Muqimov Bayramali Raximovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): “Talabalarni mustaqil ish jarayonida interfaol ta’lim metodlari asosida didaktik kompetensiyasini takomillashtirish (kasb ta’limi yo‘nalishlari misolida)”, 13.00.05 – Kasb–hunar ta’limi nazariyasi va metodikasi (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2019.1.PhD/Ped175.
Ilmiy rahbar: Ximmataliev Do‘stnazar Omonovich – pedagogika fanlari doktori, professor v.b.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi: Pedagogik innovatsiyalar, kasb-hunar ta’limi boshqaruv hamda pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish instituti, DSc.03/30.12.2019.Ped 48.01
Rasmiy opponentlar: Muslimov Narzulla Alixonovich, pedagogika fanlari doktori, professor; Hakimova Muhabbat Fayzievna, pedagogika fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Namangan muhandislik qurilish instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi “Kasb ta’limi” yo‘nalishlari talabalarini mustaqil ish jarayonida interfaol ta’lim metodlari orqali didaktik kompetensiyasini takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
- mustaqil ish jarayonida talabalarning didaktik kompetensiyasini takomillashtirishning uslubiy asoslari (tizimli, shaxsga yo‘naltirilgan va faoliyatli-kompetensiyaviy yondashuvlar birikmasi) hamda o‘quv-ta’limiy faoliyatini amalga oshirishga yordam beradigan didaktik ko‘nikmalar aniqlashtirilgan;
- mustaqil ish jarayonida talabalarning didaktik kompetensiyasini interfaol metodlari asosida takomillashtirish modeli va komponentlar (maqsadli, metodologik, mazmuniy,tarkibiy, protsessual va diagnostik) imkoniyatlari mazmunan kengaytirilgan;
- talabalarning didaktik kompetensiyasi mazmuni va o‘quv jarayoniga mustaqil ishlar turlarini boyitishda “Reycher texnologiyasi”, “TABLE”, “Sindikat”, “Besh qadam”, “Loyiha”, “Integratsion muhit”, interfaol ta’lim metodlaridan foydalanishni ta’minlash asosida takomillashtirilgan;
- mustaqil ish jarayonida talabalarning didaktik kompetensiyasini ko‘p bosqichli o‘quv vazifalarini bajarish va talabalarning mustaqil ishlari natijalarini nazorat qilishni amalga oshirish orqali funksional imkoniyatlari kengaytirilgan va amaliyotga joriy etilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Talabalarni mustaqil ish jarayonida didaktik kompetensiyasini interfaol ta’lim metodlari asosida takomillashtirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalari asosida:
kasbiy kompetentlikni shakllantirish jarayonini tizimli va akmeologik yondashuvlar asosida kasbiy rivojlanishga mos holda ishlab chiqish orqali mustaqil ish jarayonida didaktik kompetensiyalarning funksional-tuzilmaviy komponentlari mazmunini takomillashtirishga oid tavsiyalardan “Talabalarda assertiv xulqni shakllantirishning ijtimoiy-psixologik xususiyatlari” (2017-2021) mavzusidagi grant loyihasi doirasida uslubiy ko‘rsatma, qo‘llanma va tavsiyalar hamda elektron ta’lim resurslarini yaratishda foydalanilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2020 yil 17 martdagi 89-03-1120-son ma’lumotnomasi). Mazkur tavsiyalar oliy ta’lim muassasalari talabalarida mustaqil ish jarayonida didaktik kompetensiyalarni takomillatirishga xizmat qilgan;
mustaqil ish jarayonida interfaol metodlar, nostandart mazmunli o‘qitishni texnika oliy ta’lim muassasalari talabalari malaka talablari mazmuni bilan integratsiyalashga oid metodik tavsiyalar “Ta’lim texnologiyalari” o‘quv dasturi mazmuniga singdirilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2020 yil 17 martdagi 89-03-1120-son ma’lumotnomasi). Mazkur tavsiyalar mustaqil ish jarayonida umumkasbiy va ixtisoslik fanlarni o‘qitish samaradorligini oshirishga xizmat qilgan;
oliy ta’lim muassasalari talabalarini mustaqil ish jarayonida didaktik kompetensiyalarini shakllantirishga qaratilgan ta’lim resurslari, “Pedagogika. Psixologiya” darsligi ta’lim jarayoniga tatbiq etilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2019 yil 9 fevraldagi 133-sonli buyrug‘i). Mazkur metodik ta’minot talabalarni mustaqil ishlashga va kasbiy faoliyatga tayyorlashga xizmat qilgan.