Xo‘jaqulov Rustamning
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Foydalanish davridagi cho‘kuvchan gruntlardagi irrigatsiya tizimlari gidrotexnika inshootlari ishonchliligi va xavfsizligini oshirish”, 05.09.06–Gidrotexnika va melioratsiya qurilishi (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2019.2.DSc/T250.
Ilmiy maslahatchi: Bakiev Masharif Ro‘zmetovich, texnika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Qarshi muhandislik-iqtisodiyot instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti, DSs.27.06.2017.T.10.02.
Rasmiy opponentlar: Fayziev Xomitxon, texnika fanlari doktori, professor; Ergashev Rustam Raximovich, texnika fanlari doktori, dotsent; Salyamova Klara Djabbarovna, texnika fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Toshkent davlat texnika universiteti
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: cho‘kuvchan gruntlardagi irrigatsiya tizimlari gidrotexnika inshootlarini loyihalash va hisoblash uslublarini takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
nov kanallari va ulardagi gidrotexnika inshootlarini foydalanish davridagi ishonchliligi va xavfsizligi bilan cho‘kuvchi lyoss zaminlarining kuchlanishli-deformatsiya holati o‘rtasidagi bog‘liqlik gruntning turlicha namlik darajasi, kuchlanishning har-xil qiymatlari, ularning tarqalish chuqurligini hisobga olib o‘rnatilgan;
kuchlanishlarning “inshoot-zamin” tizimida taqsimlanishi va nov kanallari va ulardagi gidrotexnika inshootlari ishonchliligiga ta’sirini baholash usuli cho‘kuvchan zaminlar namlanishini inobatga olib takomillashtirilgan;
foydalanish davridagi ishdan chiqish haqida statistik ma’lumotlar to‘plash va ularga ishlov berish asosida cho‘kuvchan gidrotexnika inshootlarining ishonchliligi  va xavfsizligini  miqdoriy ko‘rsatkichlarini aniqlash usullari ishlab chiqilgan;
nov kanallarini  foydalanish davrida  zaminlarini cho‘kishi natijasida ro‘y beradigan ishdan chiqishlar va nosozliklar haqidagi ma’lumotlarni umumlashtirish asosida  ulardagi cho‘kishlarni oldini olish imkonini beradigan  zichlashtirilgan kotlovanlardagi poydevorlar bilan qurish texnologiyasi takomillashtirilgan;
quvurli suv o‘tkazgich inshootining cho‘kuvchan gruntlardagi kanallarda inshoot zaminiga ta’sir etuvchi uzoq muddatli infil`tratsiyani hisobga olib yangi  konstruksiyasi ishlab chiqilgan;
nov kanallarining balandligi rostlanuvchi tayanch konstruksiyasi zamin gruntlari cho‘kuvchanligini, tiklash-ta’mirlash qurilmasi kam vaqt va mehnat sarflashni, loyqadan tozalash qurilmalari qo‘l kuchini kamaytirishini inobatga olib takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Cho‘kuvchan gruntlarda irrigatsiya tizimlari gidrotexnika inshootlarining foydalanish davridagi ishonchliligi va xavfsizligini oshirish bo‘yicha tadqiqot ilmiy natijalari asosida:
nov kanallari va ulardagi inshootlar bilan cho‘kuvchan lyoss zaminlari o‘rtasidagi o‘zaro ta’sir, kuchlanishli-deformatsiya holatini grunt namlanishi, kuchlanishlar tarqalish chuqurligi va yuklama kattaligiga bog‘liqligini o‘rnatish usuli Suv xo‘jaligi vazirligi tasarrufidagi Amu-Qashqadaryo irrigatsiya tizimlari havza boshqarmasi tomonidan Nishon va Koson tumanlaridagi nov kanallari va ulardagi inshootlar uchun joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Suv xo‘jaligi vazirligining 2019 yil 7 oktyabrdagi 03/25-3866-son ma’lumotnomasi). Natijada cho‘kish oqibatida ro‘y beradigan deformatsiyalarni 20-30% ga bartaraf etishning imkoniyati paydo bo‘lgan;
nov kanallarini va ularning zichlashtirilgan kotlovanlardagi poydevorlarini qurish texnologiyasi Suv xo‘jaligi vazirligi tasarrufidagi Amu-Qashqadaryo irrigatsiya tizimlari havza boshqarmasi tomonidan Nishon va Koson tumanlaridagi  nov kanallari va ulardagi inshootlar uchun joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Suv xo‘jaligi vazirligining 2019 yil 7 oktyabrdagi 03/25-3866-son ma’lumotnomasi). Natijada nov kanallarining ishonchliligi va ishlash samaradorligini 8-10% ga oshirish imkoni yaratilgan;
nov kanalining uzunligi bo‘ylab loyqa cho‘kish jadalligini kamaytirish, dyuker-o‘tkazgich inshooti quduqlarini loyqa va oqiziqlardan tozalash,nov kanallariga texnik xizmat ko‘rsatish va ta’mirlash ishlarini olib borish uchun qurilmalar Suv  xo‘jaligi vazirligi tasarrufidagi Amu-Qashqadaryo irrigatsiya tizimlari havza boshqarmasi tomonidan Nishon va Koson tumanlaridagi  nov kanallari va ulardagi inshootlar uchun joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Suv xo‘jaligi vazirligining 2019 yil 7 oktyabrdagi 03/25-3866-son ma’lumotnomasi). Natijada nov kanallarida loyqa cho‘kish hajmi 25-30% ga kamayishi, ta’mirlash-tiklash ishlariga sarflanadigan vaqt 25-30% ga va foydalanish xarajatlari 15-20% ga kamayishi imkoni yaratilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish