Xamrakulov Umidjon Sharabidinovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

 

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Ishlab chiqarishni konstruktorlik-texnologik tayyorlashning integrallashgan axborot-tahliliy tizimi», 05.01.08–Texnologik jarayonlar va ishlab chiqarishlarni avtomatlashtirish va boshqarish (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2018.2.PhD/T710.
Ilmiy rahbar: Zaripov Oripjon Olimovich, texnika fanlari doktori, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat texnika universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat texnika universiteti, DSc.27.06.2017.T.03.02.
Rasmiy opponentlar: Kaipbergenov Batirbek Tulepbergenovich, texnika fanlari doktori, professor; Yusupbekov Azizbek Nodirbekovich, texnika fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Toshkent axborot texnologiyalari universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: Ishlab chiqarishni konstruktorlik-texnologik tayyorlash bosqichlarini optimallashtirish asosida ma’lumotlarga ishlov berish usullari va algoritmlarini ishlab chiqish va ularni integrallashgan axborot-tahliliy tizimini ta’minlab beruvchi ishlab chiqarish jarayonlarini avtomatlashtirish va boshqarish masalalarini echishda amaliy qo‘llashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
boshqarishni ierarxik qurish tamoyili asosida konstruktorlik-texnologik tayyorlash bosqichlari va additiv texnologiyalar bilan integratsiyalash algoritmlari ishlab chiqilgan;
2D hamda 3D o‘lchamdagi konstruktorlik-texnologik hujjatlarni korxonaning yagona integrallashgan axborot-tahliliy tizimlariga identifikatsiyalashning turg‘un algoritmlari ishlab chiqilgan;
to‘plamlar nazariyasi tili (matematik tezaurus)dan foydalanish asosida ishchi hujjatlarning formatlarini moslashtirish algoritmlari ishlab chiqilgan;
CAD/CAM/CAE va PDM hamda CALS texnologiyalarini qo‘llab tizimli yagonalik, o‘zaro moslik va standartlashtirish tamoyillariga asoslangan ishlab chiqarishni konstruktorlik-texnologik tayyorlashning IDEF metodologiyasi asosida integrallashgan axborot-tahliliy tizimlarini yaratish algoritmlari ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Ishlab chiqarishni konstruktorlik-texnologik tayyorlashning integrallashgan axborot-tahliliy tizimini ishlab chiqish bo‘yicha ishda olingan ilmiy natijalari asosida:
to‘plamlar nazariyasi tili (matematik tezaurus)dan foydalanish asosida ishchi hujjatlarning formatlarini moslashtirish algoritmlari, 2D hamda 3D o‘lchamdagi konstruktorlik-texnologik hujjatlarini yagona integrallashgan axborot-tahliliy tizimlariga identifikatsiyalashning turg‘un algoritmlari «UzChasys» QK va «O‘zEraeAlternator» QKda joriy qilingan («O‘zAvtosanoat» AJning 2019 yil 8 noyabrdagi 09/03-25-2547-son ma’lumotnomasi). Natijada ishlab chiqilgan matematik modellar va algoritmlarni joriy etish oraqali yagona integrallashgan muhitni CAD/CAM/CAE va PDM instrumentlariga birlashtirish orqali mahalliylashtiriladigan mahsulotlar sonini oshirish imkonini bergan;
CAD/CAM/CAE va PDM hamda SALS texnologiyalarini qo‘llab tizimli yagonalik, o‘zaro moslik va standartlashtirish tamoyillariga asoslangan ishlab chiqarishni konstruktorlik-texnologik tayyorlashning IDEF metodologiyasi asosidagi dasturiy modullardan tuzilgan «Ishlab chiqarishni konstruktorlik-texnologik tayyorlashning integrallashgan axborot-tahliliy tizimi» dasturiy majmuasi «UzChasys» QK va «O‘zEraeAlternator» QKda joriy qilingan («O‘zAvtosanoat» AJning 2019 yil 8 noyabrdagi 09/03-25-2547-son ma’lumotnomasi). Natijada mahsulot ishlab chiqarish hajmi 2% ga oshgan, mahsulotni loyihalash uchun ketgan vaqt 10,5% kamaygan, mehnat unumdorligini 10,2% ga oshirish imkonini bergan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish