Zakirov Ruslan Gil`mullaevichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

 

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Havo kemaci parametrlarini masofadan nazorat qilish tizimini yaratish», 05.03.01–Asboblar. O‘lchash va nazorat qilish usullari (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2017.2.PhD/T200.
Ilmiy rahbar: Abdukayumov Abdurashid, texnika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat texnika universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat texnika universiteti, DSc.27.06.2017.T.03.02.
Rasmiy opponentlar: Siddikov Ilxomjon Xakimovich, texnika fanlari doktori, professor; Nazarov Xayriddin Nuritdinovich, texnika fanlari nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Toshkent temir yo‘l muhandislari instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: havo kemasi parametrlarini masofadan turib nazorat qilish tizimini ishlab chiqish va uni optik chastotalar diapazonida sinovdan o‘tkazish, nazorat tizimining bortdagi va erusti qismlarini, shuningdek, shaxsiy kompyuter uchun mo‘ljallangan tizim ishini ta’minlovchi dasturiy ilovani ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ma’lumot uzatuvchi simsiz optik aloqa yo‘li yordamida havo kema jihozlarini masofadan diagnostika qilish usuli ishlab chiqilgan;
optik chastotalar diapazonida ishlovchi havo kemasi parametrlarini masofadan turib nazorat qilish qurilmalari tavsiflariga qo‘yiladigan talablar kriteriyasi ishlab chiqilgan;
optik chastotalar diapazonida ishlovchi havo kemasi parametrlarini masofadan turib nazorat qilish tizimining energetik va texnik tavsiflarini hisoblash usullari ishlab chiqilgan;
havo kemasi parametrlarini masofadan turib tekshirish va nazorat qilish tizimi elementlarining matematik modeli, ishchi algoritmi hamda dasturiy ta’minoti ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Havo kemasi parametrlarini masofadan turib nazorat qilish tizimini ishlab chiqish bo‘yicha olingan natijalar asosida:
qurilmalarning prinsipial sxemalari «Uzbekistan Airways technics» aviakorxonasida joriy qilingan («O‘zbekiston havo yo‘llari» MAKning 2019 yil 25 maydagi 2018-6204-son ma’lumotnomasi). Natijada havo kemasi qo‘ngach o‘tkaziladigan tashkiliy ishlarga xalaqit bermagan holda bort tizimlarini sinovdan o‘tkazish imkonini bergan;
havo kemasi parametrlarini masofadan turib nazorat qilish tizimining bortdagi va erusti modullarini bog‘lash uchun ishlab chiqilgan xalaqitbardosh interfeys «Uzbekistan Airways technics» aviakorxonasida joriy qilingan («O‘zbekiston havo yo‘llari» MAKning 2019 yil 25 maydagi 2018-6204-son ma’lumotnomasi). Natijada, ehtiyot qismlarning keltirilishini kutish vaqtidagi yordamchi kuch qurilmasining ishlash vaqti qisqargani hisobiga yoqilg‘i tejamkorligiga erishilgan, chunki taklif etilayotgan interfeysni qo‘llaganda, havo kemasini ehtiyot qismlar ombori yaqiniga qo‘yish imkonini bergan;
havo kemasi parametrlarini masofadan turib nazorat qilish tizimi «Uzbekistan Airways technics» aviakorxonasida joriy qilingan («O‘zbekiston havo yo‘llari» MAKning 2019 yil 25 maydagi 2018-6204-son ma’lumotnomasi). Natijada ishlab chiqilgan tizimga o‘xshash xorijiy vositalarni qo‘llash uchun sarflanadigan mablag‘ni tejab qolish imkonini bergan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish