Astanov Bekzod Jangiboevichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Yuqori energiyali universal-chopiq traktorlarining gidravlik osma tizimi parametrlarini asoslash», 05.08.06–G‘ildirakli va gusenisali mashinalar va ularni ishlatish (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2019.3.PHD/T477.
Ilmiy rahbar: Shermuxamedov Abdulaziz Adilxakovich, texnika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Mexanika va inshootlar seysmik mustahkamligi instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasalar nomi, IK raqami: Toshkent avtomobil` yo‘llarini loyihalash, qurish va ekspluatatsiyasi instituti va Toshkent shahridagi Turin politexnika universiteti, DSc.27.06.2017.T.09.01.
Rasmiy opponentlar: Alimuxamedov Shavkat Pirmuxamedovich, texnika fanlari doktori, professor; Mamasov Shavkat Aliqulovich, texnika fanlari nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Toshkent davlat texnika universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: istiqbolli yuqori energiyali universal-chopiq traktorlarining gidravlik osma tizimi ish jarayonining kompleks hisob uslubini ishlab chiqish va parametrlarini asoslashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
istiqbolli yuqori energiyali universal-chopiq traktorlarining og‘ir yuk ko‘tarishga mo‘ljallangan gidravlik osma tizimining osma mexanizmi kinematik sxemasi asoslangan va osma mexanizm zvenolarining analitik bog‘lanishlari aniqlangan;
istiqbolli yuqori energiyali universal-chopiq traktori gidravlik osma tizimining yuklanishi, osma mexanizmi va gidravlik yuritmasi ish jarayonini hisobga olish imkonini beradigan matematik model` takomillashtirilgan;
yangi loyihalangan yuqori energiyali universal-chopiq traktorlarining gidravlik osma tizimi ish jarayonini kompleks hisoblash uslubi ishlab chiqilgan va parametrlari asoslangan;
gidravlik osma tizimga qo‘yilgan og‘irlik kuchini gidrotsilindr shtokidagi qarshilik kuchiga keltirish koeffisienti aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Yuqori energiyali universal-chopiq traktorlari gidravlik osma tizimi parametrlarini asoslash bo‘yicha olingan natijalar asosida:
gidravlik osma tizimga qo‘yilgan og‘irlik kuchini gidrotsilindr shtokidagi qarshilik kuchiga keltirish koeffisienti va osma mexanizm zvenolarining sharnirli birikmalaridagi kuchlanish va qarshilik momentlarini aniqlash uslubi “Qishloq xo‘jaligi mashinasozligi konstruktorlik-texnologik markazi” MChJga joriy etilgan (“O'ZAGROTEXSANOATXOLDING” AJning 2019 yil 30 sentyabrdagi US-19-08/1676-son ma’lumotnomasi). Natijada turli yuklamalarga mos ko‘taruvchi kuchlarni aniqlash orqali, gidravlik yuritmalar parametrlarini tanlash imkoniyati yaratilgan;
ilmiy asoslangan gidravlik osma tizimining osma mexanizmi kinematik sxemasi va osma mexanizm zvenolarining analitik bog‘lanishlari “Traktor” MKB UKga va “Toshkent qishloq xo‘jalik texnikalari zavodi” AJga joriy etilgan (“O'ZAGROTEXSANOATXOLDING” AJning 2019 yil 30 sentyabrdagi US-19-08/1676-son ma’lumotnomasi). Natijada osma mexanizm uchun takomillashtirilgan kinematik sxemasi va kinematik parametrlari asosida uning konstruksiyasi ishlab chiqilgan;
gidravlik osma tizim ish jarayonini kompleks hisoblash uslubi “Traktor” MKB UKga joriy etilgan (“O'ZAGROTEXSANOATXOLDING” AJning 2019 yil 30 sentyabrdagi US-19-08/1676-son ma’lumotnomasi). Natijada loyihalash-konstruktorlik ishlari, tajriba va sanoat nusxala-rini ishlab chiqarishning samaradorligini 28% ga oshirishga erishilgan,
yuqori energiyali universal-chopiq traktorlari gidravlik osma tizimi parametrlarini asoslash bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Intellektual mulk agentligining 3 ta sanoat namunasiga («Traktor», №SAP 01247; «Traktor», №SAP 01384; «Traktor», №SAP 01385) va 1 ta foydali modelga («Gidrotaqsimlagichning o‘tkazish klapani» №FAP 01060) patentlari olingan. Natijada ishlab chiqilgan yuqori energiyali universal-chopiq traktoridan foydalanish orqali ish unumdorligini 50% gacha oshirish imkoniyati yaratilgan va yillik kutilayotgan iqtisodiy samara 43,4 mln. so‘mni tashkil etgan.