Saloxiddinova Maxliyo Nurmuxammad qizining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Paxtani havodan ajratish uskunasi elementlari konstruksiyasini takomillashtirish va parametrlarini asoslash», 05.06.02–To‘qimachilik materiallari texnologiyasi va xomashyoga dastlabki ishlov berish (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2018.2.PhD/T793.
Ilmiy rahbar: Muradov Rustam Muradovich, texnika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Namangan muhandislik-texnologiya instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Namangan muhandislik-texnologiya instituti, PhD.30.05.2018.T.66.01.
Rasmiy opponentlar: Jumaniyazov Qadam Jumaniyazovich, texnika fanlari doktori, professor; Isaxanov Xamidullo, texnika fanlari nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Andijon mashinasozlik instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: paxta xomashyosini havodan ajratish jarayonida uning dastlabki sifat ko‘rsatgichlarini saqlash va tolada nuqsonlar paydo bo‘lishining oldini olishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
paxta bo‘lagining separator ishchi kamerasidagi harakati tahlili asosida ishchi kamera elementlarining parametrlari aniqlangan;
paxta bo‘lagining vakuum-klapan parraklari va silindrik qobiq ichki sirti bilan ta’sirlashuvi tahlili asosida paxta maxsulotlari mexanik shikastlanishi nazariy asoslangan;
ishchi kamerada zarba kuchini kamaytirish va mayda iflosliklardan tozalash imkonini beruvchi to‘rli sirt konstruksiyasi ishlab chiqilgan;
separatsiya jarayonida paxtani vakuum-klapandan to‘liq chiqib ketishini ta’minlovchi og‘ma parrakli vakuum-klapan konstruksiyasi yaratilgan va uning ratsional aylanishlar soni eksperimental usulda aniqlangan;
kirish quvuri qarshisida o‘rnatilgan to‘rli sirt, og‘ma parrakli vakuum-klapan va uning parraklaridan paxtani tushirib yuboruvchi yo‘naltirgich ega bo‘lgan separator konstruksiyasi yaratilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Paxta havo yordamida tashish jarayonidagi separator qurilmasini konstruksiyasini takomillashtirish bo‘yicha ishlab chiqilgan ilmiy natijalar asosida:
ishchi kamerasida qirish quvuri qarshisidagi devorda va vakuum-klapan parraklari bilan korpus orasida chigit va tola shikastlanishini kamaytiruvchi elastik asosga mahkamlangan qiya to‘rli yuza o‘rnatilgan va paxta tarkibidagi mayda iflosliklardan tozalash imkonini beruvchi separator konstruksiyasi «O‘zpaxtasanoat» AJ tasarrufidagi Namangan viloyatining Kosonsoy paxta tozalash AJda ishlab chiqarishga joriy etilgan («O‘zpaxtasanoat» AJ ning 2019 yil 27 maydagi 02-32/3173-son ma’lumotnomasi). Natijada paxtani havodan ajratish jarayonida paxta nuqsonlari va iflosligi 0.5%, chigitning shikastlanganlik darajasi 0.87% kamayishi ta’minlangan;
paxtani havodan ajratuvchi separatorning qiya yuzali parraklarga ega bo‘lgan va aylanish tezligi ratsional ko‘rsatgichi keltirilgan vakuum-klapan «O‘zpaxtasanoat» AJ tasarrufidagi Namangan viloyatining Kosonsoy paxta tozalash AJda ishlab chiqarishga joriy etilgan («O‘zpaxtasanoat» AJ ning 2019 yil 27 maydagi 02-32/3173-son ma’lumotnomasi). Natijada paxta tolasi tarkibidagi ifloslik va nuqsonli aralashmalarning massaviy ulushini 9-10%, shikastlanishlarni 20% gacha kamaytirish hisobiga yiliga 87106 ming so‘m iqtisodiy samara olishga erishilgan.