Tojiev Muzaffar Akbarovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Yosh gimnastlar boshlang‘ich  tayyorgarlik bosqichida o‘quv mashg‘ulot jarayoninig tuzilishi”,13.00.04 – Jismoniy tarbiya va sport mashg‘ulotlari nazariyasi va metodikasi (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2018.1.PhD/PeD466.
Ilmiy rahbar: Eshtaev Anvar Kurganovich, pedagogika fanlari nomzodi,dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti, DSc.03/30.12.2019.Ped.28.01.
Rasmiy opponentlar: Allamuratov Shuxratulla Inayatovich,biologiya fanlari doktori, dotsent; Rasulov Ravshan Mirzaevich, pedagogika fanlari nomzodi.
Yetakchi tashkilot: Farg‘ona davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi yosh gimnastikachilarning boshlang‘ich tayyorgarlikning bosqichida o‘quv-mashg‘ulot jarayonini tashkil etishning oqilona tuzilmasini ishlab chiqish va tajribalar yordamida asoslab berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
yosh gimnastikachilarning yoshga xos xususiyatlari sensetiv rivojlanish muddatlarini hisobga olgan holda boshlang‘ich tayyorgarlik bosqichidagi mavjud tuzilmasidagi (UJT, MJT, MHT, TT) tayyorgarlik turlari nisbatlarini yangi (haftada ikki va uch martalik maqsadli mashg‘ulotlar) tuzilmasi ishlab chiqilgan;
5-7 yoshli bolalarning asosiy total morfologik ko‘rsatkichlarining (tana og‘irligi, tana uzunligi) funksional mushak kuchi rivojlanish xususiyatlari, mushak guruxlarida ilk bor nisbiy va absalyut kuch kattaliklari bo‘yicha gimnastika mashqlarining o‘zlashtirish darajasi ilmiy jihatdan asoslangan;
boshlang‘ich tayyorgarlik bosqichida yosh gimnastikachilarning tayyorgarlik davrlari uchun mashg‘ulotlarda mashqlarni qo‘llash mazmuniga yaqinlashtiruvchi va rivojlantiruvchi mashq majmualarining variantlari ishlab chiqilgan;
yosh gimnastikachilarning ko‘pkurash turlari bo‘yicha eleimentlarni o‘zlashtirish darajalari va maxsus harakat tayyorgarligi, texnik tayyorgarligi, sport texnikasi va jismoniy tayyorgarlik ko‘rsatkichlari orasidagi ishonchli korrelyasion bog‘liqligi asosida o‘quv mashg‘ulot jarayoni takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. 
Yosh gimnastikachilarning boshlang‘ich tayyorgarlik bosqichida o‘quv mashg‘ulot jarayonining tuzilishi bo‘yicha olingan natijalari asosida:
yosh gimnastikachilarning boshlang‘ich tayyorgarlik bosqichidagi yosh xususiyatlarining sensetiv rivojlanish muddatlarini hisobga olib ishlab chiqilgan mashg‘ulot tayyorgarligining yangi tuzilmasi bo‘yicha takliflar«Sport pedagogik mahoratini oshirish (gimnastika)» nomli o‘quv qo‘llanma mazmuniga singdirilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi 2017 yil 28 iyundagi 434-296-son guvoxnomasi). Natijada yosh gimnastikachilarning maqsadli tayyorlash samaradorligi 12-16% ga yaxshilangan;
5-7 yoshli bolalarning morfologik va funksional ko‘rsatkichlari nisbiy va absalyut kuch kattaliklarining bog‘liqligi asosida gimnastika mashqlarini o‘zlashtirish bo‘yicha takliflar «Yakka kurash, koordinatsion va siklik sport turlari (gimnastika)» nomli darslik mazmuniga singdirilgan(O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi 2017 yil 28 iyundagi 434-son buyrug‘i, 434-315 raqamli guvoxnoma). Natijada tajriba ohiriga kelib 5-7 yoshdan 6-8 yoshgacha bo‘lgan gimnastikachilar o‘rtasida gimnastik anjomlarda (194 va 193 ta element) va harakat qobiliyatlari bo‘yicha sezilarli farqlar (P> 0.05) aniqlanmadi;
boshlang‘ich tayyorgarlik bosqichda yosh gimnastikachilar uchun ishlab chiqilgan yaqinlashtiruvchi va rivojlantiruvchi mashq majmualarining variantlari «Sport pedagogik mahoratini oshirish (gimnastika)» nomli o‘quv qo‘llanma mazmuniga singdirilgan(O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi 2017 yil 28 iyundagi 434-son buyrug‘i, 434-296 raqamli guvoxnoma). Natijada yosh gimnastikachilarni nafaqat jismoniy sifatlari yaxshilandi, balki ularga asoslangan gimnastik mashqlar dasturidagi mashqlarni (o‘gil bolalar 56.4, qizlar esa 37.08 ballga) o‘zlashtirish imkonini bergan;
o‘quv mashg‘ulotlarida tanlab olingan mashg‘ulot vositalari, tayyorgarlik tuzilmasi hamda uning mazmuni asosida ishlab chiqilgan uslubiyat yosh xususiyatlari va bosqich vazifalarini inobatga olgan holda «Yakka kurash, koordinatsion va siklik sport turlari (gimnastika)» nomli darslik mazmuniga singdirilgan(O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi 2017 yil 28 iyundagi434-son buyrug‘i,  434-315 raqamli guvoxnoma). Natijada boshlang‘ich tayyorgarlik bosqichida shug‘ullanuvchi yosh gimnastikachilar amaliyotiga joriy etilgan uslubiyatiga asosan nisbiy mushak kuchining integral ko‘rsatkichi 5 va 7 yoshgacha qizlarda 14.9 % ga, o‘g‘il bolalarda esa 19.2% tezroq suratlarda rivojlanishiga erishilgan.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish