Babajanov Kaxramon Kurambaevichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Grunt to‘g‘onlardagi gorizontal quvurli drenaj konstruksiyasini va hisoblash usulinini takomillashtirish», 05.09.06–Gidrotexnika va melioratsiya qurilishi (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2019.3.PhD/T1370.
Ilmiy rahbar: Bakiev Masharif Ruzmetovich, texnika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti, DSs.27.06.2017.T.10.02.
Rasmiy opponentlar: Fayziev Xomitxon, texnika fanlari doktori, professor; Shaazizov Farrux Shoakbarovich, texnika fanlari nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Toshkent davlat texnika universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: gorizontal quvurli drenaj konstruksiyasi, gidravlik hisoblash usullarini takomillashtirish, ta’mirlash-tiklash texnologiyasini ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
gorizontal quvurli drenajning konstruktiv parametrlari fil`tratsiya suvlarini yig‘ish va chiqazib tashlashni inobatga olib takomillashtirilgan;
drenaj o‘lchamlari va o‘rnini aniqlash usuli samarali chuqurlikda joylashtirishni inobatga olib takomillashtirilgan;
gorizontal quvurli drenaj yangi konstruksiyasini gidravlik hisoblash usuli har bitta gofrlangan plastik quvurlar va bosimli rejimga o‘tishini inobatga olib takomillashtirilgan;
grunt to‘g‘onlardagi gorizontal quvurli drenajning ish faoliyatini tiklash bo‘yicha ta’mirlash-tiklash ishlari texnologiyasi drenaj tizimi demontaj qilmasdan takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Grunt to‘g‘onlardagi gorizontal quvurli drenaj konstruksiyasi va hisoblash usullarini takomillashtirish asosida:
gorizontal quvurli drenajning konstruktiv parametrlari takomillashtirilgan, O‘zbekiston Respublikasi intellektual mulk agentligidan foydali modelga patent olindi (№FAP00718, “Grunt to‘g‘onlardagi gorizontal quvurli drenaj”). Amalga oshirish natijasida eski tizimni demontaj qilmasdan drenajning ishini tiklash imkoni yaratilgan;
suv o‘tkazish qobiliyatini hisoblash usullari, muzlash chuqurligi, kapillyar ko‘tarilishning balandligi, pastki qiyalikni ishonchliligi va barqarorligi koeffisientini hisobga olgan holda drenaj joyini aniqlash usuli Suv xo‘jaligi vazirligiga tegishli bo‘lgan Tuyabo‘yin gidrouzelidan foydalanish boshqarmasi tomonidan ishlab chiqarishga joriy qilingan (O‘zbekiston Respublikasi Suv xo‘jaligi vazirligining 2019 yil 2 avgustdagi 02-25-3067-son ma’lumotnomasi). Natijada gorizontal quvurli drenaj qurilishida kerakli chuqurlik ta’minlangan, drenaj sarfi hamda plastmassa quvurlarning kerakli soni aniqlangan;
grunt to‘g‘onlardagi gorizontal quvurli drenaj ishini tiklashning takomillashtirilgan texnologiyasi Sultonsanjar to‘g‘onining kuzatuv quduqlariga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Suv xo‘jaligi vazirligining 2019 yil 2 avgustdagi 02-25-3067-son ma’lumotnomasi). Natijada gofrlangan plastmassa quvurlar va geotekstil kabi mahalliy innovatsion qurilish materiallaridan foydalangan holda gorizontal quvurli drenajning ishini tiklashga imkon bergan.