Sayt test rejimida ishlamoqda

Tangirov Nizom Abduraxmonovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Noosfera konsepsiyasining falsafiy-metodologik tahlili», 09.00.01–Ontologiya, gnoseologiya va mantiq.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2018.2.PhD/Fa1187
Ilmiy rahbar: Karimov Ibrohim, falsafa fanlari doktori, professor
Dissertatsiya bajarilgan muassasanomi: Toshkent davlat pedagogika universiteti
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: O‘zbekiston Milliy universiteti, DSc.30.12.2019.F.01.05
Rasmiy opponentlar: Mamashokirov Saidmurod, falsafa fanlari doktori, professor; Berdimuratova Alima Karlibaevna, falsafa fanlari doktori, professor.
Etakchi tashkilot: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: Noosfera konsepsiyasining falsafiy-metodologik asoslarini tahlil etishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
noosfera tushunchasining mazmun-mohiyati va ilmiy tasnifi  falsafiy-metodologik jihatdan asoslash orqali uning substansional negizlari (tabiiy-geografik sharoit, ijtimoiy muhit va antropogen ta’sir) aniqlashtirilgan;
ijtimoiy muhit va ta’lim-tarbiya bilan aqliy rivojlanishning sinergetik bog‘liqligi noosfera rivojlanish tamoyili ekanligi ilmiy-nazariy jihatdan asoslangan;
“noosferaviy bilim”, “noosferaviy dunyoqarash”, “noosferaviy faoliyat” tushunchalari noosfera konsepsiyasining ijtimoiy deterministik jihatlari ekanligi isbotlangan; 
noosferaning “inson – aqliy faoliyat – innovatsiya – barqaror taraqqiyot” modelining mexanizmlari (ehtiyoj, maqsad, faoliyat, infratuzilma) ilmiy asoslangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Noosfera konsepsiyasining falsafiy-metodologik tahlili bo‘yicha ishlab chiqilgan falsafiy-metodologik taklif va tavsiyalar asosida:
noosfera tushunchasining mazmun-mohiyati va ilmiy tasnifi  falsafiy-metodologik jihatdan asoslash orqali uning substansional negizlari (tabiiy-geografik sharoit, ijtimoiy muhit va antropogen ta’sir)ga oid xulosalardan “Ilmiy g‘oyalarning ijtimoiy taraqqiyotdagi falsafiy ahamiyati” (Toshkent: Navro‘z, 2014. 3-bob. –B. 55-69. (hammmualiflikda). ISSN 978-9943-381-68-1; KBK 67.412 (5G‘)) nomli ilmiy metodologik qo‘llanmada o‘z aksini topgan. Ilgari surilgan ilmiy xulosalar yoshlarning bilish jarayonidagi muammolarni o‘rganishda nazariy bilimlarini takomillashtirishga hamda voqelik haqidagi tasavvurlarining o‘zgarishiga xizmat qilgan;
ijtimoiy muhit va ta’lim-tarbiya bilan aqliy rivojlanishning sinergetik bog‘liqligi noosfera rivojlanish tamoyili ekanligi hamda “Avesta” va Zardo‘sht gatalarida bilim va ta’limning o‘zaro aloqadorligiga oid xulosa va takliflaridan A-1-92 raqamli “Avestani tizimli tadqiq etish va “Zardushtiylik Xrestomatiyasini” nashr etish” (2015-2017 yillar) mavzuidagi amaliy loyiha doirasida foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2018 yil 24 may 89-03-1999 son ma’lumotnomasi). Berilgan ilmiy xulosalar, amaliy takliflar mamlakatimiz yoshlari ma’naviyatini yanada yuksalishiga, milliy o‘zligini anglashiga, umuminsoniy qadriyatlarni asrab-avaylash bo‘yicha olib borilayotgan targ‘ibot-tashviqot ishlar natijadorligiga ijobiy ta’sir ko‘rsatgan;
“noosferaviy bilim”, “noosferaviy dunyoqarash”, “noosferaviy faoliyat” tushunchalari noosfera konsepsiyasining ijtimoiy deterministik jihatlari ekanligiga oid xulosalardan «Ijtimoiy falsafa» o‘quv qo‘llanmasining «Jamiyat – yaxlit tizim sifatida”, “Jamiyat hayoti va taraqqiyotining tabiiy va ijtimoiy omillari”, “Fan”, “Ijtimoiy taraqqiyot – tabiiy-tarixiy jarayon” va “Ijtimoiy taraqqiyotning sub’ektlari va harakatlantiruvchi kuchlari” deb nomlangan bo‘limlarini shakllantirishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2018 yil 24 may 89-03-2021 son ma’lumotnomasi). Mazkur xulosalar faylasuflar, bakalavr, magistr, tadqiqotchilar va keng o‘quvchilar jamoatchiligi, ijtimoiy fan mutaxassislari uchun qo‘llanma sifatida xizmat qilmoqda;
noosferaning “inson – aqliy faoliyat – innovatsiya – barqaror taraqqiyot” modelining mexanizmlari (ehtiyoj, maqsad, faoliyat, infratuzilma) ekanligiga oid taklif va tavsiyalardan “O‘zbekiston 24” telekanali “Axborot 24” informatsion dasturlari (2018 yil mart-aprel` oylari) ssenariysini tayyorlashda foydalanildi (“O‘zbekiston 24” teleradiokanali davlat unitar korxonasining 2018 yil 11 iyuldagi 01/09-721-son ma’lumotnomasi). Mazkur takliflarning amaliyotga joriy etilishi yoshlardagi ma’naviy barkamollik salohiyatini, milliy ongi va ilmiy tafakkurini boyitishga xizmat qilgan.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish