Ismoilov Temurbek Islomovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «O‘zbekistonda uyushmagan yoshlarning ijtimoiy faolligi va bandligini ta’minlashning institusional tizimi», 09.00.04–Ijtimoiy falsafa.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2018.2.PhD/Fa213.
Ilmiy rahbar: Oynisa Mustafakulovna Muxammadieva falsafa fanlari nomzodi, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston Milliy universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: O‘zbekiston Milliy universiteti, DSc.30.12.2019.G‘.01.05.
Rasmiy opponentlar: Bekdavlat Aliev, falsafa fanlari doktori, professor; Sirojjon Nasipkulovich Berdikulov, falsafa fanlari doktori.
Yetakchi tashkilot: Andijon davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: O‘zbekistonda uyushmagan yoshlarning ijtimoiy faolligi, bandligini ta’minlash bilan bog‘liq muammolar va ularning echimini aniqlashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
uyushmagan yoshlar faoliyatining ijtimoiy-siyosiy institut sifatidagi mazmun-mohiyati xronologik (davriy, mantiqiy ketma-ketlik asosida) ochib berilgan;
uyushmagan yoshlarning ijtimoiy faolligi va bandligini ta’minlash tizimi konseptual mexanizmlari (oila, ta’lim-tarbiya muassasalari, jamoat tashkilotlari, siyosiy institutlar) ijtimoiy-falsafiy nuqtai-nazardan kategorial (nazariy va amaliy) asoslangan;
uyushmagan yoshlarning mehnatga bo‘lgan ijobiy munosabatini rivojlantirishning zamonaviy shakllari va yo‘nalishlari (suhbatlar, tadbirlar, mehnat yarmarkalari) kelajakdagi tarixiy-falsafiy jarayon nuqtai nazardan ilmiy asoslangan;
uyushmagan yoshlar ijtimoiy faolligi va bandligini ta’minlashdagi institusional o‘zgarishlar tizimi (bandlikka ko‘maklashish markazlari, mavsumiy mehnat otryadlari, partiyalar qoshidagi yoshlar qanotlari bo‘limlari, yoshlar tashkilotlari, ijtimoiy harakatlar) falsafiy jihatdan ochib berilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
O‘zbekistonda uyushmagan yoshlarning ijtimoiy faolligi va bandligini ta’minlashning institusional tizimi doirasida ishlab chiqilgan ijtimoiy-falsafiy takliflar asosida:
uyushmagan yoshlar faoliyatining ijtimoiy-siyosiy institut sifatidagi mazmun-mohiyatini xronologik tasnifidan «Milliy g‘oya: O‘zbekistonni rivojlantirish strategiyasi» o‘quv qo‘llanmasining «G‘oyalar xilma-xilligi va mafkuraviy jarayonlarning ijtimoiy taraqqiyotga ta’siri» va «Milliy g‘oyaga daxldorlik hissi – barqaror taraqqiyot omili» deb nomlangan mavzularidagi «g‘oyaning ijtimoiy mohiyati», «milliy g‘urur», «dahldorlik hissida ijtimoiy tizim» tushunchalarini yoritishda foydalanilgan. (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2019 yil 9 iyuldagi 89-03-2725-son ma’lumotnomasi). Natijada, uyushmagan yoshlar bo‘yicha ilgari surilgan ilmiy fikr-mulohazalar, taklif va tavsiyalar o‘quv qo‘llanmaning nazariy-metodologik jihatdan takomillashuviga xizmat qilgan;
uyushmagan yoshlarning ijtimoiy faolligi va bandligini ta’minlash tizimi konseptual mexanizmlari ijtimoiy-falsafiy nuqtai-nazardan kategorial taklif va tavsiyalardan O‘zbekiston yoshlar ittifoqi uyushmagan yoshlarga oid muammolarini o‘rganishda foydalandi. (O‘zbekiston Yoshlar ittifoqining 2019 yil 2 iyuldagi 04-13/3035-son ma’lumotnomasi). Natijada, O‘zbekistonda uyushmagan yoshlarni kasb-hunarga o‘rgatish, qayta tayyorlash va bandligini ta’minlash, uyushmagan yoshlar bilan olib borilayotgan ishlarni tizimli tashkil etishda davlat va nodavlat tashkilotlari hamkorligini takomillashtirish rejasi takomillashtirildi;
uyushmagan yoshlarning mehnatga bo‘lgan ijobiy munosabatini rivojlantirishning zamonaviy shakllari va yo‘nalishlari kelajakdagi tarixiy-falsafiy jarayon nuqtai nazardan ilmiy asoslangan xulosalaridan «Jahon falsafasi qomusi»ni tayyorlashda, uning 1-jild 353, 451-452 betlarida «Yoshlar», «Ijtimoiy faollik», «Ijtimoiy shartnoma nazariyasi» tushunchalarini ilmiy nuqtai-nazardan tavsiflashda foydalanilgan (O‘zbekiston faylasuflari milliy jamiyatining 2019 yil 4 iyuldagi 16-son ma’lumotnomasi). Natijada, taqdim qilingan dissertatsiya ma’lumotlaridan ushbu yo‘nalishda foydalanilgani kitob mazmunini boyitdi. Bu boradagi ma’lumotlar olimlar, tadqiqotchilar va falsafa ilmiga qiziquvchilarning falsafiy dunyoqarashini kengaytirishga xizmat qiladi;
uyushmagan yoshlar ijtimoiy faolligi va bandligini ta’minlashdagi institusional o‘zgarishlar tizimi falsafiy jihatdan asoslangan tavsiflardan Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi O‘zbekistonda “Yoshlar kuni”ni nishonlash tadbirlarida shuningdek, Milliy g‘oyani rivojlantirish konsepsiyasi targ‘ibotini amalga oshirishda foydalanilgan. (Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazining 2019 yil 10 oktyabrdagi 02/09-1386-son dalolatnomasi). Natijada, dissertatsiya materiallari «Milliy g‘oya: O‘zbekistonni rivojlantirish strategiyasi», «Ijtimoiy falsafa», «Sotsiologiya», «Shaxs va jamiyat» kabi fanlarning mazmunini takomillashtirish va ularni yangi ma’lumotlar bilan boyitish, darsliklar yaratishda, «Yoshlar tashkilotlari», «Mustaqillik yillarida yoshlar harakati» kabi maxsus kurslarni ishlab chiqish va yoshlar bilan ishlaydigan mutaxassislarni tayyorlashda muhim ilmiy-metodologik manba bo‘lib xizmat qildi.