Malikov Zafar Mamatkulovichning

doktorlik dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

 

    I. Umumiy ma’lumotlar.

Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri:- “Aerodinamika jarayonlari  asosida yuqori samarali markazdan qochma chang tutgichlarni ishlab chiqish”, ixtisoslik shifri - 01.02.05 – Suyuqlik va gaz mexanikasi (texnika fanlari).

Talabgorning ilmiy va ilmiy-pedagogik faoliyat olib borishga layoqati bo‘yicha test sinovidan o‘tgani haqida ma’lumot: fizika-matematika fanlari nomzodi.

Dissertatsiya mavzusi  ro‘yxatga olingan raqam: 12.05.2015/B2015.1.T463.

Dissertatsiya bajarilgan muassasalar nomi: Toshkent davlat texnika universiteti.

IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat texnika universiteti va O‘zbekiston Milliy  universiteti huzuridagi 16.07.2013.T/FM.02.02 raqamli ilmiy kengash qoshidagi bir martalik kengash.

Ilmiy maslahatchi: Rizaev Anvar Abdullaevich, texnika fanlari doktori, professor.

Rasmiy opponentlar: Ravshanov Normaxmad, texnika fanlari doktori, professor; Shokirov Anvar Odilovich, texnika fanlari doktori, professor; Vasilevskiy Eduard Borisovich, texnika fanlari doktori, professor.

Yetakchi tashkilot: Navoiy davlat  konchilik instituti.

Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.

    II. Tadqiqotning maqsadi: Ko‘p muhitli oqimlarning aerodinamika nazariyasi asosida yuqori samarali chang tutgichlar hamda chang sharoitida ishlovchi transport vositalari va maxsus texnikalarning  ichki yonuv dvigatellari uchun havo tozalagichlarni ishlab chiqishdan iborat.

    III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:

shnekli chang tutgichining yangi konstruksiyasi ishlab chiqilgan;

avtomashinalarning dvigatellari uchun markazdan qochma kuch asosida ishlaydigan havo tozalagich konstruksiyasi ishlab chiqilgan;

chang tutgichdagi havo oqimining aerodinamik parametrlarini aniqlash usuli takomillashtirilgan;

aerozolli oqimdagi murakkab issiqlik va massa almashuv jarayonlarining matematik modeli kinetika nazariyasi asosida takomillashtirilgan;

chang tutgichning samaradorligi va aerodinamik qarshiligini hisoblash usullari takomillashtirilgan;

chang tutgichining optimal parametrlarini aniqlash usuli ishlab chiqilgan.

  IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi: Markazdanqochma chang tutgichlar va havo tozalagichlardagi aerodinamika jarayonlarini tadqiqoti bo‘yicha olingan ilmiy takliflar asosida:

shnekli sanoat chang tutgichlari  Olmaliq kon-metallurgiya kombinati aksionerlik jamiyatining “Ohak zavodi” ga tatbiq etilgan (Olmaliq kon-metallurgiya kombinati aksiyadorlik jamiyatining 2015 yil 18 noyabrdagi FM-7222-son ma’lumotnomasi). Tatbiq etilgan shnekli sanoat chang tutgichlarining samaradorligi mavjud chang tutgichlarga nisbatan 15 -16% ga ortgan va yiliga 210-243 tonna ohak changini qo‘shimcha ushlab qolishga imkon yaratgan.

ichki yonuv dvigatellar uchun ishlab chiqilgan havo tozalagichlar Olmaliq kon-metallurgiya kombinati aksionerlik jamiyatining  Angren shaxtalarida qo‘llaniladigan mashinalarga, Navoiy kon-metallurgiya kombinatida ishlatiladigan og‘ir yuk tashuvchi BelAZ samosvallariga  va teplovozlariga o‘rnatilgan (Olmaliq kon-metallurgiya kombinati aksiyanerlik jamiyatining 2015 yil 18 noyabrdagi FM-7222-son ma’lumotnomasi). Tatbiq etilgan havo tozalagichlar transport vositalardagi dvigatellarning xizmat muddatini 2 marta ortishiga imkon bergan. 

Yangiliklarga obuna bo‘lish