Madartov Baxrom Kuvandikovichning

doktorlik dissertatsiyasihimoyasi haqida e’lon

 

    I. Umumiy ma’lumotlar.

Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «G‘o‘zaning genetik kelib chiqishi uzoq bo‘lgan duragaylar asosida suv tanqisligiga chidamli seleksion ashyolar yaratish», 06.01.05 – Seleksiya va urug‘chilik (qishloq xo‘jaligi fanlari).

Talabgorning ilmiy va ilmiy-pedagogik faoliyat olib borishga layoqati bo‘yicha test sinovidan o‘tgani haqida ma’lumot: /Guvohnoma: LA №0003691/.

Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: 30.09.2014/B2014.5.Qx112.

Ilmiy maslahatchining F.I.Sh., ilmiy darajasi va unvoni: Kim Robert Grigor`evich, qishloq xo‘jaligi fanlari doktori, professor.

Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Paxta seleksiyasi, urug‘chiligi va etishtirish agrotexnologiyalari ilmiy-tadqiqot instituti.

IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent davlat agrar universiteti va Andijon qishloq xo‘jalik instituti, 16.07.2013.Qx.22.01.

Rasmiy opponetlarning  F.I.Sh., ilmiy darajasi va unvoni: Narimanov Abdujalil Abdusamadovich, qishloq xo‘jaligi fanlari doktori; Rizaeva Safiya Mamedovna biologiya fanlari doktori, professor; Ergashev Ibragim Tashkentovich, qishloq xo‘jaligi fanlari doktori, professor.

Yetakchi tashkilot nomi: O‘simlikshunoslik ilmiy-tadqiqot instituti.

Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.

    II. Tadqiqotning maqsadi.

g‘o‘zaning G.hirsutum L. turiga mansub yovvoyi va yarim yovvoyi namunalarini (ssp.yucatanense, ssp.punctatum, ssp.morilli, ssp.richmondi, ssp.marie-galante) Amerika navlari va mahalliy navlar seleksiyasida F1-F2-F3 va F10 o‘simliklarida suv tanqisligi va sho‘rlangan erlarga bardoshli tizma hamda navlarni yaratishdan iborat.

    III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi.

ilk bor mahalliy va xorijiy seleksiya va genetika amaliyotida g‘o‘zaning G.hirsutum L. turiga mansub Meksikadan keltirilgan yovvoyi ssp.yucatanense va yarimyovvoyi ssp.punctatum, spp.morilli, spp.richmondi, spp.marie-galante namunalari, Amerikadan keltirilgan Acala-1517-70, Deltapine-16, Paumaster-266, 0226, Shorcat, Selection-compositae navlari hamda mahalliy S-6524, S-9070, Namangan-77, Toshkent-1, F-149, F-108 tizma va navlar, suv tanqisligiga bardoshli, qimmatli xo‘jalik belgilarigi ega bo‘lgan yangi navlar yaratilgan;

suv tanqisligiga bardoshli, vertisellez viltning ikkinchi rassasiga chidamli, tola chiqimi yuqori bo‘lgan yangi donorlar yaratilgan;

yovvoyi va yarimyovvoyi namunalarni navlar bilan o‘zaro chatishtirish natijasida va murakkab polimorf duragaylashda 4-8 ota-ona shakllar ishtirok etgan 2-4 turli shakllar paydo bo‘lgan, tolasi IV- va undan yuqori tipga ega bo‘lgan manbalar yaratilgan;

suv tanqisligi sharoitida (0-1-0) sug‘orishda genetik jihatdan bardoshli, barcha ijobiy ko‘rsatkichlar mujassamlashgan duragaylarni tanlash xususiyatiga ega ekanligi nazariy jihatdan isbotlangan;

irsiylanishning genetik qonuniyatlari va duragaylarda belgilarining o‘zgaruvchanligi, yangi introgressiv tizmalar ishtirokida qimmatli xo‘jalik belgilari suv tanqis bo‘lgan sharoitida yaratilgan;

dominant va yuqori dominantlarning suv tanqisligiga chidamlilik darajasi, tezpisharligi, bitta ko‘sakdagi paxta vazni, tola chiqimi va sifat ko‘rsatkichlari yaratilgan tizma va navlarda belgilangan.

Ilk bor suv tanqisligiga bardoshli, turli agroiqlim sharoitida etishtirishga xos yuqori ko‘rsatkichlarga ega bo‘lgan tezpishar, tola chiqimi sifati jahon talablariga mos keladigan nav yaratishga erishilgan.

    IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.

Meksikadan keltirilgan g‘o‘zaning G.hirsutum L. turiga mansub yovvoyi hamda yarimyovvoyi namunalarini Amerikadan keltirilgan va mahalliy navlar bilan suv tanqis bo‘lgan sharoitda o‘zaro chatishtirish natijasida yaratilgan S-5708, S-5709 va S-5710 navlari respublikaning turli mintaqalarda sinovdan o‘tgan va 2013-2015 yillarda Toshkent, Navoiy va Xorazm viloyatlarida 400 gektar maydonga joriy etilgan. (Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligining  2016 yil 22 yanvardagi 02/37-95-son ma’lumotnomasi).

S-5706  va S-5707 g‘o‘za navlari  2016 yildan Qishloq xo‘jalik ekinlari navlarini sinash Davlat komissiyasida grunt nazoratdan o‘tgan nav sinash uchastkalari sinoviga qabul qilingan (Qishloq xo‘jalik ekinlari navlarini sinash Davlat komissiyasining 27.06.2016 yildagi 53/4-239-son ma’lumotnomasi).

Yangiliklarga obuna bo‘lish