Abdullaeva Moxira Zaxidjanovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Kibermakon va islom bilan bog‘liq diniy-ma’naviy jarayonlar”, 07.00.04–Dinshunoslik.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2018.1. PhD/Tar287.
Ilmiy rahbar: Munavvarov Zohidullo Inomxodjaevich, siyosiy fanlar doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi, DSc.35/30.12.2019.Isl/Tar/F.57.01.
Rasmiy opponentlar: Babadjanov Baxtiyor Miraimovich, siyosiy fanlar doktori, professor, Kaxxarova Matlyuba Manofovna, falsafa fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: O‘zbekiston milliy universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi islom dini bilan bog‘liq kibermakondagi diniy-ma’naviy jarayonlarni o‘rganishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi: 
Diniy jarayonlarning kibermakondagi rivojlanishi tendensiyalarini tizimli o‘rganish orqali diniylik tamoyillarining konvergensiyasi xususiyatlari ilmiy asoslandi;
Tobora axborotlashib borayotgan ijtimoiy hayot sharoitida “kiberfatvo” tushunchasining paydo bo‘lishi mantiqiy ekanligi hamda uning ahamiyati muntazam oshib borishining muqarrarligi isbotlandi;
“Onlayn islom” bilan bog‘liq jarayonlarning tahlili asosida jihod va terrorizm fenomenlarining “Web texnologiyasi”ga transformatsiyasi mohiyatini g‘arazli maqsadlarga yo‘naltirilgan destruktiv harakatlar tashkil etayotgani isbotlandi;
Islom diniga oid “uz” domeni veb-saytlari va o‘zbek tilidagi mobil ilovalar kontentini tahliliy tizimlashtirish asosida o‘zbek tilida muloqot qiluvchi aholi orasida namoz va ijtimoiy-ma’naviy masalalarni sog‘lom idrok etishda ularning ta’sirchan ma’rifiy kuch sifatidagi ahamiyati ochib berildi;
Onlayn muhitning yoshlar tarbiyasiga salbiy ta’sirining oldini olish va “kibergigiena” madaniyatini shakllantirish va rivojlantirish bo‘yicha ilmiy-amaliy tavsiyalar ishlab chiqildi. 
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi:
Kibermakon va islom bilan bog‘liq diniy-ma’naviy jarayonlar tahlili bo‘yicha olingan natijalar asosida:
Diniy amaliyotning kibermakonda namoyon bo‘lishiga oid nazariy metodologik asoslaridan olingan xulosalardan “O‘zbekiston-Germaniya” do‘stlik jamiyatining “Media va axborot savodxonligi” seminar-treningida ko‘rgazmali ma’ruza sifatida foydalanilgan (“O‘zbekiston-Germaniya” do‘stlik jamiyatining 2019 yilning 23 iyulidagi OD-39 raqamli dalolatnomasi, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Millatlararo munosabatlar va xorijiy mamlakatlar bilan do‘stlik aloqalari qo‘mitasining 2019 yil 16 avgustdagi № 03-08-1431-son xati). Ma’ruza natijasida OAV xodimlari hamda xalqaro munosabatlar bo‘yicha tahsil olayotgan talabalarda kibermakonda diniy tafakkur bilan bog‘liq holda kechayotan jarayonlarning millatlararo munosabatlarga ko‘rsatayotgan ta’siri haqidagi bilimlarni boyitgan;
Axborotlashgan jamiyatda “kiberfatvo”larning o‘rni hamda “Kiberjihod”: internetda terrorizmning namoyon bo‘lish shakllari asosida keltirilgan natija va tavsiyalaridan Evropada xavfsizlik va hamkorlik tashkilotining O‘zbekistondagi Loyihalari koordinatori tomonidan tashkil etilgan “TOKTER – terrorizmga olib keluvchi tajovuzkor ekstremizm va radikalizmga qarshi kurashda ommaviy axborot vositalarining roli” mavzuida jurnalistlar uchun o‘tkazilgan o‘quv kursida hamda B.Alimov, N.Toshpo‘latova, M.Abdullaeva va S.Arifxanovalar tomonidan tayyorlangan “Ommaviy axborot vositalarida zo‘ravon  ekstremizm, radikalizm va terrorizm masalalarining yoritilishi: nazariya va amaliyot” o‘quv-amaliy qo‘llanmada foydalanilgan (EXHTning O‘zbekistondagi Loyihalari koordinatorining 2019 yil 15 avgustdagi № 347/19-son dalolatnomasi). Natijada, soha xodimlari hamda jurnalistlar kibermakon tushunchasi, undagi ilk diniy amaliyotlar tarixi, hamda islom bilan bog‘lik ma’naviy-diniy jarayonlar yaqindan tanishtirlgan, olingan xulosalar ularni kibermakondan oqilona foydalanish madaniyatini, islomiy jarayonlarda ishonchli manbalarga tayanish ko‘nikmalarini, diniy amaliyotlarga nisbatan tanqidiy tafakkurni shakillantirishga xizmat qilgan.
Yoshlar tarbiyasiga onlayn muloqotning ta’siri va ularda kibermakondagi diniy jarayonlarga tanqidiy munosabatni shakllantirish borasida keltirilgan ilmiy asoslangan taklif va tavsiyalari O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi faoliyatida foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligining 2019 yil 29 avgustdagi № 27-8/6062-son xati). Bu taklif va tavsiyalar tizimdagi tashkilot, idora va muassasalarda xizmat qilayotgan yoshlar hamda axborot kommunikatsiya texnologiyalari bo‘yicha tahsil olayotgan talabalarda kibermakonda diniy tafakkur bilan bog‘liq holda kechayotan jarayonlarning yoshlar ongiga ko‘rsatayotgan ta’siri, “kibergigiena” madaniyatini shakllantirish hamda tahdidlardan himoyalanish yo‘llari haqidagi bilimlarini boyitgan;
Tadqiqot ishining diniy mavzularga oid adabiyotlar, internet va ommaviy axborot vositalari materiallarini chuqur tahlil qilish, diniy-ijtimoiy muhitni barqarorligiga salbiy ta’sir ko‘rsatuvchi omillarni barvaqt aniqlash va bartaraf etish yuzasidan ishlab chiqilgan nazariy xulosa va tavsiyalaridan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din ishlari bo‘yicha qo‘mita tarkibida faoliyat olib borayotgan Diniy-ijtimoiy jarayonlarni o‘rganish axborot tahlil-markazi faoliyatida hamda dissertatsiya ishi doirasida “Kibermakonda din tarixining shakllanish bosqichlari”, “Raqamli texnologiyalar orqali butun dunyoda xususan, O‘zbekistonda virtual makonning  ijtimoiy-ma’naviy hayotga salbiy ta’siri va uning oldini olish yo‘llari”, “Kibermakonda yuz berayotgan diniy jarayonlarni “muloqot”, “ma’lumot”, “ta’lim”, “tajriba”, “amaliyot” usullarida o‘rganish”, “Kibermakon va islom” mavzularida yozilgan ma’ruza matnlari O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi huzuridagi malaka oshirish markazi va uning mintaqaviy filiallarida imom-xatiblar va otinoyilar uchun tashkil etilgan malaka oshirish kurslari o‘quv dasturlarini ishlab chiqishda keng foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din ishlari bo‘yicha qo‘mitaning 2019 yil 18 oktyabrdagi 5745-son dalolatnoma). Natijada ma’ruzalarda keltirilgan ilmiy asoslangan materiallar viloyat va tumanlar otinoyilarida  kibermakonda dinning faollashuvi, axborotni qabul qilish madaniyati hamda hamda tahdidlardan himoyalanish yo‘llari haqidagi bilimlari boyitildi.
Hozirgi tahlikali zamonda internet tarmog‘i orqali tarqatilayotgan diniy mazmundagi yolg‘on ma’lumotlar, vayronkor g‘oyalar, odob-axloqni emiruvchi illatlarga qarshi ma’rifiy islom tamoyillari asosida axborotni qabul qilish madaniyati borasidagi materiallaridan “O‘zbekiston 24” radiokanalining “Radiofeys” dasturida jonli efir ko‘rinishida foydalanilgan (O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasi “O‘zbeksiton 24” teleradiokanali davlat unitar korxonasining 2019 yil 20 sentyabrdagi 03-09-1050-son ma’lumotnomasi). Natijada keng jamoatchilikka kibermakondagi ma’lumotlardan foydalanish bo‘yicha tavsiyalar etkazilgan hamda radioeshittirish mazmunining nazariy saviyasi ortishiga erishilgan.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish