Juraev Nodir Yodgorovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Mahalliy ohaktosh qo‘shimchali eksportga mo‘ljallangan modifikatsiyalangan ammiakli selitra texnologiyasini ishlab chiqish va amaliyotga joriy qilish», 02.00.13 – Noorganik moddalar va ular asosidagi materiallar texnologiyasi (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2019.4.PhD/T1397. 
Ilmiy rahbar: Namazov Shafoat Sattarovich, texnika fanlari doktori, professor, akademik.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Umumiy va noorganik kimyo instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Umumiy va noorganik kimyo instituti, DSc.02/30.12.2019.K/T.35.01.
Rasmiy opponentlar: Mirzakulov Xoltura Chorievich, texnika fanlari doktori, professor; Nurmurodov Tulqin Isamurodovich, texnika fanlari doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Namangan muhandislik-texnologiya instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi ammoniy nitrati suyuqlanmasi va mahalliy ohaktosh uni asosida eksportga mo‘ljallangan modifikatsiyalangan ammiakli selitra olish texnologiyasini ishlab chiqish va amaliyotga joriy qilishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ohaktosh unining fizik-mexanik xossalarini aniqlash orqali uni selitraga modifikator sifatida qo‘llash mumkinligi isbotlangan;
standart selitraga 2% ohaktosh unini qo‘shishda uning donalari mustahkamligi 2 barobar ortishi va yopishqoqligi 2 barobar kamayishi aniqlangan;
kristallar hajmi keskin o‘zgarmagan holda NH4NO3 ning IV modifikatsion shaklini barqarorlashtiradigan NH4NO3ning SaSO3 ga maqbul nisbati aniqlangan;
kristall tuzilish jipslashishi evaziga NH4NO3ning struktura buzilish haroratini 
211oSdan 262oSgacha oshirgan holda, uning parchalanishini ingibirlovchi sifatida ta’sir ko‘rsatishi isbotlangan;
ASni qizdirishda ohaktosh ijobiy buferli ta’sir ko‘rsatishi va uning rN ko‘rsatkichini barqarorlashtirishi aniqlangan;
yopishqoqligi bo‘lmagan AS va ohakli-ammiakli selitra olish texnologiyasi ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. 
NH4NO3 suyuqlanmasi va ohaktosh uni asosida yopishqoqligi bo‘lmagan AS va eksportga mo‘ljallangan ohakli-ammiakli selitra olish texnologiyalarini ishlab chiqish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
ohaktosh uni qo‘shimchasi bilan yopishqoqligi bo‘lmagan ASning (34%dan kam bo‘lmagan N tutgan) ishlab chiqilgan texnologiyasi «Navoiyazot» AJning «2021-2022 yillarda amaliyotga joriy qilish bo‘yicha istiqbolli ishlanmalar ro‘yxati»ga kiritilgan («Navoiyazot» AJning 2020 yil 21 fevraldagi 03/1553-son ma’lumotnomasi). Natijada, chetdan keltirilayotgan magnezit qo‘shimchasini ohaktosh uniga almashtirish orqali xomashyo qo‘shimchasi tannarxini 87% gacha kamaytirish imkonini bergan;
NH4NO3 suyuqlanmasi va ohaktosh uni asosida eksportga mo‘ljallangan ohakli-ammiakli selitra (28% dan yuqori bo‘lmagan N tutgan) olish texnologiyasi «Navoiyazot» AJda amaliyotga joriy qilingan («Navoiyazot» AJning 2020 yil 21 fevraldagi 03/1553-son ma’lumotnomasi). Natijada, portlovchanlik xossasi pasaytirilgan va eksportga mo‘ljallangan ohakli-ammiakli selitra olish imkoniyati yaratilgan.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish