Ergasheva Farog‘at Sheralievnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Mahalliy anor (Punica granatum L.) navlarining fiziologik-biokimyoviy, farmakologik xususiyatlari va mikroklonlash istiqbollari», 03.00.07–O‘simliklar fiziologiyasi va biokimyosi, 03.00.08–Odam va hayvonlar fiziologiyasi (biologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2019.3.PhD/B368.
Ilmiy rahbarlar: Qo‘shiev Habibjon Hojiboboevich, biologiya fanlari doktori, professor; Xushmatov Shunqor Sa’dullaevich, biologiya fanlari doktori.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Guliston davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Buxoro davlat universiteti huzuridagi PhD.03/30.12.2019.V.72.02 raqamli ilmiy kengash asosidagi bir martalik ilmiy kengash.
Rasmiy opponentlar: Matchanov Azat Taubaldievich, biologiya fanlari doktori, professor; Kurbanbaev Ilxam Djumanazarovich, biologiya fanlari doktori.
Yetakchi tashkilot: Toshkent davlat agrar universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: ayrim mahalliy anor (Punica granatum L.) navlarining fiziologik-biokimyoviy, farmakologik xususiyatlari va mikroklonlash istiqbollarini tavsiflashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ilk bor Sirdaryo viloyatida ekiladigan mahalliy «Qora qayim», «Qizil anor», «Oq dona (Tuyatish)», «Achchiq dona» anor navlarini biotexnologik (in vitro) ko‘paytirishning optimal sharoiti ishlab chiqilgan hamda ozuqa muhiti tarkibida fitogormonlarning maksimal stimulyasion konsentratsiyasi va optimal nisbatlari aniqlangan;
tanlab olingan mahalliy anor navlarini mikroklonlashda ozuqa muhiti tarkibining optimal sharoitlari aniqlangan;
in vitro sharoitida mikroklonlash uslubi yordamida olingan va tuproqqa ko‘chirib o‘tkazilgan anor ko‘chatlarida transpiratsiya jarayoni hamda fotosintetik pigmentlari miqdori o‘zgarishiga ko‘ra adaptatsiya dinamikasi aniqlangan;
mahalliy anor «Qora qayim», «Qizil anor», «Oq dona (Tuyatish)» va «Achchiq dona» navlari mevasi, po‘stining biokimyoviy tarkibi aniqlangan;
tanlab olingan mahalliy anor navlari mevasi, po‘stidan ajratib olingan ekstrakti in vitro sharoitida antioksidant va spazmolitik faolligi aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Ayrim mahalliy anor (Punica granatum L.) navlarining fiziologik-biokimyoviy, farmakologik xususiyatlari va mikroklonlash istiqbollarini tavsiflash bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
in vitro sharoitida etishtirilgan anor navlarining patogensiz ko‘chatlaridan plantatsiyalar tashkil qilish hamda anor sharbati tarkibini tahlil qilish bo‘yicha aniqlangan vitaminlar, makro- va mikroelementlar miqdorini ishlab chiqarilayotgan tabiiy anor sharbatlari qadoqlanayotgan idishlarda qayd etish asosida «Dehqonobod Asl Anori» ishlab chiqarish kooperativida amaliyotga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va sanoat vazirligining 2019 yil 12 dekabrdagi 6-3-1/20-3275-son ma’lumotnomasi). Natijada ichki va tashqi bozorda kooperativ tomonidan ishlab chiqarilayotgan tabiiy anor sharbati mahsulotiga bo‘lgan talabni orttirish imkonini bergan;
anor barglari eksplantasining in vitro sharoitida kul`turada kallus hosil qilishi, rizogenez-organogenez jarayonlari intensivligi ozuqa muhitining tarkibi, biologik stimulyatorlarning tipi va kombinatsiyalariga bog‘liqligi IK-2011-1/1 raqamli «Gliseram tabletkalarining olinish texnologiyasi, tajriba partiyasini ishlab chiqarishni tashkil etish» ilmiy loyihasida shirinmiya o‘simligi ildizini quyuq ekstraktidan texnik glisirrizin kislota 80% li glisirrizin kilotasi monoammoniyli tuzini etarli miqdorda olish va gliseram substansiyasi tozaligini yuqori samarali suyuqlik xromatogorafiyasi usuli bilan nazorat qilishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining 2019 yildagi 24 dekabrdagi 4/1255-3329-son ma’lumotnomasi). Natijada «Gliseram» substansiyasi vaqtinchalik farmakopiya maqolasi yaratish uchun asosiy texnologik parametrlarini aniqlash imkonini bergan;
mahalliy anor navlarini in vitro sharoitida biotexnologik uslub yordamida ko‘paytirishning optimal texnologiyasini ishlab chiqish asosida IK-2011-1/1 raqamli ««Gliseram tabletkalarining olinishi texnologiyasi va tajriba partiyasini ishlab chiqarishni tashkil etish» ilmiy loyihasida «Gliseram» substansiyasining chinligi, eruvchanligi va saqlanish muddatini aniqlashda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining 2019 yildagi 24 dekabrdagi 4/1255-3329-son ma’lumotnomasi). Natijada «Gliseram» tabletkalari tarkibini ishlab chiqish imkonini bergan.