Baymatov Shaxriddin Xushvaktovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Anizotrop gruntli to‘g‘onlarida noturg‘un fil`tratsiyani hisoblash usullarini takomillashtirish”, 05.09.06–Gidrotexnika va melioratsiya qurilishi (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2019.2.PhD/T. 1228
Ilmiy rahbar: Fayziev Xomitxon, texnika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent arxitektura-qurilish instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti, DSs.27.06.2017.T.10.02.
Rasmiy opponentlar: Eshev Sobir Samatovich, texnika fanlari doktori, professor; Raxmatov Norqobil Raxmatovich, texnika fanlari nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Toshkent davlat texnika universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: gruntli to‘g‘on tanasi va zaminida gruntlarni anizatropliligini hisobga olib noturg‘un fil`tratsiyani hisoblash usulini takomillashtirish va ularni to‘g‘on qiyaliklari turg‘unligiga ta’sirini aniqlash.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
gruntli to‘g‘on tanasi va zaminida gruntlarning tarkibini anizotropliligini hisobga olib, noturg‘un fil`tratsiyani hisoblash usuli takomillashtirilgan;
gruntli to‘g‘on tanasi va zaminidagi gruntlarni anizotropliligini gruntli to‘g‘onda fil`tratsiya rejimini hosil bo‘lishi va fil`tratsiya oqimi asosiy parametrlari: depressiya egri chizig‘i holati, fil`tratsiya gradienti va sarfi miqdoriga ta’siri asoslangan;
noturg‘un fil`tratsiyada gruntlarni anizotropliligini gruntli to‘g‘on qiyaligi turg‘unligiga ta’siri asoslangan;
anizotrop gruntli to‘g‘on qiyaligi turg‘unligini ta’minlovchi qurilmalarning konstruktiv echimlari baholangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Anizotrop gruntli to‘g‘onlarida noturg‘un fil`tratsiyani hisoblash usulini takomillashtirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
gruntli to‘g‘on tanasi va zaminida gruntlarning tarkibini anizotropliligini hisobga olib, noturg‘un fil`tratsiyani hisoblashni takomillashtirilgan usullari O‘zbekiston Respublikasi Suv xo‘jaligi vazirligi tasarrufidagi O‘zdavsuvxo‘jalik nazorat  inspeksiyasi tomonidan Chortoq suv ombori  gruntli to‘g‘onini tanasi va zaminidagi noturg‘un fil`tratsiyani hisoblashga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Suv xo‘jaligi vazirligining 2019 yil 18 sentyabrdagi 03/25-3602-son ma’lumotnomasi). Natijada gruntli to‘g‘onlarda noturg‘un fil`tratsiyani hisoblash vaqti kamaygan va gruntli to‘g‘onlarni ishonchliligi va xavfsizligini baholash aniqligi ortgan;
gruntli to‘g‘on tanasi va zaminidagi gruntlarni anizotropliligini gruntli to‘g‘onda fil`tratsiya rejimini hosil bo‘lishiga va fil`tratsiya oqimi asosiy parametrlariga ta’siri O‘zbekiston Respublikasi Suv xo‘jaligi vazirligi tasarrufidagi Rezaksoy suv omboridan foydalanish boshqarmasi tomonidan Rezaksoy suv ombori gruntli to‘g‘onidagi noturg‘un fil`tratsiyani hisoblashga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Suv xo‘jaligi vazirligining 2019 yil 18 sentyabrdagi 03/25-3602-son ma’lumotnomasi). Natijada gruntli to‘g‘onlarni noturg‘un fil`tratsiyani hisoblash vaqti kamaygan va gruntli to‘g‘on yuqori qiyalik turg‘unligiga noturg‘un fil`tratsiya parametrlarining ta’sirini baholash aniqligi  ortgan;
noturg‘un fil`tratsiyada gruntlarni anizotropliligini gruntli to‘g‘on qiyaligi turg‘unligiga ta’siri O‘zbekiston Respublikasi Suv ho‘jaligi vazirligi tasarrufidagi “UZGIP” MChJ loyiha instituti tomonidan Sardoba suv ombori  gruntli to‘g‘onini tanasi va zaminidagi noturg‘un fil`tratsiyani hisoblashga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Suv xo‘jaligi vazirligining 2019 yil 18 sentyabrdagi 03/25-3602-son ma’lumotnomasi). Natijada ishlab chiqilgan sonli usul va algoritmlar gruntli to‘g‘onlaridagi noturg‘un fil`tratsiyani gruntlarni fil`tratsiyaga oid anizotropliligini hisobga olib hisoblash va gruntlarni anizotropliligini to‘g‘on yuqori qiyaligi turg‘unliga ta’sirini aniqlash imkonini bergan;
gruntli to‘g‘on tanasi va zaminida gruntlarning tarkibini anizotropliligini hisobga olib, noturg‘un fil`tratsiyani hisoblashni takomillashtirilgan usullari va gruntlarni anizotropliligini gruntli to‘g‘on qiyaligi turg‘unligiga ta’siri O‘zbekiston Respublikasi Suv ho‘jaligi vazirligi tasarrufidagi Irrigatsiya va suv muammolari instituti tomonidan Kattaqo‘rg‘on suv ombori gruntli to‘g‘onidagi noturg‘un fil`tratsiyani hisoblashga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Suv xo‘jaligi vazirligining 2019 yil 18 sentyabrdagi 03/25-3602-son ma’lumotnomasi). Natijada gruntli to‘g‘onlarni noturg‘un fil`tratsiyani hisoblash vaqti kamaygan va gruntli to‘g‘onlarni ishonchliligi va xavfsizligini baholash aniqligi ortgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish