Dauletova Mexriban Jarilkasinovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar. 
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Miokarditli homilador ayollarda gestatsiya va tug‘ruqning o‘ziga xos kechishi», 14.00.01–Akusherlik va ginekologiya (tibbiyot fanlari). 
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2017.1.PhD/Tib7.
Ilmiy rahbar: Yusupov Usman Yuldashevich, tibbiyot fanlari doktori. 
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Respublika ixtisoslashtirilgan akusherlik va ginekologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi. 
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent pediatriya tibbiyot instituti, DSc.27.06.2017.Tib.29.01. 
Rasmiy opponentlar: Rasul-Zade Yulduz Gulyamovna, tibbiyot fanlari doktori, professor; Abdullaeva Lagiya Mirzatullaevna, tibbiyot fanlari doktori. 
Yetakchi tashkilot: Toshkent vrachlar malakasini oshirish instituti. 
Dissertatsiyaning yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik. 
II. Tadqiqotning maqsadi: o‘choqli miokarditli ayollarda homiladorlik va tug‘ruqni boshqarish taktikasini ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ilk bor o‘choqli miokarditli homiladorlarda yurakning chap qorincha otilish fraksiyasining kamayishi va homila qon aylanishi buzilishining orasida tug‘ri korrelyasion bog‘liqlik borligi aniqlangan; 
chap qorincha otilish fraksiyasining kamayishi xisobiga bachadon arteriyalarida rezistentlik indeksining oshishi homiladorlik asoratlari rivojlanishda muhim roli isbotlangan; 
ilk bor chap qorincha otilish fraksiyasi kamayishi va yallig‘lanish oldi sitokinlari IL-1, IL-6, IL-8 i TNF-a oshishi orasidagi to‘g‘ri korrelyasion bog‘liqlik aniqlangan, bu o‘z navbatida homila tushish xavfi rivojlanishiga olib kelishi isbotlangan;
o‘choqli miokarditli ayollarda homiladorlikni olib borish ketma-ketligi yordamida muddatidan oldin tug‘ish soni kamayishi isbotlangan. 
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. 
Miokarditli homilador ayollarda gestatsiya va tug‘ruqning o‘ziga xos kechishini  asoslash bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
«Miokarditli homiladorlarda akusherlik va perinatal asoratlarning profilaktikasi va davolashda tizimli enzimterapiya preparatlarini kompleks qo‘llanishi» uslubiy tavsiyanomasi tasdiqlangan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2018 yil 5 yanvardagi 8n-d/4-son ma’lumotnomasi). Mazkur uslubiy tavsiyanoma miokardit fonida ham onada, ham homilada asoratlarni kamaytirish imkonini bergan, natijada vaqtidan ilgari tug‘ruqlar chastotasi kamaygan;
Miokarditli homilador ayollarda gestatsiya va tug‘ruqning o‘ziga xos kechishini asoslash bo‘yicha olingan ilmiy natijalar sog‘liqni saqlash amaliyotiga, jumladan, Respublika ixtisoslashtirilgan akusherlik va ginekologiya ilmiy–amaliy tibbiyot markazi, Qoraqalpoqiston Regional Perinatal markazi va Toshkent viloyati «Yunus-Obod» QVP amaliyotiga joriy qilingan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2020 yil, 3 martdagi 8n-z/26-son ma’lumotnomasi). Olingan natijalar va o‘tkazilgan klinik tadqiqotlar miokarditli homilador ayollarda akusherlik va perinatal asoratlarni kamayishiga olib kelgan. 

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish