Sayt test rejimida ishlamoqda

“Jonajon Vatanimizga Ramazoni sharif kirib kelmoqda. Ushbu ulug‘ ayyom munosabati bilan nuroniy otaxon va onaxonlarimizni, qadrli aka-uka, opa-singillarimizni, iymon-e’tiqodli xalqimizni chin qalbimdan muborakbod etaman.

Barchangizga tinchlik-omonlik, oilaviy xotirjamlik, baxtu saodat yor bo‘lishini tilayman. Bugungi o‘tkinchi qiyinchiliklarga qaramasdan, Ramazoni sharif har doimgidek xonadonlarimizga, dillarimizga quvonch, yurtimizga fayzu baraka baxsh etadi, bir-birimizga bo‘lgan mehr-oqibatimizni yanada ziyoda qiladi, deb ishonaman.

Hammamizga ayonki, Alloh taoloning marhamati bilan shahri Ramazonda ezgu niyatlar ijobat bo‘ladi. Mana shu muborak oyda barchamiz tutgan ro‘zalarimiz, qilayotgan duoi fotihalarimiz, xayrli amallarimiz sharofati bilan barcha mamlakatlar qatori el-yurtimizni ham ushbu ofatdan tezroq xalos etishini Yaratgan Parvardigordan so‘rab qolamiz”, — Shavkat Mirziyoev, O‘zbekiston Prezidenti.

Manba: https://t.me/azizbek_abduvaliyev

Yangiliklarga obuna bo‘lish