Gulamov Sardor Boxodirovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Bog‘larda past bosimli tomchilatib sug‘orish texnologiyasini takomillashtirish (Toshkent viloyati misolida)”, 06.01.02–Melioratsiya va sug‘orma dehqonchilik (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2019.1.PhD/T1036.
Ilmiy rahbar: Sherov Anvar G‘ulomovich, texnika fanlari doktori, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti, DSs.27.06.2017.T.10.02.
Rasmiy opponentlar: Raximov Shavkat Xudargenovich, texnika fanlari doktori, professor; Begmatov Ilxom Aduraimovich, texnika fanlari nomzodi, professor.
Yetakchi tashkilot: Toshkent davlat agrar universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: Toshkent viloyatining o‘tloqi bo‘z, mexanik tarkibiga ko‘ra o‘rta qumoq tuproqlari sharoitida “Golden” navli olma bog‘larini mahalliy past bosimli tomchilatib sug‘orish texnologiyasida ilmiy asoslangan sug‘orish tartibini aniqlashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
mahalliy past bosimli tomchilatib sug‘orish texnologiyasining konstruktiv parametrlari ishlab chiqilgan;
“Golden” navli olma bog‘larini sug‘orishda mahalliy past bosimli tomchilatib sug‘orish tizimining ekspluatatsion ishonchliligi tizimning ekspluatatsion sifatlarini baxolash uslubi asosida aniqlangan;
“Golden” navli olma bog‘larini mahalliy past bosimli tomchilatib sug‘orish texnologiyasidagi ilmiy asoslangan sug‘orish tartibi biologik-klimatik usul asosida ishlab chiqilgan;
mahalliy past bosimli tomchilatib sug‘orish texnologiyasidagi “Golden” navli olma bog‘larini sug‘orish tartiblarini ularning hosildorligiga ta’siri B.A.Dospexovning dispersion tahlil usuli asosida ishlab chiqilgan;
mahalliy past bosimli tomchilatib sug‘orish texnologiyasidagi “Golden” navli olma bog‘larini sug‘orish tartiblarining iqtisodiy samaradorligi ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Bog‘larda maxalliy past bosimli tomchilatib sug‘orish texnologiyasini qo‘llash bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
“Golden” navli olma bog‘larini mahalliy past bosimli tomchilatib sug‘orish texnologiyasidagi ilmiy asoslangan sug‘orish tartibi Qishloq xo‘jaligi vazirligi tassarufidagi Toshkent viloyati O‘rta-Chirchiq tumanidagi TIQXMMI qoshidagi “O‘quv ilmiy markazi”ning bog‘larida joriy etilgan (Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2018 yil 11 dekabrdagi 02/022-341-son ma’lumotnomasi). Natijada mahalliy past bosimli tomchilatib sug‘orish texnologiyasining konstruktiv parametrlari ishlab chiqilgan va uning xorijiy davlatlar texnologiyalariga nisbatan 29-30% arzon bo‘lish imkoni yaratilgan;
“Golden” navli olma bog‘larini sug‘orishda mahalliy past bosimli tomchilatib sug‘orish tizimining ekspluatatsion ishonchliligi aniqlangan va Toshkent viloyati O‘rta-Chirchiq tumanida “Golden” navli olma bog‘larini sug‘orishga joriy etilgan (Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2018 yil 11 dekabrdagi 02/022-341-son ma’lumotnomasi). Natijada Toshkent viloyati O‘rta-Chirchiq tumanida “Golden” navli olma bog‘larini sug‘orishda mahalliy past bosimli tomchilatib sug‘orish tizimining ekspluatatsion ishonchliligi ko‘rsatkichi R=0,94 bo‘lishiga erishilgan;
mahalliy past bosimli tomchilatib sug‘orish texnologiyasidagi “Golden” navli olma bog‘larini sug‘orish tartiblarining iqtisodiy samaradorligi ishlab chiqilgan va Qishloq xo‘jaligi vazirligi tassarufidagi Toshkent viloyati O‘rta-Chirchiq tumanida Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi qoshidagi “VUZ AGRO” MChJning bog‘ maydonlarida joriy etilgan (Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2018 yil 11 dekabrdagi 02/022-341-son ma’lumotnomasi). Natijada mahalliy past bosimli tomchilatib sug‘orish texnologiyasida “Golden” navli olma bog‘larini sug‘orish asosida etishtirilganda har gektar maydonda nazoratga nisbatan 45% suv tejalishi, 38% hosil oshishi va 33543500 so‘m daromad olish imkoni yaratilgan.