Koronavirus pandemiyasi davrida O‘zbekiston Davlat byudjeti barqarorligini ta’minlash to‘g‘risida Prezident qarori qabul qilindi.

Qarorga ko‘ra:

? byudjet mablag‘lari maqbullashtiriladi;

? birlamchi zarur va dolzarb bo‘lmagan xarajatlar keyinga qoldiriladi;

? byudjet mablag‘lari eng avvalo muhim xarajatlarga (koronavirusga qarshi kurashishga oid, ish haqlari, pensiya va stipendiyalarni o‘z vaqtida to‘lashga oid, oziq-ovqat mahsulotlari va kommunal to‘lovlarni to‘lashga oid) sarflanadi;

? davlat tashkilotlarining byudjetdan tashqari jamg‘armalari xarajatlari qisqartiriladi (ish haqlari va qonunlardagi moddiy rag‘batlantirish mustasno) va iqtisod qilingan mablag‘lar byudjetga yo‘naltiriladi;

? davlat tashkilotlari 1 avgustga qadar byudjetdan tashqari jamg‘armalar hisobidan asosiy vositalarni xarid qilish, qurilish, rekonstruksiya va kapital ta’mirlash bilan bog‘liq xarajatlarni to‘xtatadi;

? ustav kapitalida 50 foiz va undan ortiq davlat ulushi mavjud bo‘lgan korxonalarda 2019 yil uchun olingan va 2020 yilda olinadigan sof foyda bo‘yicha davlat ulushiga hisoblangan dividendlar to‘lig‘icha Davlat byudjetiga o‘tkaziladi;

❗️ joriy yil 1 iyuniga qadar parlament, sud va prokuratura, davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari, hokimliklar, barcha vazirlik va idoralar hamda ularning hududiy organlari, ularning tarkibiga kiruvchi tashkilotlar va jamg‘armalar uchun yagona mehnatga haq to‘lash tizimini tatbiq etish bo‘yicha Prezidenti qarori loyihasi kiritiladi (ya’ni idoraviy mansubligiga qarab turli miqdorda bo‘lgan oylik-maoshlar birxillashadi va katta ehtimol bilan ko‘plab idoralar xodimlari oyliklari ancha kamayadi).

Manba: https://t.me/koronavirusinfouz

Yangiliklarga obuna bo‘lish