Merganov Avazxon Turgunovichning
fan doktori dissertatsiyasi (DSc ) himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Kartoshka urug‘chiligida sog‘lom dastlabki material yaratish va jadal ko‘paytirish texnologiyasini asosiy elementlarini ishlab chiqish”, 06.01.05 – Celeksiya va urug‘chilik (qishloq xo‘jaligi fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2019.4.DSc.Qx82.
Ilmiy maslaxatchi: Azimov Botir Jo‘raevich, qishloq xo‘jaligi fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Namangan muxandislik-texnologiya instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi: Toshkent davlat agrar universiteti, DSc.05/30.12.2019.Qx.13.01.
Rasmiy opponentlar: Raxmanqulov Murod Said-Akbarovich, qishloq xo‘jaligi fanlari doktori, professor; Ergashev Ibragim Tashkentovich, qishloq xo‘jaligi fanlari doktori, professor; Davronov Qaxramon Davronovich, biologiya fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Sabzavot, poliz ekinlari va kartoshkachilik ilmiy-tadqiqot instituti.
II. Tadqiqotning maqsadi kartoshkani birlamchi urug‘chiligi uchun sog‘lomlashtirilgan dastlabki material yaratish uchun zamonaviy innovatsion diagnostika usullarni qo‘llash asosida sog‘lom dastlabki material yaratish va sog‘lomlashtirilgan tuganaklarni jadal ko‘paytirish texnologiyasining samarali elementlarini ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
kartoshkani birlamchi urug‘chiligi uchun elektron mikroskopik diagnostika usulida sog‘lom dastlabki material tayyorlash samaradorligi baholangan;
sog‘lom dastlabki materialni kartoshkaning tuganak, o‘simta poyalari va yashil qalamchasidan jadal ko‘paytirish usullari ishlab chiqilgan;
o‘stiruvchi moddalar konsentratsiyalarining o‘simtalarni regeneratsion qobiliyati, birlamchi urug‘lik ko‘chatzorlarida o‘simlikni o‘sishi, rivojlanishi, xosildorligi va urug‘lik sifatiga ta’siri aniqlangan;
kartoshkani birlamchi urug‘chiligida biogumus, biomak va biomik kabi biologik o‘g‘itlardan foydalanish samaradorligi isbotlangan;
sog‘lom o‘simliklarni yashil qalamchalaridan ko‘chat tayyorlash va ulardan tuganak etishtirish texnologiyasi ishlab chiqilgan;
birlamchi urug‘lik kartoshka maydonlarida ekin xosildorligini aniqlashning interpolyasion usulida bashoratlashning ilmiy-metodologik asoslari va dasturiy ta’minoti yaratilgan;
urug‘lik kartoshka maydonlarida suv sarfini kamaytirish va sho‘rlanishni oldini olish uchun erlarni lazer niveliri yordamida tekislashning samardorligi aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi:
Kartoshka urug‘chiligida sog‘lom dastlabki material yaratish va jadal ko‘paytirish texnologiyasini asosiy elementlarini ishlab chiqish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosid:
urug‘chilik xo‘jaliklari uchun “Intensiv texnologiya asosida urug‘lik va iste’mol kartoshka etishtirish”, “Urug‘lik kartoshka etishtirishda poya va tugunaklardagi virus turlarini diagnostika qilish”, “Ekologik sof kartoshka va sabzavot mahsulotlari etishtirishda biologik o‘g‘itlardan foydalanish” nomli tavsiyanomalar ishlab chiqilgan va Xorazm viloyatining fermer xo‘jaliklarida jami 18 gektar, Namangan viloyatining “Ma’rufxuja” fermer xo‘jaligida 1,0 gektar. Andijon viloyatining “Ishkomli Hamkor nomli fermer xo‘jaligida 2,0 gektar maydonda joriy etilgan (Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2018 yil 3-oktyabrdagi 03/029-117-son ma’lumotnomasi). Natijada 630 tonna sog‘lomlashtirilgan birlamchi urug‘lik etishtirilgan.
birlamchi urug‘lik materiallari tayyorlashda tugunak va yashil poya hujayra shirasi tarkibidagi virus turlarini elektron mikroskop yordamida ekishdan oldin diagnostika qilish uslubi Xorazm, Namangan va Andijon viloyatlarining fermer xo‘jaliklarida 21 gektar maydonda joriy etilgan (Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2018 yil 3-oktyabrdagi 03/029-117-son ma’lumotnomasi). Natijada sog‘lomlashtirish birlamchi urug‘chilik materiallari bilan ta’minlashga erishilgan.
kartoshkani Ikar, Sante, Romano, Kankord va Yunior navlaridan yashil qalamcha usulida ko‘chat tayyorlash, ekish sxemalari va parvarishlash texnologiyasi Xorazm, Namangan va Andijon viloyatlarining fermer xo‘jaliklarida 21 gektar maydonda joriy etilgan (Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2018 yil 3-oktyabrdagi 03/029-117-son ma’lumotnomasi). Natijada hosildorlikni an’anaviy texnologiyaga nisbatan 8-10 barobarga oshirishga erishilgan.
kartoshkachilik va sabzavotchilikda suv sarfini kamaytirish va mikroiqlim yaratish maqsadida tejamkor texnologiyaning sun’iy tuman usulida sug‘orish va erlarni lazer niveliri yordamida tekislash texnologiyasi Namangan viloyati Mingbuloq tumanida 16 ta fermer xo‘jaliklarining 352 gektar maydonida joriy etilgan (Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2018 yil 3-oktyabrdagi 03/029-117-son ma’lumotnomasi). Natijada ekin maydonlarini sug‘orishdagi suv sarfini 22% ga kamaytirishga erishildi , kartoshka-sabzavot hosildorligi rejaga nisbatan 75-80 s/ga oshirilishiga erishilgan.