagi shaharlar, Binkat va Tunkat oralig‘idagi shaharlar va ularga tutash hududlarda yuzaga kelgan etnik va madaniy jarayonlar yoritilgan;
yozma manbalarda tilga olingan Xarashkat, Daxkat, Jabg‘ukat, Arbilax, Kabarna, Kadok, Farankat kabi o‘rta asr toponimlari konkret arxeologik ob’ektlar bilan muvofiq ekani isbotlangan;
o‘rta asrlar Toshkent vohasining shahar va manzilgohlarini Buyuk ipak yo‘li bo‘ylab joylashuvi va ularning tarixiy geografiyasi bo‘yicha Shosh, Iloq, Chirchiq, Binkat va Tunkat singari joy nomlarining yangi tavsiflari ishlab chiqilgan;
“Kitab g‘arayib al-funun va mulax al-uyun” hamda as Sam’oniyning “Mo‘’jam ash-shuyux” asarlarining qo‘lyozma manbalariga asoslanib Toshkent tarixiy geografiyasining diaxron tavsifi asoslangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Arab tilidagi manbalar asosida Toshkent vohasi tarixiy geografiyasini tadqiq etish jarayonida olingan natijalar asosida:
Shosh vohasi va Iloq vodiysining tarixiy geografiyasiga oid hamda Sirdaryoning o‘rta va quyi oqimi havzasi haqidagi ma’lumotlar A-1-190 raqamli “Markaziy Osiyoning qadimgi turkiy xalqlarida dehqonchilik va shaharchilik madaniyati (IX-XII asrlar yozma manbalari asosida)” mavzusidagi loyihada foydalanilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2018 yil 5 iyuldagi 89-03-2530-son ma’lumotnomasi). Taklif qilingan tavsiya va xulosalar tarixiy manbashunoslik taraqqiyotiga hamda tarixiy geografiya sohasidagi muammolarining samarali hal etilishiga asos bo‘lib xizmat qilgan;
Markaziy Osiyo, xususan, Toshkent vohasi tarixiy geografiyasiga bag‘ishlangan tahliliy fikrlar va ilmiy xulosalardan O‘zR FA O‘zbekiston tarixi davlat muzeyida 2018 yilning may oyida o‘tkazilgan «O‘zbek xalqining o‘lmas an’analari» nomli ko‘rgazmani tashkil etishda foydalanilgan (O‘zR FA O‘zbekiston tarixi davlat muzeyining 2018 yil 24 iyuldagi 3/1255-1945-son ma’lumotnomasi); Natijada ko‘rgazmaga tashrif buyuruvchilarga IX-XII asrlarda arab geograf tarixchilari tomonidan yaratilgan xaritalar orqali o‘rta asrlar Toshkent vohasining tarixiy gegrafiyasini to‘liq tasavvur etish imkoniyati yaratilgan.
O‘zbekiston tarixi davlat muzeyi ekspozisiyasining “O‘zbekistonda ilm-fan va madaniyatning taraqqiyoti” (IX-XII asrlar) bo‘limini to‘ldirishda klassik arab geograflari qalamiga mansub asarlarda keltirilgan noyob xarita va diagrammalarning faksimil` nusxalari, jumladan al-Xorazmiy, Istaxriy, Ibn Havqal, al-Balxiy, Ibn al-Vardiy, al-Idrisiy, al-Qazviniy kabi arab geograf-olimlari asarlaridagi tarixiy-geografik materiallardan foydalanilgan (O‘zR FA O‘zbekiston tarixi davlat muzeyining 2018 yil 24 iyuldagi 3/1255-1945-son ma’lumotnomasi). Natijada O‘zbekiston tarixi davlat muzeyi fondi al-Xorazmiy, Istaxriy, Ibn Havqal, al-Balxiy, Ibn al-Vardiy, al-Idrisiy, al-Qazviniy singari arab geograf-olimlari asarlaridagi tarixiy-geografik materiallar bilan boyigan.