Sayt test rejimida ishlamoqda

Ibragimov Umidjon Xikmatullaevichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Quvurlarda issiqlik almashinuvini jadallashtirish bilan energiya tejamkor issiqlik almashinuv qurilmasini ishlab chiqish”, 05.05.04 – Sanoat issiqlik energetikasi (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2019.2.PhD/T607.
Ilmiy rahbar: Muxiddinov Djaloliddin Nosirovich, texnika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Qarshi muhandislik iqtisodiyot instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat texnika universiteti, DSc.03/10.12.2019.T.03.03.
Rasmiy opponentlar: Avezov Rabbanakul Raxmanovich texnika fanlari doktori, professor; Isaxodjaev Xayrulla Sunnatullaevich, texnika fanlari bo‘yicha falsafa doktori, dotsent. 
Etakchi tashkilot: “Issiqlikelektrloyiha” AJ. 
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: issiqlik almashinuv qurilmalarining quvurlarida issiqlik almashinuvini jadallashtirish bilan issiqlik amashinuv qurilmalarining energiya samaradorligini oshirishdan iborat. 
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
issiqlik almashinuv qurilmasi quvurlarining devor oldi zonalarida laminar chegaraviy qatlam qalinligini kamaytiruvchi va tebranma harakat natijasida oqimni to‘liq turbulizatsiyalovchi lokal turbulizatorning konstruksiyasi ishlab chiqilgan;
“quvur ichida quvur” turidagi issiqlik almashinuv qurilmasining silliq quvurida olingan tajriba natijalari umumlashtirilib, silliq quvurda gidravlik qarshilik va issiqlik berishni aniqlovchi empirik tenglamalar ishlab chiqilgan; 
lokal turbulizatorli quvurlarda laminar va turbulent oqim rejimlarida gidravlik  qarshilik silliq quvurga nisbatan 23,4 martaga, issiqlik berish 2,44,2 martaga yuqori bo‘lishi aniqlangan;
lokal turbulizatorli quvurlarda lokal turbulizatorlarning turli nisbiy qadami va nisbiy diametrida gidravlik qarshilik va issiqlik berishni aniqlash uchun xatoligi laminar oqim rejimida ±5% va turbulent oqim rejimida ±6% bo‘lgan yuqori aniqlikdagi empirik tenglamalar ishlab chiqilgan;
lokal turbulizatorlar nisbiy qadamining s/d1=47 va nisbiy diametrining d2/d1=0,40,7 oraliqlarida lokal turbulizatorlarning ratsional geometrik parametrlari s/d1=6 nisbiy qadamga va d2/d1=0,5 nisbiy diametrga mos kelishi aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. 
Issiqlik almashinuv qurilmalarining quvurlarida lokal turbulizatorlarni o‘rnatish hamda energiya tejamkor issiqlik almashinuv qurilmasini qo‘llash bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
issiqlik almashinuv qurilmasi quvurlarining devor oldi zonalarida laminar chegaraviy qatlam qalinligini kamaytiruvchi va tebranma harakat natijasida oqimni to‘liq turbulizatsiyalovchi lokal turbulizator konstruksiyasiga O‘zbekiston Respublikasi Intellektual mulk agentligining ixtiroga patenti olingan (“Issiqlik almashinuv quvurining turbulizatsiyalash qurilmasi” №IAP 04514-2012 yil);
lokal turbulizatorlarning yangi konstruksiyasi AJ «Muborak IEM»dagi qoplama quvurli issiqlik almashinuv qurilmasida o‘rnatilgan (“Issiqlik almashinuv quvurining turbulizatsiyalash qurilmasi” №IAP 04514-2012 yil). Natijada lokal turbulizatorli issiqlik almashinuv qurilmasi yiliga 91,8 t.sh.yo.ni tejash imkonini bergan;
lokal turbulizatorlarning yangi konstruksiyasi AJ «Sredazsvet-metenergo»dagi qoplama quvurli issiqlik almashinuv qurilmasida o‘rnatilgan («Sredazsvetmetenergo» AJning 24 may 2019 yildagi 58-son ma’lumotnomasi). Natijada lokal turbulizatorli issiqlik almashinuv qurilmasi yiliga 30,1 t.sh.yo.ni tejash imkonini bergan.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish