Umarova Malika Baxtiyarovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beradigan fan tarmog‘i nomi): «O‘zbekistonda bank infratuzilmasini rivojlantirish istiqbollari», 08.00.07 – Moliya, pul muomalasi va kredit (iqtisodiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2018.1.PhD/Iqt585.
Ilmiy rahbar: Karimov Norboy Ganievich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: TDIU huzuridagi «O‘zbekiston iqtisodiyotini rivojlantirishning ilmiy asoslari va muammolari» ilmiy-tadqiqot markazi.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasalar nomi, IK raqami: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti, DSc.03/10.12.2019.I.16.01.
Rasmiy opponentlar:Abdullaeva Sharbat Zulfikarovna,iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Sattarov Odiljon Berdimuratovich, iqtisodiyot fanlari doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: O‘zbekiston Respublikasi Bank-moliya akademiyasi.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi O‘zbekiston bank tizimida bank infratuzilmasini rivojlantirish bo‘yicha ilmiy-uslubiy hamda amaliy taklif va tavsiyalarni ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
milliy to‘lovlar tizimini xalqaro to‘lov tizimlariga muvaffaqiyatli integratsiyalashda to‘lov tizimi infratuzilmalari asosida valyutani konvertatsiyalashni mobil` ilovalar, internet banking orqali amalga oshirish mexanizmi asoslangan;
bank tizimini zamonaviy bank infratuzilmasi bilan to‘liq ta’minlash va uni rivojlantirish orqali naqd pulsiz hisob-kitoblar hajmini oshirishda «Cash to card», «Cash-in» bankomatlari va «NFS», «QR» kodlar yordamida to‘lovlarni amalga oshirish mexanizmi ishlab chiqilgan;
bank mijozi va xodimi uzviyligini ta’minlashda jahon banklari tomonidan keng qo‘llanib kelinayotgan «o‘z mijozingni bil» tamoyiliga ko‘ra mijozni indentifikatsiyalash, monitoring qilish, tranzaksiyalar nazoratini o‘tkazish singari omillar bilan bir qatorda ijtimoiy, iqtisodiy, psixologik omillar ta’sirini baholash yo‘llari ishlab chiqilgan;
muammoli kreditlar vujudga kelishining oldini olish hamda kreditlar samaradorligini ta’minlashda yirik ma’lumotlar bazasi «BIG DATA»ning «Data mining» kredit tarixi dasturini yaratish orqali kreditorlar holatini tahlil qilishning tezkor va shaffof tarzda baholash usullari ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
O‘zbekistonda bank infratuzilmasini rivojlantirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
O‘zbekiston Respublikasi bank tizimi o‘z to‘lovlar tizimini xalqaro to‘lov tizimlariga integratsiyalash («Visa», «Master card» va boshqalar) ilmiy taklifidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 17 yanvardagi 2017-2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasini «Faol investisiyalar va ijtimoiy rivojlanish yili»da amalga oshirishga oid davlat dasturi to‘g‘risida»gi PF-5635-sonFarmoni ilovasining 62-bandini shakllantirishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va sanoat vazirligining 2019 yil 13 avgustdagi SS-3-1/20-147-son ma’lumotnomasi).Xalqaro to‘lov tizimlariga integratsiyalash natijasida 2019 yil II chorakda chet el valyutasini bankomatlar orqali konvertatsiyasi bo‘yicha beshta yetakchi banklarda konvertatsiya qilingan jami pul miqdori 4 527 450 AQSh dollarini tashkil etib, ushbu ko‘rsatkich 2019 yil 1-chorakda qayd etilgan 2 406 580 AQSh dollariga nisbatan 88,1% ga yuqori bo‘lgan;
aholiga ko‘rsatiladigan moliyaviy xizmatlar sifati va sonini oshirish, «Online banking» xizmati, «NFS», «QR» kod to‘lov turlari va «Cash by Code», «Cash to card», «card to card», «cash-in» infokioskalar orqali aholiga masofaviy bank xizmatlarini ko‘rsatishni yo‘lga qo‘yish borasidagi ilmiy taklifidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 17 yanvardagi «2017-2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasini «Faol investisiyalar va ijtimoiy rivojlanish yili»da amalga oshirishga oid davlat dasturi to‘g‘risida» PF-5635-son Farmoni «3.2. Bank va moliya tizimini isloh qilish hamda sohaga zamonaviy bozor mexanizmlarini joriy etish» ilovasining 62-bandi «Bank tizimini rivojlantirish bo‘yicha uzoq muddatli strategiyasini ishlab chiqish»ni shakllantirishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va sanoat vazirligining 2019 yil 13 avgustdagi SS-3-1/20-147-son ma’lumotnomasi). Mazkur taklifni amaliyotga joriy etish orqali to‘lov sifati, turi takomillashtirilib, bank mijozlarini xorijiy valyutadagi mablag‘larini o‘zlari boshqarish imkoni yaratilib, operatsion xarajatlar qisqarishi va mijozlar soniningortishiga yordam bergan;
bank infratuzilmasini rivojlantirishga ta’sir etuvchi ijtimoiy, iqtisodiy, psixologik omillar ta’sirini baholash asosida bank infratuzilmasini rivojlantirish bo‘yicha taklifi «Likvidlilikni boshqarish to‘g‘risida»gi Nizomni ishlab chiqishda inobatga olingan («Trastbank» XABning 2019 yil 16 sentyabrdagi 01/2-2897-son ma’lumotnomasi). Ushbu taklifning amaliyotga joriy etish natijasida «Trastbank» xususiy aksiyadorlik bankining mijozlar soni 2019 yilda 2018 yilga nisbatan 24 foizga ko‘paygan;
muammoli kreditlar vujudga kelishining oldini olish hamda kreditlar samaradorligini ta’minlashda BIG DATA kredit tarixi dasturini yaratish va amaliyotga tatbiq etish bo‘yicha ilmiy-amaliy taklif va tavsiyalar «Trastbank» xususiy aksiyadorlik banki tomonidan «Muammoli kreditlarni boshqarish to‘g‘risida»gi Nizomni ishlab chiqishda inobatga olingan («Trastbank» XABning 2019 yil 16 sentyabrdagi 01/2-2897-son ma’lumotnomasi).Mazkur taklifdan kelib chiqqan holda,«Trastbank»da muammoli kreditlarni innovatsion boshqarish tizimi joriy etilgan va bu kredit riskini oldini olish orqali bank samaradorligini va daromadini oshirishga imkon yaratgan.