Adilov Sarvar Qaxramonovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Erkin kurash sportchilarining koordinatsion qobiliyatlarini rivojlantirish va texnik-taktik harakatlari samaradorligini oshirish texnologiyasi”, 13.00.04 – Jismoniy tarbiya va sport mashg‘ulotlari nazariyasi va metodikasi (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2019.1.PhD/Ped820.
Ilmiy rahbar: Bakiev Zafar Abdushukurovich, pedagogika fanlari nomzodi, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti, DSc.03/30.12.2019.Ped.28.01.
Rasmiy opponentlar: Allamuradov Shuxrattila Inoyatovich, biologiya fanlari doktori, professor; Berdiqulov Boxodir Do‘stmurodovich, pedagogika fanlari nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Guliston davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi erkin kurashchilarning musobaqa faoliyati xususiyatlarini o‘rganish asosida koordinatsion qobiliyatlarini rivojlantirish va texnik-taktik harakatlar samaradorligini oshirish texnologiyasini ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
erkin kurashchilarning musobaqa sharoitida (BZA va WREST yordamida) murakkab hamda o‘zgaruvchan vaziyatlarda himoya va hujum o‘rtasidagi texnik-taktik harakatlarining murakkab fazalari oraliq baholash asosida takomillashtirilgan;
erkin kurashchilarning (ZS «Zafar-Sarvar» sport uskunasida) koordinatsion qobiliyatlari darajasi, parterda raqib texnikasidan kelib chiqib, o‘zgaruvchan vaziyatlarni murakkabligi bo‘yicha saralash asosida takomillashtirilgan;
erkin kurashchilarning musobaqa taqvim-rejasi bo‘yicha koordinatsion qobiliyatlari va texnik-taktik harakatlari samaradorligini oshirishga yo‘naltirilgan tayyorgarlik darajasiga qarab haftalik dasturlarda bellashuv va tiklanish tartiblarini o‘zgartirish asosida optimallashtirilgan;
erkin kurashchilarning koordinatsion qobiliyatlarini rivojlantirish va texnik-taktik harakatlarini hamda murakkab sharoitlarda muvozanat saqlay olish samaradorligini oshirish texnologiyasi ilmiy metodik jixatdan takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Malakali erkin kurashchilarning koordinatsion qobiliyatlarini rivojlantirish va texnik-taktik harakatlari samaradorligini oshirish bo‘yicha o‘tkazilgan tajribalar asosida:
erkin kurashchilarning musobaqa faoliyati xususiyatlarini tahlil etish asosida sportchilarning texnik-taktik harakatlar samaradorligini oshirish bo‘yicha amaliy tavsiyalar «Erkin va yunon-rum kurash» nomli o‘quv qo‘llanma ishlab chiqilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2017 yil 28 iyundagi 434-son buyrug‘i, 434-308 raqamli guvohnoma). Natijada tadqiqot yakunida tajriba guruhi kurashchilarining musobaqa faoliyati va texnik-taktik tayyorgarlik bo‘yicha 5 ta ko‘rsatkich 18%ga yaxshilangan;
erkin kurash sport turida «ZS» sport uskunasini yaratish asosida sportchilarning koordinatsion qobiliyatlari rivojlanishi va jismoniy tayyorgarlik darajasi oshirish texnologiyasi «Erkin kurashchilarning sport pedagogik mahoratini oshirish» nomli o‘quv qo‘llanma ishlab chiqilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2018 yil 25 avgusdagi 744-son buyrug‘i, 744-135 raqamli guvohnoma). Natijada erkin kurashchilarning koordinatsion qobiliyatlari rivojlanishi va jismoniy tayyorgarlik darajasi 15%ga yaxshilangan;
erkin kurash sportchilarining koordinatsion qobiliyatlarini rivojlantirish va texnik-taktik tayyorgarligini takomillashtirishga oid tizimli ko‘rsatkichlari va maxsus jismoniy mashqlar majmualari ishlab chiqilib, taklif va tavsiyalar «Erkin va yunon-rum kurash» nomli o‘quv qo‘llanma ishlab chiqilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2017 yil 28 iyundagi 434-son buyrug‘i, 434-308 raqamli guvohnoma). Natijada erkin kurashchilarning koordinatsion qobiliyatlari rivojlanishi va texnik-taktik harakatlar darajasi 16%ga yaxshilangan;
erkin kurashchilarning koordinatsion qobiliyatlarini rivojlantirish hamda texnik-taktik harakatlar samaradorligini oshirish texnologiyasi bo‘yicha takliflar va tavsiyalar «Erkin kurashchilarning sport pedagogik mahoratini oshirish» nomli o‘quv qo‘llanma ishlab chiqilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2018 yil 25 avgusdagi 744-son buyrug‘i, 744-135 raqamli guvohnoma). Natijada Chirchiq ixtisoslashtirilgan olimpiya zaxiralari maktab-internati o‘quvchilari tomonidan xalqaro musobaqalarda 2 ta oltin, 4 ta kumush va 3 ta bronza medal, respublika musoboqalarida esa 1 ta oltin, 1ta kumush va 4 ta bronza medali qo‘lga kiritilgan.