Jo‘raev Husan Alisherovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Muhammad Kardariyning “al-Jomi’ al-vajiz” asari va uning XIV-XV asrlar Movarounnahr diniy-ijtimoiy hayotidagi o‘rni”, 24.00.01–Islom tarixi va manbashunosligi (tarix fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2019.1.PhD/Tar108.
Ilmiy rahbar: Islamov Zaxid Maxmudovich, filologiya fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi, DSc.35/30.12.2019.Isl/Tar/F.57.01.
Rasmiy opponentlar: Toshqulov Jo‘raboy O‘rinboevich, yuridik fanlar doktori, professor, Ismoilov Mas’udxon Mahdievich, tarix fanlari nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Abu Rayhon Beruniy nomidagi Sharqshunoslik instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi XIV-XV asrlarda Movarounnahr diniy-ijtimoiy hayotidagi mavjud muammolarni hal qilish, o‘lkadagi barqaror ma’naviy muhitni ta’minlashda Muhammad Kardariy “al-Jomi’ al-vajiz” asarining tutgan o‘rnini ko‘rsatib berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi: 
“al-Jomi’ al-vajiz” asarida ijtimoiy xavfli holatlarning oldini olish va ularga qarshi kurashish maqsadida ko‘riladigan choralar to‘rt bosqichga bo‘linishi, farzandning to‘g‘ri bilimlarni egallashida ota-ona, axloqini tuzatishda ota va qozi, to‘g‘ri yo‘lga chorlashda jamiyat, huquqiy chora ko‘rishda hokim mas’ul qilib belgilanganligi ilk bor asoslangan va bu choralarni bugungi kunda axloqni tuzatish ishlari, majburiy jamoat ishlari jazolari hamda ishni sudga topshirish bilan amalga oshirish mumkinligi haqida ilgari surilgan fikrlar qiyosiy asosda ochib berilgan;
ijtimoiy xavfli faoliyat turlari, oila va jamiyatdagi nazoratning yo‘qligi sababli farzandning noto‘g‘ri bilimlarni olishi, oqibatda oila va jamiyat bunday farzandni to‘g‘ri yo‘lga qaytara olmay qolishi, u boshqalarni ham o‘z ta’sir doirasiga tortish orqali jinoyatga qo‘l urishi kabi zararlari ilk bor “al-Jomi’ al-vajiz” asari asosida noto‘g‘ri tarbiya va ma’naviy muhitning ayanchli oqibatlari va ularga qarshi bosqichma-bosqich olib borilishi lozim bo‘lgan tarbiyaviy chora-tadbirlarning ilmiy asosi dalillab berilgan;
“al-Jomi’ al-vajiz” asarida diniy, g‘oyaviy axborot xurujlaridan jamiyatni himoya qilishda jaholatga qarshi ma’rifat bilan kurashish, xorijiylar, mu’tazila, qadariylar kabi firqalarning takfir, jihod, e’tiqod tushunchalarini buzib talqin qilishlariga oid g‘oyalariga Imom Safforning “Talxis”, Marg‘inoniyning “Hidoya”, Saraxsiyning “Mabsut” asarlari asosida raddiya berish, ularda keltirilgan dalillarni qiyosiy tahlil qilish orqali ilmiy va “Xilofa-l-aql” (“Aqlga xilof”) mantiqiy asoslash uslublaridan foydalanilganligi isbotlandi;
jamiyatda mafkuraviy immunitetni mustahkamlash, yoshlarda ma’lumotlarni mustaqil tahlil eta olish qobiliyatini shakllantirish, har bir farzandning ta’lim-tarbiyasini nazoratga olish, ota-onasi uning qanday ilmlarni o‘zlashtirayotganligi, kimlar bilan muloqotga kirishayotganligi, madrasada berilayotgan ilmlarni nazoratga olish, davlat tomonidan ta’lim va tarbiyaning rag‘batlantirilishi, ijtimoiy tartiblarga rioya qilmaganligi uchun jazolash va bundagi uch tomonlama – oila, ta’lim muassasasi va davlat hamkorligining zarurati haqidagi ilgari surilgan fikrlarning ilmiy asoslari dalillangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi:
Muhammad Kardariy “al-Jomi’ al-vajiz” asarining XIV-XV asrlar Movarounnahr diniy-ijtimoiy hayotidagi o‘rnini tadqiq etish bo‘yicha olingan natijalar asosida quyidagilarga erishildi:
jamoat tartibi va xavfsizligiga tahdid soluvchi, noto‘g‘ri aqidaga ergashish va noqonuniy diniy tashkilot tashkil etish va noqonuniy diniy tashkilot faoliyatiga hissa qo‘shish, o‘zga din vakillariga hurmatsizlik harakati, diniy marosimlarga amalda behurmatlik bilan munosabatda bo‘lishga oid natijalari bo‘yicha ishlab chiqilgan taklif va tavsiyalardan 2017 yil 1 aprelda kuchga kirgan O‘zbekiston Respublikasining “Fuqarolarning huquq va erkinliklarini ishonchli himoya qilish kafolatlarini ta’minlashga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar qabul qilinganligi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi Qonunni ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining 2019 yil 12 avgustdagi 85-son ma’lumotnomasi). Natijada mazkur Qonunning 1-moddasi bilan O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat kodeksiga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritishda, jumladan, Jinoyat kodeksi 216, 2161, 2162, 145, 2441 moddalarining yangi tahrirlarida qamoq jazosi olib tashlanib, majburiy jamoat ishlari va axloq tuzatish ishlari joriy etildi. Bunda jinoyatning oqibat, zararlarining turlari va darajalarining belgilanishida ilmiy ishning natijalari, ishlab chiqilgan taklif va tavsiyalari asos bo‘lib xizmat qilgan. Ish natijasida adashib qolgan kishilarni qamoq jazosidan ko‘ra tarbiyaviy ishlarni olib borish orqali ularning sog‘lom ijtimoiy hayotga qaytish asoslarini ishlab chiqishga erishilgan; 
2018 yil 03 aprel` kuni Mahalla radio kanalining “Ma’rifiy suhbatlar” eshittirishida Kardarlik olimlar, xususan, Muhammad Kardariy va “al-Jomi’ al-vajiz” asari mavzusida suhbat uyushtirilgan (O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasi O‘zbekiston radiokanalining 2018 yil 5 aprel` 04-24-508 son ma’lumotnomasi). Natija, Muhammad Kardariy hayoti, ilmiy faoliyati,  asarlari, jumladan, “al-Jomi’ al-vajiz” asaridagi mavzularning ilmiy tahlil natijalari, asarda keltirilgan ilm olishning foydalari, fitna va buzg‘unchi g‘oyalardan uzoqda turish kerakligi kabi tarbiyaviy ma’lumotlarni OAVda ilk marotaba omma e’tiboriga havola etilishiga erishilgan;
2018 yil 12 iyunda Qabul qilingan O‘zbekiston Respublikasining “Ekstremizmga qarshi kurashish to‘g‘risida”gi Qonunga dissertatsiyada ekstremizm va terrorizmga qarshi murosasizlik munosabatini shakllantirish, jamiyat xavsizligiga tahdid etuvchi g‘oyalaga qarshi ma’rifat bilan kurashish bo‘yicha ishlab chiqilgan taklif va tavsiyalar joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Sud-huquq masalalari va korrupsiyaga qarshi kurashish Qo‘mitasi, Dalolatnoma №84 12.08.2019y.). Natija, mazkur qonunning 7, 8, 11 moddalarini ishlab chiqishda ekstremizm va terrorizmga qarshi murosasizlik munosabatini shakllantirish, jamiyat xavsizligiga tahdid etuvchi g‘oyalarga qarshi ma’rifat bilan kurashish va “oila, ta’lim muassasasi va davlat hamkorligi” kompleks usulidan foydalanilgan;
2018, 2019 yillari O‘zbekiston musulmonlari idorasining ma’naviy-ma’rifiy sohadagi faoliyatiga hamda “Call centre” (“Koll sentr”) tizimi faoliyatini shakllantirish uchun ilmiy ishning ma’naviy tahdidlar va ularga qarshi ma’rifat bilan kurashishning ahamiyati, yot g‘oyalarning ilmiy tahlili hamda Ramazon oyining birinchi kuni va Hayit bayrami kunlarini belgilash tartibiga oid natijalari joriy etilgan (O‘zbekiston musulmonlari idorasi. Ma’lumotnoma №1401 29.05.2019y.). Natija, O‘zbekiston musulmonlari idorasi o‘zining ma’naviy-ma’rifiy sohadagi faoliyatida foydalanib kelmoqda. Shuningdek, dissertatsiyada diniy-ijtimoiy masalalar echimiga oid ishlab chiqilgan xulosa va tavsiyalardan O‘zbekiston musulmonlari idorasi tashabbusi bilan joriy etilgan 2019 yil 03 maydan 03 iyungacha bo‘lgan muddatda Ramazon oyida ro‘za tutish bilan bog‘liq savollarga javob berish tizimi–“Call centre” faoliyatini shakllantirishda dissertatsiyaning Ramazon oyining birinchi kuni Hayit bayrami kunlarini belgilash va ro‘za tutish tartibiga oid natijalaridan foydalanilgan;
2019 yil 18 yanvardagi O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining  №2300-111/QQ-492-111-sonli qo‘shma qarori ijrosini amalga oshirish maqsadida O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasining davlat diniy e’tiqod erkinligi sohasidagi taklif va tavsiyalarini berish bo‘yicha “Yo‘l xaritasi”ning sakkizinchi bo‘limi, “Diniy ta’lim amaliyotini takomillashtirish bo‘yicha tahliliy axborotlarni tayyorlash”da dissertatsiya natijalaridan, uch taraflama - ota-ona–ta’lim muassasasi–davlat tomonidan nazorat qilishning samadorligi, yoshlarda olingan bilimni mustaqil tahlil eta olish qobiliyatini shakllantirish hamda ularni buzg‘unchi g‘oyalar va axborot xurujlaridan himoya qilishda mazkur hamkorlikning zarurligiga oid xulosa va tavsiyalaridan foydalanilgan (Din ishlari bo‘yicha qo‘mita. Dalolatnoma №4155 19.07.2019y.). Natija, dissertatsiyaning diniy ta’lim nazoratidagi bosqichlar, har bir bosqichdagi mas’ul tomonlar va ularning hamkorlik nuqtalariga oid natijalaridan foydalanilgan.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish