Abdukadirov Abdujalil Abduxalilovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Sul`fidli mis konsentratlarni qaytaruvchi pechda eritishning takomillashgan texnologiyasini ishlab chiqish», 05.02.01–Mashinasozlikda materialshunoslik. Quymachilik. Metallarga termik va bosim ostida ishlov berish. Qora, rangli va noyob metallar metallurgiyasi (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2019.3.PhD/T1308.
Ilmiy rahbar: Yakubov Maxmudjon Maxamadjanovich, texnika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat texnika universiteti «Fan va taraqqiyot» DUK.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat texnika universiteti «Fan va taraqqiyot» DUK, DSc.27.06.2017.K/T.03.01.
Rasmiy opponentlar: Abed Nodira Sayibjanovna, texnika fanlari doktori, professor; Valiev Xusan Razzakovich, texnika fanlari nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Umumiy va noorganik kimyo instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: pirometallurgiya usuli bilan mis ishlab chiqarish texnologiyasini takomillashtirish, misning unimdorligini oshirish, yallig‘-qaytaruvchi pechida hosil bo‘lgan shlaklar tarkibida misni kamaytirish va ularni keyinchalik qurilish materiallari sanoatida ishlatilishini ta’minlashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
12500S temperaturada qattiq uglerod ishtirokida temir-silikat eritmalaridan magnetit-temir oksidining tiklanishi o‘rganilib, tiklanish kinetik jarayonning dastlabki 5 daqiqasida o‘tishi va shu vaqt ichida 50% magnetitning tiklanishi aniqlangan;
qattiq uglerod, metall temir va uglerodli temir kabi materiallarning qaytarilish qobiliyatini shlakdagi magnetitta tatbiq qilishda ushbu model` uchun sintez qilingan shlakning tarkibi (mass. %: Fe3O4 - 20, Si2 - 25, FeO – 55) va eng samarali uglerodli temir (chugun) ekanligi aniqlangan;
rux ishlab chiqarishning sanoat chiqindilari klinker tarkibida 50% dan ortiq miqdorda uglerodli temir va qattiq uglerod kabi shlakdagi magnetitning tiklanuvchi moddalari mavjudligi klinkerdan oltin, kumush  ajratib olinishining 95% ni tashkil qilishi aniqlangan;
yallig‘-qaytaruvchi pechda sulfidli mis konsentratlarini eritishning samarali texnologiyasi ishlab chiqilgan hamda mis unumdorligining oshishi va tashlandiq shlaklardagi mis miqdorining kamayishiga erishish asoslangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Sul`fidli mis konsentratlarini qaytaruvchi pechda eritishning takomillashgan texnologiyasini ishlab chiqish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
sulfidli mis konsentratlarini erituvchi pechda eritish texnologiyasining takomillashtirilgan texnologiyasi uchun O‘zbekiston Respublikasining Intellektual mulk agentligining ixtiroga patenti olingan (№IAR 04714, 2010 y.). Natijada metall ajratib olinishni 1,1% ga oshirish imkonini bergan;
rux ishlab chiqarish sanoat chiqindisi bo‘lgan klinker yordamida konverter shlakdagi magnititni tiklash texnologiyasi «Olmaliq KMK»AJda mis eritish zavodida joriy etilgan («Olmaliq KMK» AJning 2019 yil 5 dekabrdagi AI-08833-son ma’lumotnomasi). Natijada, tashlandik shlaklar bilan metallar yo‘qotilishini kamaytirish hamda pechning pastki qismida magnetit qoplama paydo bo‘lish havfini yo‘qatish va eritish pechining xizmat muddatini ikki baravar uzaytirish imkonini bergan;
chiqindisiz, energiya- va resurstejamkor mis ishlab chiqarish texnologiyasi «Olmaliq KMK»AJda mis eritish zavodida joriy etilgan («Olmaliq KMK»AJning2019 yil 5 dekabrdagi AI-08833-son ma’lumotnomasi). Natijada  misning unimdorligini 1,15 foizga oshirish va shlakdagi mis tarkibini 0,45–0,70% dan 0,4 % pasaytirish, qurilish materiali sifatida ishlatish imkonini bergan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish