Saydaxmedov Elyorbek Egamberdi o‘g‘lining
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Mahalliy xomashyodan foydalanib modifikatsiyalangan neft` bitumlarini olishning ilmiy-texnologik asoslarini ishlab chiqish», 02.00.11–Kolloid va membrana kimyosi (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2019.4.DSc/T319.
Ilmiy maslahatchi: Xamidov Bosit Nabievich, texnika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Umumiy va noorganik kimyo instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Umumiy va noorganik kimyo instituti, Toshkent kimyo-texnologiya instituti, DSc.27.06.2017.K/T.35.01.
Rasmiy opponentlar: Yunusov Miraxmad Pulatovich, texnika fanlari doktori, professor; Guro Vitaliy Pavlovich, kimyo fanlari doktori, professor; Muxamedov Kobiljon Gafurovich, kimyo fanlari doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: O‘zbekiston milliy universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: neft` dispers tizimlari nazariyasi qoidalarini hisobga olgan holda modifikatsiyalangan neft` bitumlarini ishlab chiqarishning ilmiy-texnologik asoslarini ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
neft` dispersion tizimlarining tamoyillari nuqtai nazaridan bitum ishlab chiqarish xomashyosini tayyorlash, turli maqsadli tovar neft` bitumlarni modifikatsiyalashning o‘ziga xos xususiyatlari o‘rganilgan, mahalliy xomashyo asosida oksidlash xomashyoga faollashtiruvchi qo‘shimchalar va neft` bitumlari uchun modifikatorlarning tanlanishi asoslangan;
respublikada ilk bor texnik oltingugurtni oksidlanish xomashyosiga qo‘shib, neft` bitumlarini olish texnologiyasi taklif qilingan va 1% gacha bo‘lgan miqdorda oltingugurtning qo‘shilishi termo-oksidlanish qarish jarayonlariga nisbatan barqarorligi yuqori bo‘lgan oksidlangan bitumning olinishi, xomashyoning oksidlanish vaqti 2 soatga yoki 20% kamayishi aniqlangan;
oksidlanish xomashyoga slanes smolasi distillash qoldig‘ini 3% gacha va oltingugurt 1% gacha qo‘shilganda yumshalish harorati teng bo‘lgan oksidlangan bitumlarni olish jarayonini oksidlash harorati ko‘shimcha qo‘shilmagan gudronning oksidlanish haroratiga nisbatan 3-5oS pasayishi, shunindek yuqori termooksidlanish xossali bitumlar olinishi aniqlangan;
slanes smolasi qoldiqlarini oksidlanish xomashyosiga 3% gacha miqdorda qo‘shish imkoni ko‘rsatilgan, bunda yumshalish harorati teng qiymatga ega bo‘lgan oksidlangan bitumlarni olish jarayonining oksidlash vaqti 10 soatdan 8 soatga kamayishi va oksidlangan bitumni termooksidlanish qarish jarayonlariga yuqori barqarorligi, chuziluvchanlik va mo‘rtlik haroratlarining yaxshilanishi aniqlangan;
neft` bitumlarini pastmolekulyar polietilen bilan modifikatsiyalash, ularning reologik xususiyatlariga bevosita ta’sir qilishi ko‘zatilgan, bunda neft` bitumlarning reologik xossalari modifikatorning miqdoriga bog‘liq qaramlik egri chizig‘ining o‘zgarishi deyarli bir xil xususiyatga ega bo‘lib, ordinat o‘qi bo‘ylab nisbatan 5-10% yuqoriga surilishi ko‘zatilgan, bu dipersion tizimning faollashuv energiyasining o‘zgarishi bilan bog‘liq, bo‘nda bitumning penetratsiya, duktillik va murtlik kabi sifat ko‘rsatkichlarining yaxshilanishi aniqlangan;
bitumlarga elementli oltingugurt va slanes smolasi qoldig‘i kompozision qo‘shimcha sifatida foydalanganda bitta komponentning ta’siri ikkinchisi evaziga ko‘chayishi bilan bog‘liq sinergetik effekt kuzatilgan, bunda bitumga 2% miqdorda oltingugurt qo‘shilganda mo‘rtlik harorati -17oS dan -21oS gacha, ya’ni 4oS kamayishi, 3% slanes smolasi qoldig‘i qo‘shilganda uning qiymati - 22oS ga teng bo‘lib, 5oS ga kamayishi, oltingugurt va slanes smolasi qoldig‘i ko‘rsatilgan miqdorlarda birgalikda qo‘shilganda mo‘rtlik harorati -25oS gacha kamayishi, ya’ni mo‘rtlik harorati qo‘shimcha 3oS kamayishi aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Mahalliy xomashyo yordamida modifikatsiyalangan neft` bitumlarini olishning ilmiy-texnologik asoslarini ishlab chiqish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
elementli oltingugurtni qo‘llab, neft` bitumini ishlab chiqarish texnologiyasi Farg‘ona NQIZda amaliyotga joriy etilgan (“O‘zbekneftegaz” AJning 2019 yil 15 noyabrdagi 03-18-6-253-son ma’lumotnomasi). Natijada resurslarni kengaytirish va fizik-mexanik xossalari yaxshilangan oltingugurt-bitum bog‘lovchilarini olish maqsadida elementli oltingugurtdan foydalanish imkonini bergan;
pastmolekulyar polietileni bilan modifikatsiyalangan neft` bitumini olish texnologiyasi Farg‘ona NQIZning istiqbolli ishlanmalari ro‘yxatiga kiritilgan (Farg‘ona NQIZning 2019 yil 22 avgustdagi 26/2-353-son ma’lumotnomasi). Natijada issiqlikka chidamliligi, pishiqligi, past harorati  yaxshilangan polimer-bitum bog‘lovchilarini olish imkonini bergan;
slanes smolasi qoldig‘i va pastmolekulyar polietilenlar kompozision modifikatorlari yordamida neft` bitumini olish texnologiyasi Farg‘ona NQIZning istiqbolli ishlanmalar ro‘yxatiga kiritilgan (Farg‘ona NQIZning 2019 yil 22 avgustdagi 26/2-353-son ma’lumotnomasi). Natijada slanes smolasi distillashidan ajratib olingan noan’anaviy xomashyo - aromatizatsiyalangan qoldiq mahsulotini neft` bitumini ishlab chiqarishda jalb qilish imkonini bergan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish