Yuldoshev Shokir Urinovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Ayrim dorivor o‘simlik chiqindilaridan bioyoqilg‘i va bioo‘g‘it tovarlarini olish texnologiyasi», 02.00.09 – Tovarlar kimyosi; 02.00.10 – Bioorganik kimyo (kimyo fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2019.4.PhD/K259.
Ilmiy rahbarlar: Asqarov Ibroxim Raxmonovich, kimyo fanlari doktori, professor; Sagdullaev Shomansur Shoxsaidovich, texnika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasalar nomi: Andijon davlat universiteti, O‘simlik moddalari kimyosi instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Farg‘ona davlat universiteti, PhD.03/30.12.2019.K.05.01.
Rasmiy opponentlar: Isakov Xayatulla, kimyo fanlari doktori; Jalolov Ikboljon, kimyo fanlari nomzodi.
Yetakchi tashkilot: Toshkent kimyo-texnologiya instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: ayrim dorivor o‘simlik chiqindilaridan bioyoqilg‘i va bioo‘g‘it tovarlarini olish texnologiyasini yaratishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
fermentativ gidroliz qilishga yaroqli sellyulozani maksimal ajratib olish uchun, lignotsellyulozali o‘simlik chiqindilariga birlamchi ishlov berishning samarali usuli ishlab chiqilgan;
turli ferment preparatlari yordamida, sellyulozani samarali fermentativ gidroliz qilib, bijg‘uvchi qandlarga aylantira oladigan, o‘zida kompleks sellyulaza fermentlari saqlagan, multienzim kompozisiya yaratilgan;
sellyulozani fermentativ gidroliz qilish va olingan gidrolizatni spirtli bijg‘itish (SB) jarayonini optimal ko‘rsatkichlari aniqlangan;
dorivor o‘simlik chiqindilaridan bioetanol tovarini olish usuli ishlab chiqilgan;
anaerob metan fermentatsiyasi (AMF) uchun substrat sifatida ADO‘Ch va TDO‘Ch biomassasini fizik-kimyoviy tarkiblari aniqlangan;
lignotsellyuloza chiqindilarini samarali AMF-si uchun ADO‘Ch va TDO‘Ch biomassasiga birlamchi ishlov berishning samarali usuli ishlab chiqilgan;
lignotsellyuloza chiqindilaridan biogaz va bioo‘g‘it olish samarali usuli yaratilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Ayrim dorivor o‘simlik chiqindilaridan bioyoqilg‘i va bioo‘g‘it tovarlarini olish texnologiyasini yaratish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
shirin jo‘xoridan etanol olish usuliga O‘zbekiston Respublikasi Intellektual mulk agentligi tomonidan ixtiro patenti olingan (№IAP 04865, 2014 y.). Natijada, shirin jo‘xori o‘simligidan etanol olish imkoniyati yaratilgan;
biogaz va bioo‘g‘it olish usuliga O‘zbekiston Respublikasi Intellektual mulk agentligi tomonidan ixtiro patenti olingan (№IAP 06075, 2019y). Natijada, organik chiqindilarni qayta ishlab biogaz va bioo‘g‘it olish imkoniyati yaratilgan;
bioo‘g‘it va bioyoqilg‘i tovarlari kimyoviy tarkibi asosida sinflash uchun
31 01 00 000 01 raqamli tovar kodi ishlab chiqilgan va davlat bojxona amaliyotiga joriy qilingan joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasininng
2019 yil 30 noyabrdagi 1/16-81-son ma’lumotnomasi). Natijada, import va eksport bo‘layotgan ushbu turdagi mahsulotlarga mos bojxona soliqlari, aksiz soliqlarini undirish imkonini bergan.